O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet357/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Jadval 14.8.GistaminH1 retseptorlarining blokatorlarini kimyoviy tavsifi

Gistaminga qarshi vositalar ning xossalari

Dimed-rol

Tavegil

Supras-tin

Dipra-zin

Diazo-lin

Fenka-rol

Lorata-din

Gistaminga qarshi faolligi

++

+++

++

++++

++

++

++

Ta’sir davomliligi, soat

4-6

8-12

4-6

4-6

24-48

6-8

24

MNSga ta’siri

Sedativ, uxla- tuvchi

Kuch siz sedativ

Kuchli sedativ

Kuchli sedativ



Kuchsiz sedativ

Kuchsiz sedativ

Vegetativ gangliylar blokadasi

+













M-xolinoblo-katorlik ta’sir

+

Kuchsiz

+

+



Kuchsiz



α-adrenoblo-katorlik ta’sir







+








Mahalliy ta’sirlan tirish xossasi

+
(t/o)

+
(t/o)

+
(t/o)

+
(t/o)

+
(enteral)

+
(enteral)




Aneste ziya chaqirishxossasi

+

+

+

+

+

+




1yurakning M-xolinoretseptorlarini qamallaydi
Izoh: plyuslar soni moddani nisbiy faolligini ifodalaydi. Qolgan hollarda plyus yoki minus belgisi ushbu ta’sirot nima vjudligi yoki yo‘qligini ko‘rsatadi. T/Oteri ostiga kiritilganda.
Sedativ ta’sirga ega bo‘lgan dori vositalarni ish jarayonida yuqori darajada e’tibor va tezkor javob berishlikni talab qiluvchi kasb egalariga ish vaqtida qabul qilish tavsiya etilmaydi (transport haydovchilari va boshqalar). Bunday hollarda MNS ga ta’siri bo‘lmagan diazolinni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Tavegil, fenkarol, loratadinni ham qo‘llash mumkin, ammo ushbu dori vositalariga nisbatan yuqori sezgirlik yo‘q ekanligiga amin bo‘lish darkor. Jigar va buyrak xastaliklarida gistaminga qarshi dori vositalarni ehtiyot bo‘lib qo‘llash zarur. Farmatsevtik korxonalar va tibbiyot xodimlari diprazin bilan ishlaganda ehtiyot choralarini ko‘rish lozim, chunki teri va shilliq qavatlarni allergik jarohatlanishi mumkin.


Immun rag‘batlantiruvchi vositalar
Immuntanqis holatlarda, surunkali infeksiyalar, xavfli o‘simtalarning kompleks terapiyasida immun jarayonlarni rag‘batlantiruvchi (meyorlashtiruvchi) vositalar qo‘llaniladi. Immunrag‘batlantiruvchi sifatida biogen moddalar (timus, interferon, interleykin-2 dori vositalari, BSJ) va sintetik birikmalar (masalan levamizol) qo‘llaniladi.
Tibbiyot amalyotida timusning immun javobni rag‘batlantiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan qator dori vositalari (timalin,taktivin, va boshqalar) qo‘llaniladi.Ular polipeptid yoki oqsil tabiatli birikmalardir.Taktavin(T-aktavin) T-limfotsitlar soni va funksiyasini meyorlashtiradi (immuntanqis holatlarida) sitokinlar ishlab chiqarilinishini rag‘batlantiradi, T-killerlarni susaygan funksiyasini tiklaydi va uni immuntanqis holatlarda (onkologik bemorlarni nur bilan davolash va kimyoterapiyasi, surunkali yiringli va yallig‘lanishli jarayonlar va shunga o‘xshash) limfagranulomatozda, limfaleykozda, tarqoq sklerozda qo‘llaniladi. Sitokinlar guruhiga mansub bo‘lgan interferonlar viruslarga qarshi immun rag‘batlantiruvchi va antiprolifirativ ta’sirlarga ega. α-, β- va γ- interferonlar farqlanadi. Immunitetni kuchli darajada boshqarish xossasiga γ- interferon ega. Interferonlarni immunotrop ta’siri makrofaglarni, T-limfotsitlarni va tabiiy killer hujayralarni faollashtirishda namoyon bo‘ladi. Inson donor qonidan olinadigan interferonlarni tabiiy (interferon, interlok), hamda rekombinant interferonlar ( reaferon, intron-A, bettaferon )dori vositalari chiqarilmoqda. Ularni ko‘pincha virusli infeksiyalar (masalan: gripp, gepatit), hamda ba’zi o‘sma kasalliklarida ( B-hujayralarning limfomasi ) qo‘llashadi.
Bundan tashqari immunorag‘batlantiruvchi sifatida ba’zan endogen interferonlar ishlab chiqarishni kuchaytiruvchi interferonogen deb ataluvchilarni (masalan: poludan, prodigiozan) qo‘llashadi.Immunorag‘batlantiruvchi sifatida ba’zi interleykinlarni masalan: rekombinant interleykin-2 ni tavsiya etishadi.
BSJ-silga qarshi vaksinatsiya uchun qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda ushbu dori vositani ba’zan xavfli o‘simtalarni kompleks davolashda qo‘llashmoqda. BSJ makrofaglarni, chamasi, T-limfotsitlarni rag‘batlantiradi. Bir qancha ijobiy natijalar o‘tkir mieloid leykemiyasida , limfomalarni ba’zi xillarida (xodjikin limfomasiga tegishli bo‘lmagan ), ichak va ko‘krak bezi rakida , peshob xaltasining yuzaki rakida qayd etilgan.
Sintetik dori vositalardan biri bo‘lib, levamizon (dekaris) hisoblanadi . Gidroxlorid ko‘rinishida qo‘llaniladi. Kuchli darajada gijjalarga qarshi va immun rag‘batlantirish ta’siriga ega. Oxirgisining mexanizmi to‘liq aniqlanmagan. Levamizon makrofaglar va T-limfotsitlarga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumotlar mavjud. Antitelolar ishlab chiqarilishini u o‘zgartirmaydi. Binobarin levomizonning asosiy ta’siri hujayra immunetetini me’yorlashtirishda namoyon bo‘ladi. Uni immuntanqis holatlarda, ba’zi surunkali infeksiyalarda, revmotoid artiritda va qator o‘smalarda qo‘llashadi. Levomizolni spetsifik ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalar bilan birgalikda qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Bir marta ichilganda noxush ta’siri rivojlanmaydi. Shu bilan bir qatorda levamizonni davomli , ayniqsa katta dozalarda , qo‘llaganda turli xil va anchagina jiddiy noxush ta’sirlar yuzaga keladi. Jumladan kuchli darajada allergik reaksiyalar (toshma, isitmalash, stomatit) qon hosil bo‘lishini susaytirishi (neytropeniya, agranulotsitoz) bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari nevrologik (qo‘zg‘alish, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, boshaylanishi) va dispeptik o‘zgarishlar kuzatiladi. Qon hosil bo‘lishi susayishi mumkinligini inobatga olib levamizolni davomli qo‘llashda periferik qon holatini nazoratga olish darkor. Polioksidoniy va imunofan ham immun rag‘batlantirish xossasiga egadirlar.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish