O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


-rasm.Agonist va antoganistlarning birika oladigan joylari. 5.8-rasm



Download 30,26 Mb.
bet101/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

5.7-rasm.Agonist va antoganistlarning birika oladigan joylari.

5.8-rasm.Xolinoblokatorlarning asosiy ta`sir etish nuqtalari.Sinokarotid sohadagi N-xolinoretseptor va periferiyadagi retseptorlar tasvirlangan.
Bis to‘rtlamchi ammoniyli tuz – benzogeksoniy yuqori aktivlikka,kuchli ifodalangan tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega, lekin ta’sir davomiyligi uzoq emas (3-4 soat). Bundan tashqari, me’da-ichak traktidan yomon so‘riladi. Shuning uchun faqat parenteral qo‘llaniladi. Bu uning asosiy kamchiligi hisoblanadi.
Pentamin (azameton bromid, pendiamid) benzogeksoniyga o‘xshash xususiyatlarni namoyon qiladi. U aktivligi va ta’sir davomiyligi bo‘yicha benzogeksoniydan past.
Ko‘rib o‘tilgan ganglioblokator me’da va o‘n ikki barmoqli yara kasalligida, obliteratsiyalovchi endoartritda, o‘pka shishida, arterial emboliyada, kam hollarda xafaqon kasalligida (asosan gipertonik krizlarda) qo‘llaniladi.
Tibbiyot amaliyotida qisqa ta’sir etuvchi dori vositalar katta ahamiyatga ega. Bunday holatlarda, asosan, qisqa muddat ta’sir etuvchi (10-20 minut) ganglioblokatorlar ishlatiladi. Ularga gigroniy va arfonad (trimetafan kamforsulfonat) kiradi. Boshqa ganglioblokatorlar singari, ular asosan simpatik gangliyalarni susaytirishi natijasida arterial bosimni pasaytiradilar. Arfonad gista`min ajralishini ta’minlaydi va bevosita miotrop tomirlarni kengaytirish xususiyatiga ega. Gigroniy tanlab ganglioblokatorlik ta’sirga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari u arfonadga nisbatan 5-6 marta kamroq zaharli.
Qisqa ta’sir qiluvchi ganglioblokatorlar boshqariluvchi gipotenziya hosil qilishda ishlatiladi. Venaga tomchilab yuboriladi. Dori vositani kiritish to‘xtatilsa, tezda (10-15 minutdan so‘ng) qon bosimi o‘z holatiga qaytadi. Xirurgiyada boshqariluvchi gipotenziya, yurak-qon tomirlarda o‘tkaziladigan operatsiyalarda yaxshi natija beradi va periferik to‘qimalarning qon bilan ta`minlanishini yaxshilaydi. Arterial bosimni pasayishi va operatsiya maydonidagi qon tomirlarda qon ketishining kamayishi tireoidektomiya, mastektomiya kabi operatsiyalarni amalga oshirishni osonlashtiradi. Neyroxirurgiyada shu muxumki, bu vositalarning gipotenziv effekti bosh miya shishi paydo bo‘lish imkoniyatini kamaytiradi. Bundan tashqari, ganglioblokatorlarning ishlatilishi jarroxlik jarayonlarida yurak, qon tomirlar va boshqa ichki organlarga boruvchi salbiy reflekslarni ma’lum darajada oldini oladi.
Ganglioblokatorlar qo‘llanganda kuzatiladigan nojo‘ya ta’sirlar vegetativ gangliyalarning susayishi bilan bog‘liq. Ganglioblokatorlarning tipik nojo‘ya ta’sirlaridan biri ortostatik kollaps hisoblanadi. U tana holatini birdan o‘zgarishidan vujudga keladi (masalan, tanani gorizontal holatdan vertikal holatga tezda o‘tilishi arterial bosimni tez va ko‘p miqdorga tushib ketishiga olib keladi). Miyada qon keskin kamayishi va gipotenziya sababli hushdan ketish kuzatiladi.
Ortostatik kollapsni oldini olish maqsadida bemorga dori vosita qabul qilingandan so‘ng ikki soat mobaynida yotish tavsiya qilinadi. Ganglioblokator qo‘llagan vaqtda me’da-ichak tizimi motorikasi susayishi mumkin, bu esa qabziyat (obstipatsiya)ga olib keladi. Bulardan tashqari arterial bosimning keskin tushib ketishi, paralitik ileus (ichak tutilishi), midriaz, akkomodatsiyaning buzilishi, dizartriya va disfagiya (nutq va yutishning buzilishi) va siydik to‘xtashi mumkin.
Ganglioblokatorlar qo‘llanilganda jiddiy asoratlar kam uchraydi. O‘lim holati nafas susayishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ganglioblokatorlarning dozasi oshib ketganda beriladigan yordam kislorod berish, sun’iy nafas oldirish, bu moddalarning antagonisti bo‘lmish analeptiklar va prozerin yuborishdan iboratdir. Arterial bosimni ko‘tarish maqsadida α-adrenomimetiklardan foydalanish lozim. M-xolinoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi vositalar (masalan, karboxolin, atseklidin) ni akkomodatsiya buzilganda, qorachiq kengayib ketganda, shuningdek, meda-ichak trakti motorikasi susayganda, siydik pufagi atoniyasida qo‘llash foydali hisoblanadi.
Ganglioblokatorlarni uzoq muddat qo‘llanilganda odatda ularga o‘rganish rivojlanadi (to‘rtlamchi ammoniyli birikmalarga qaraganda pirilenga o‘rganish sekin kechadi). Ganglioblokatorlarni gipotenziya holatlarida, aterosklerozda, koronar qon aylanish yetishmovchiligida, glaukomada, buyrak funksiyasi buzilganda, miokardning organik buzilishlarida qo‘llash mumkin emas.


1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish