O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Makrofaglarga ta’sir ko‘rsatuvchi omil



Download 30,26 Mb.
bet354/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Makrofaglarga ta’sir ko‘rsatuvchi omil

Makrofaglar migratsiyasini ingibirlovchi omil (MIF)

Sensibilizatsiyalangan limfotsitlar

Makrofaglar, monotsitlar

Makrofaglar migratsiyasini ingibirlaydi

Sitotoksinlar

O‘sma nekrozi omili (α,β)

Makrofaglar

ba’zi o‘sma hujayralari, neytrofillar, endoteliy hujayralari

O‘smalarda nekroz rivojlantiradi, neytrofillarni faollashtiradi, IL-1 ni ishlab chiqarilishini induksiyalaydi, endotelial hujayralar o‘sishi, morfologiyasi va funksiyasini o‘zgartiradi, sitokinlar sintezini rag‘batlantiradi

Limfotoksin

T-limfotsitlar

ba’zi o‘sma hujayralari va boshqalar

O‘smalarda nekroz rivojlantiradi, neytrofillarni faollashtiradi, IL-1 ni ishlab chiqarilishini induksiyalaydi, endotelial hujayralar o‘sishi, morfologiyasi va funksiyasini o‘zgartiradi, sitokinlar sintezini rag‘batlantiradi

mansub dori vositalar bilan nospetsifik giposensibilizatsiyalash qo‘llaniladi va u immunogenezni susaytiradi.


Allergiyani davolashda “allergiya mediatorlarini” ishlab chiqarilishi va ta’sirini kamaytiruvchi vositalar muhim o‘rin tutadilar. Bundan tashqari ba’zi hollarda simptomatik terapiya (masalan anafilaktik shokda)ni qo‘llash zarurati tug‘iladi. Allergiyada leykotrien retseptorlari blokatorlarini, leykotrienlarni hosil bo‘lishini boshqaruvchi 5-lipoksigenaza ingibitorlarini qo‘llash yuqori samaraga ega. Trombositlarni faollashtiruvchi omil ta’sir ko‘rsatuvchi retseptorlar blokatorlarini qo‘llash ham istiqbollidir. Ana shular allergiya xastaliklarini davolashning umumiy prinsiplaridir. Shu bilan bir qatorda allergiyani har xil tiplarini davolashning o‘ziga xos tomonlari mavjud. Tez rivojlanuvchi (gipersezgirli) allergiyada quyidagi dori vositalar qo‘llaniladi:
1. Sensibilizatsiyalangan semiz hujayralar va bazofillardan gistamin va boshqa biologik faol moddalarni ajralishiga to‘sqinlik qiluvchi vositalar. Bunday effekt glyukokortikoidlar, kromolin-natriy va ketotifenlar, β-adrenomimetik faollikka ega bo‘lgan va eufillinga o‘xshash allergiyaga qarshi ta’sirining tarkibiy qismlari deb hisoblanadi.
2. Erkin gistaminni unga sezgir bo‘lgan to‘qima retseptorlari bilan bog‘lanishga to‘sqinlik qiluvchi vositalar . H1-gistamin retseptorlarini qamallovchi gistaminga qarshi vositalar (dimedrol, diprazin va boshqalar.)
3. Anafilaktik shok (karaxtlik) tipidagi allergik reaksiyalarning umumiy belgilarini bartaraf etish vositalari (avvalambor arterial bosimni keskin tushib ketishi bronxospazm kabilar nazarda tutilmoqda)
a) adrenamimetiklar (adrenalin)
b) miotrop bronxolitiklar (eufillin va boshqalar)
4. To‘qimalar jarohatlanishini kamaytiruvchi vositalar.Bu maqsadda odatda steroid tuzilishga ega bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi vositalar qo‘llaniladi.
Sekin rivojlanuvchi tipidagi allergiyalarga asosan 2 guruh dori vositalar1 qo‘llaniladi: immunogenezni susaytiruvchi vositalar va to‘qimalar jarohatlanishini kamaytiruvchi vositalar.
Immunogenezni susaytiruvchi vositalar (ko‘proq hujayraviy immunitetni susaytiruvchilar).Immunodepresantlar nomini olgan dori vositalar glyukokortikoidlar, siklosporinlar, takrolimus va sitotoksik vositalardan iborat .
Glyukokortikoidlarning immunodepressiv ta’sirini limfotsitlarni (ayniqsa T-limfotsitlarni) proliferatsiya fazasini susayishi bilan bog‘lashadi. Bunda antigenlarni tanib olish ham susayadi. (extimol makrofaglarga ta’siri tufayli ). Bir qator interleykinlar hamda γ-interferonlarni hosil bo‘lishi va ularning ta’siri kamayadi. T-limfotsitlarning ma’lum populyasiyasining (killer deb ataluvchi) sitotoksik xossalari kamayadi . Makrofaglarni migratsiyasini ingibirlovchi omilni(MIF) hosil bo‘lishi susayadi. Shu bilan bir qatorda glukokortikoidlar terapevtik dozalarda spetsifik antitelolarni ishlab chiqarishga va antigen-antitelo kompleksini hosil bo‘lishiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Glyukokortikoidlar yuqori darajada yallig‘lanishga qarshi faollikka ega ekanligini etiborga olish lozim(26BOB ga qarang) Immunodepressiv va yallig‘lanishga qarshi ta’sirlarni birgalikda mavjudligi glyukokortikoidlarning ko‘pgina allergik reaksiyalarda yuqori samaradorligini ta’minlaydi.
Peptid tuzilishiga mansub antibiotik siklosporin samarador immunodepressantlardandir. Tolypocladium inflatum Gams va Cylindrocapon lucidum Booth(sandimmun) nomli zambrug‘lar maxsulotidir. Antigen bilan induksiyalangan T-limfotsitlarning differensiyalanishining erta bosqichini susaytiradi, ularni faollashishini bloklaydi. T-helperlarga juda kuchli susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Interlekinlar (IL-2), γ-interferonni hosil bo‘lishini kamaytiradi. Ovqat hazm traktidan siklosporin sekin va chala so‘riladi. t1/2=20-40soat.Dori vositaning ko‘p qismi jigarda metabolizmga uchraydi va asosan safro tarkibida va 10% buyrak orqali ajraladi. Sitotoksik vositalardan(34BOB) siklosporining ahamiyatli farqi, qon hosil bo‘lishiga susaytiruvchi ta’sirining kuchsizligidir . Ammo u nefrotoksik ta’sirga ega va jigar funksiyasini buzishi ham mumkin.
A’zo va to‘qimalarni ko`shirib o‘tkazishda qo‘llaniladi. Autoimmun xastaliklarda ham qo‘llanishi mumkin. Dori vosita ichiladi2 va tomirga kiritiladi.
1 Sekin rivojlanuvchi tipidagi allergiyalarda antilimfotsitar zardoblar, monoklonal antitelolar (muromonab CD3 ) va antilimfotsitar immunoglobulinlar ham qo‘llaniladi.
2 Ichish uchun siklosporinning sand immunneoral dori vositalar chiqariladi.

Ta`siri bo‘yicha siklosporinga takrolimus (FK-506, prograf) dori vositasi o`xshash. Streptomyces tsukubaensis maxsuloti. Makrolidlar guruhidagi antibiotiklarga mansub. Takrolimus T-limfotsitlarni faollashuvini susaytiradi va interleykin-2 ni ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Siklosporinga nisbatan ancha (tahminan 100 marta ) faolroq. A’zolarni transplantatsiyasida qo‘llaniladi. Enteral va tomir ichiga kiritiladi. Nefrotoksiklik, neyrotoksinlik xossasiga ega, gipertenziya, dispeptik buzilishlar,giperglikemiya va boshqa noxush ta’sirlarni rivojlantiradi.
Sitotoksik moddalarga alkillovchi vositalar (siklofasfan), antimetobalitlar (azatioprin, metotreksat, merkaptopurin), ba’zi antibiotiklar (masalan daktinomitsin) va boshqalar mansub. Sitotoksik dori vositalarning immunodepressiv ta’siri, chamasi ularni immun javobning proleferativ fazasini susaytirishga olib keluvchi immun hujayralarini bo‘linishiga susaytiruvchi ta’siri bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.
Immunitetni keskin susaytirish uchun ko‘pincha azatrioprin (imuran) ham qo‘llaniladi. Tuzilishi va ta’siri bo‘yicha u merkaptopuringa o‘xshash , ammo azatioprinda immunodepresiv ta’sir ustinlik qiladi va u nisbatan kamroq sitotoksiklik ta’siriga ega. Organizmda undan 6-merkoptopurin hosil bo‘ladi. U esa boshqa metobalitlarga aylanadi . T-limfotsitlar proleferasiyasini erta bosqichlariga sitotaksik ta’sir ko‘rsatadi. B-limfotsitlarga kamroq darajada ta’sir etadi. Purinlar sintezini ingibirlaydi.
Me’da-ichak traktidan yaxshi so‘riladi. Azatioprin va uning metabolitlari buyrak orqali ajraladi. Azatioprinning zaharli ta’sirining asosiy ko‘rinishlari bu suyak ko`migi funksiyasining susayishi va leykopeniya rivojlanishidir. Anemiya, trombositopeniya, qon ketishini kuchayishi, ko‘ngil aynish, qayt qilish, diareya ba’zan jigar disfunksiyasi va sariqlik rivojlanishi mumkin. Uni autoimmun xastaliklarda (revmatoid poliartritda, qizilbo‘richa va boshqalar) va rezerv dori vositalar sifatida a’zolarni transplantatsiyasida qo‘llaniladi. Siklofosfan azatiopringa o‘xshash ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llaniladi.
2. To‘qimalar jarohatini kamaytiruvchi vositalar. Allergiya jarayonning bu davri aseptik yallig‘lanish rivojlanishi bilan xarakterlanganligi uchun bu holatda steroid va nosteroid tuzilishga ega bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi vositalar qo‘llaniladi.
Yuqorida keltirilgan dori vositalarining ta`sir mexanizmlari quyida ko`rsatilgan.(27.1-27.3 rasmlar)




Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish