Simpatolitiklar
Rezerpin – Reserpine
|
Ichishga 0.00005-0,0001 g
|
Kukun; tabletka 0,0001 va 0,00025 g
|
6.Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi vositalar 6.1.Narkoz vositalari. Etil spirti. Uxlatuvchi vositalar
Bu guruh moddalar umumiy og‘riqsizlantirishda qo‘llaniladi. Narkoz deganda MNS funksiyalarining qaytar susayishi tushunilib, u es-xushning yo‘qolishi, turli xil sezuvchanlikni va birinchi navbatda og‘riq sezishni keskin pasayishi, reflektor qo‘zg‘aluvchanlik va skelet mushaklari tonusini kamayishi bilan kechadi. Narkoz jarrohlik muolajalarni o‘tkazish uchun qulay sharoit yaratadi. Narkoz chaqiruvchi vositalarning ta’sir mexanizmi: MNSda qo‘zg‘alishni neyronlararo sinapslardan o‘tkazilishini buzilishi yoki kamayishi bilan bog‘liq. Buni tushuntiruvchi ko‘pgina nazariyalar (biofizik, bioximik, adsorbsion, lipid, oqsil, gidratlangan mikrokristal) mavjud, lekin birortasi ham jarayonni to‘liq yoritib berolmaydi. MNS har-xil bo‘limlarining narkoz vositalariga sezgirligi bir xil emas. Jumladan, eng sezuvchani bu miyaning po‘stloq qavati va retikulyar formatsiyadir, eng past sezuvchani bu uzunchoq miyada joylashgan hayot uchun muhim markazlarning sinapslaridir.
Narkoz bosqichlari:
Analgeziya bosqichi
Qo‘zg‘alish bosqichi
Jarrohlik bosqichlari:
yuzaki narkoz,
yengil narkoz,
chuqur narkoz,
juda chuqur narkoz
Agonal bosqich
Bu bosqichlar asosan efir ta’siridagi narkozga xos bo‘lib, boshqa narkotik moddalar bilan chaqirilgan narkozda bosqichlarning rivojlanish darajasi turlicha bo‘ladi. Narkoz chaqiruvchi moddalarning kimyoviy tuzilishi va ta’sir kuchi orasida ma’lum qonuniyat yo‘q, chunki ular turli kimyoviy birikmalar turkumiga mansubdir.
Narkoz vositalarining organizmga kiritish yo‘liga qarab, narkotik moddalar quyidagilarga bo‘linadilar:
ingalyatsion narkoz vositalari
noingalyatsion narkoz vositalari
Narkoz uchun qo‘llaniladigan vositalar quydagi talablarga javob berishlari kerak:
kuchli narkotik faollikka ega bo‘lishlari kerak, ya’ni narkoz tez rivojlanishi, qo‘zg‘alish davrining bo‘lmasligi yoki qisqa bo‘lishi, narkoz chuqur bo‘lishi kerak;
narkoz oson boshqariladigan, ya’ni dori vositaning konsentratsiyasini o‘zgartirish bilan narkoz chuqurligi o‘zgaradigan bo‘lishi kerak;
ta’sir kengligi (narkotik kengligi) katta bo‘lishi kerak, ya’ni dori vositaning narkoz chaqiruvchi va uzunchoq miyada joylashgan markazlarni falajlovchi miqdori orasidagi farq katta bo‘lishi kerak;
noxush va ortiqcha ta’siri bo‘lmasligi, bo‘lsa ham juda kam bo‘lishi kerak;
ta’sir kaytar bo‘lishi, narkozdan keyingi davr asoratsiz kechishi, narkotik modda berish to‘xtagach narkozdan chiqish tez bo‘lishi kerak;
o‘t olish va portlashdan hafsiz bo‘lishi kerak.
moddiy jihatdan (ishlab chiqarish va xarid ma’nosida) arzon va qulay bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |