O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Safro ajralishini kuchaytiruvchi vositalar



Download 30,26 Mb.
bet217/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

Safro ajralishini kuchaytiruvchi vositalar
Bu guruhga oddiy sfinkterini bo‘shashtiruvchi vositalar kiradi. Asosan bular M-xolinoblokatorlar va miotrop ta’siriga ega spazmolitik dori vositalardir (atropin guruhi, no-shpa, papaverin va boshqalar).
Xoletsistokinin (pankreozimin) – 12 barmoqli ichakning gormoni, safro ajralishini kuchli darajada oshiruvchi ta’sirga ega. 33 ta aminokislota qoldig‘idan iborat peptid. Cho‘chqalarning 12 barmoqli ichagi shilliq qavatidan olinadi. Sintetik – oktapeptid dori vositai ham mavjud. Ikkalasi ham o‘t pufagini qisqartiradi, me’da osti bezi sekretsiyasini kuchaytiradi, me’dada HSl ajralishini susaytiradi. Asosan o‘t pufagining qisqarish qobiliyatini va uning ichidagi jismlarni aniqlashda tashxis vositasi sifatida tomirga kiritiladi.
Magniy sulfat ichilganda o‘t qopchasini qisqartiradi, Oddiy sfinkterini bo‘shashtiradi, safro ajralishi ortadi.
Ta’sir mexanizmi: magniy sulfatning gipertonik eritmasi ichak retseptorlarini qo‘zg‘atib, ichakning shilliq qavatidan xoletsistokininni ajralishini kuchaytiradi. Natijada o‘t qopchasi qisqaradi, ichak peristaltikasi tezlashadi. 20-25% eritmasidan 1 osh qoshiqdan 2-3 marta kuniga ichiladi. Duodenal zondlashda 25% eritmasida 50 ml yoki 10% eritmasidan 100 ml zond orqali ichakka kiritiladi, dori vositaning 20% ichakdan so‘riladi va buyrak orqali ajraladi.
Qo‘llanilishi: safro haydovchi vosita sifatida, duodenal zondlashda (surgi sifatida).
Homiladorlik, hayz ko‘rayotgan kunlarda, buyrak yetishmovchiligi va o‘tkir gastoenteritlarda, gastroenterokolitlarda qo‘llash mumkin emas.
Noxush ta’siri: ko‘ngil aynash, qayt qlish, poliuriya, ichakda yallig‘lanish jarayonini kuchayishi.
Sorbit (Sorbitum) – ko‘p atomli spirt, safroni hosil bo‘lishini va ajralishini kuchaytiradi. Ichilgandan so‘ng ichakning shilliq qavatidan xoletsistokinin gormonini ajralishini oshiradi. U esa o‘t pufagini qisqartiradi. Oddiy sfinkterini bo‘shashtirib, 12 barmoqli ichakka safro tushishini kuchaytiradi. Ichilganda ta’siri 5-6 minutdan keyin boshlanadi. Magniy sulfatnikidan tezroq.
Ksilit (Xylitum) – besh atomli spirt ta’siri sorbitnikiga o‘xshash. Lekin ksilit ta’sirida faqatgina o‘t pufagidagi safro emas, balki jigarda ham safro ajralishi ortadi, uning tarkibida bilirubin, xolkislotasi, lipoproteinlar kompleksi ko‘p bo‘ladi. Ta’sir kuchi bo‘yicha pankreozimin dori vositaidan qolishmaydi. B guruh vitaminlarini o‘zlashtirishga imkoniyat yaratadi, ketoz rivojlanishiga qarshilik qiladi. Ksilitning ta’sirini atropin bartaraf etadi, shu sababli vagolitiklar bilan ksilitni qo‘shib ishlatilmaydi.
Ksilit va sorbitni qo‘llashga ko‘rsatmalar: surunkali xoletsistitlar, o‘t yo‘llarining gipokineziyasi, surunkali pankreatitlar, surunkali kolitlar. Turli xil sabablar tufayli yuzaga keluvchi ich ketishda qo‘llash mumkin emas.
Noxush ta’siri: ikkala dori vosita ham ichni surishi mumkin.
Fenobarbital, benazonal, ziksorin dori vositalari ham jigar MOS faolligini kuchaytirishi hisobiga o‘t hosil bo‘lishi, bilirubinni glyukuronidatsiyalanishini oshirib, safro tarkibida ajralishini kuchaytiradi.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish