O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Immunitetga ta’sir etuvchi vositalar



Download 30,26 Mb.
bet351/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Immunitetga ta’sir etuvchi vositalar
Allergiyaga qarshi vositalar.suvsizlik, gipoksiya, atsidozda va alkalozda qo’llanuvchi vositalar
Sensibilizatsiyalangan makroorganizm to‘qimalarini jarohatlovchi patologik allergenga nisbatan normadan ortgan immun javob reaksiyalari allergik reaksiyalar nomini olgan. Ular tez-tez rivojlanadi. Har xil tipdagi allergik reaksiyalarning rivojlanishida immunogenezni ikkita : antitelolarni ishlab chiqarish bilan yuzaga kelgan gumoral va mahsus immun hujayralari qatnashadi . Ma’lumki immun javob fagotsitlar bilan boshqaruv limfotsitlari(T-helper va T-supressorlar), effektor limfotsitlar (sitotoksik xossali T-hujayralar; antitelo ishlab chiqaruvchi B-hujayralar) va boshqa bir qator hujayralarning (shu jumladan semiz hujayralar) birgalikdagi ta’sirotlari tufayli shakllanadi. Antigen bilan faollashtirilgan limfotsitlar hamda monotsitlar va makrofaglar, immun javobni boshqaruvchi va kuchaytiruvchi biologik faol peptid birikmalarni ishlab chiqaradi.Bu guruh brikmalarni sitokinlar1 deb aytiladi. Limfotsitlar ishlab chiqaradigan sitokinlarni ko‘pincha limfokinlar deb atashadi.
Sitokinlar immunokompetent hujayralarni o‘zaro ta’sirlashuvini boshqarishda, shu bilan birga, immun reaksiyalarni rivojlanishida juda katta o‘rin egallaydi. Ular yallig‘lanish jarayoni kechishiga katta ta’sir ko‘rsatadilar hamda antiproliferativ, antimikrob va o‘simtalarga qarshi ta’sirlarga egalar. Sitokinlarning asosiy guruhlari 27.1. jadvalda keltirilgan.
Gipersezgirlik reaksiyalari quydagi tiplarga ajratiladi.
1. Tez rivojlanuvchi reaksiyalar (antigen bilan qayta bog‘langan daqiqa yoki soatlardan2 keyin yuzaga chiqadi).
2. Sekin rivojlanuvchi reaksiyalar (2-3 kun va undan ham kechroq namoyon bo‘ladi.)
Tez rivojlanuvchi tipdagi reaksiyalar antigenlarni antitelolar bilan brikishi tufayli yuzaga keladi.Bunday antitelolalar plazmatsit hujayralari tomonidan ishlab chiqaziladi. Sitofilantitelolar ko‘pincha hujayra( semiz hujayralar, bazofillar va boshqa) retseptorlarining tashqi uchiga fiksatsiyalangan bo`ladi. Allergenlarni antitelolar bilan birikishi to‘qimalarni har xil darajada rivojlangan jarohatlanishiga (qaytar funksional o‘zgarishlardan lizis va nekrozlargacha) olib keladi.Tez rivojlanuvchi allergik reaksiyalarni vujudga kelishiga semiz hujayralar va bazofillardan ajraluvchi biolagik aktiv moddalar, masalan gistamin, ,,anofilaksiyaga sekin javob beruvchi substansiya`` (MRSA yoki SRSA3), bradikinin, serotonin, prostoglandinlar,trombositlarni faollashtiruvchi omil (ORAT, PAF4) va boshqalar katta rol o‘ynaydi. Gipersezuvchanlikning tez rivojlanuvchi reaksiyalariga allergik bronxospazm, renit, konyuktivit, eshakemi, anofilaktik shok, dorivor trombositopenik purpura, zardob xastaligi, Artyus fenomeni va boshqalar kiradi. Sekin rivojlanuvchi tipidagi allergik reaksiyalar hujayraviy immunitet bilan bog‘liq bo‘lib, sensibilizatsiyalangan T-limfotsitlarning ishtiroki bilan kechadi.


1Sitokinlarga interleykinlar; interferonlar(α, β, γ); koloniya rag‘batlantiruvchi omillar( granulotsitar-makrofagal, granulotsitar, makrofagal);makrofaglarga ta’sir etuvchi omillar(makrofaglar migrasiyasini ingibirlovchi omil-MIF5); sitotoksinlar( limfotoksin, o‘sma nekrozi omili); eritropoetinlar mansubdir.
2Agar reaksiya soatlardan keyin rivojlansa, uni kechgi yoki kechiktirilgan reaksiya deb belgilanadi
3Inglizcha slow reacting substance of anaphylaxis. SRSA ning biologik faol tarkibiy qismlari leykotrienlardir(LTS4 LTD4 LTE4). (17.1 sxema ga qarang)
4Inglizcha platelet-activing factor
5Inglizcha migration inhibitori factor
6Sekin kechuvchi tipdagi allergiya mikrobli infeksiya (bakterial infeksiya) mikozlar, sodda jonivorlar va gijjalar rivojlantirgan xastaliklarda ham kuzatiladi.
T-limfotsitlar o‘z yuzasida spetsifik retseptorlarga ega bo‘lib, ular makrofaglarda (hamda monotsitlarda va boshqa antigenlarni taqdim etuvchi hujayralarda) joylashgan antigenlarni tanib olib ularga ta’sir ko‘rsatadi. Shuni yodda tutmoq lozimki, timusda yto`liq shakllanishga ulgurmagan T-limfotsitlar yetilishini, yetilganT-limfotsitlarni proliferatsiyasi va differensiyallanishini boshqaruvchi gormon tipidagi( shuningdek timozin ham) bir guruh moddalar ishlab chiqariladi. Sekin rivojlanuvchi allergiyaning mediatorlari bir qator sitokinlardir: interleykin-2, limfotoksin, makrofaglar migratsiyasini susaytiruvchi omil (MIF5) va boshqalar. Gipersezuvchanlikni sekin kechuvchi reaksiyalariga tuberkulin reaksiyasi , autoimmun jarohatlanishning6 ba’zi turlarini misol keltirish mumkin.
Allergik xastaliklarni davolashni allegenlar tabiatini aniqlashdan boshlamoq zarur (o‘simliklar gulining changi, dorilar, ma’lum ovqat mahsulotlari va boshqalar). Allergen bilan aloqani bartaraf etish eng yaxshi natija beradi. U yoki bu sabablarga ko‘ra allergenlar ta’siridan qutulib qolishni iloji bo‘lmasa va agar uning tabiati aniqlangan bo‘lsa, spetsifik giposensibilizatsiyalovchi vositalarni qo‘llash mumkin: aniqlangan allergenni kichik dozasini kiritish unga nisbatan spetsifik sezuvchanlikni kamaytiradi.
Klinik sharoitda kerakli holatlarda (ayniqsa sekin boshlanuvchi tipdagi allergiyada) immunitetni susaytiruvchi immunodepressantlar guruhiga

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish