128
Atamalarning qo‘llanishi esa muayyan darajada nazoratga olinadi va tartibga solinadi, chunki
ular zaruriyatga ko‗ra paydo bo‗ladi.
Qadim-qadimdan shakllanib, o‗z taraqqiyot yo‘lida davom etayotgan huquqiy til va huquqiy
atamalar tizimi huquqshunosning odamlar va hamkasblari bilan o‗zaro aloqada fikr bildirish, fikr
olish, ya‘ni fikr almashish vositasi bo‗lib, shu asosda huquqiy bilimlarni targ‗ib qilib, odamlarda
huquqiy madaniyatning huquqiy ong va tafakkurning shakllanishiga xizmat qilib kelmoqda.
O‗zbek tilida paydo bo‗layotgan yangi huquqiy atamalarni yoki chetdan,
boshqa tildan kirib
kelgan atamalarni amaliyotda ishlatayotgan huquqshunos, bu atamalarning mazmun-mohiyatini
o‗zi chuqur anglagan holatda u bilan muloqotda bo‗ladigan odamlarga tushuntirib, ular ongiga
singdiradi. Davlatimiz tomonidan chiqarilayotgan qaror va ishlab chiqilgan qonunlar mohiyatini
ommaga yetkazishda davlat tili va huquqiy til, huquqiy atamalardan foydalaniladi. Ya‘ni huquq-
shunos uchun kerakli huquqiy axborotlarni ko‗pchilikka yetkazishda, tushuntirishda huquqiy til
va huquqiy atamalar asosiy vosita rolini o‘taydi.Huquqiy atamalar huquq sohasidagi barcha fan-
lar rivojiga barakali ta‘sir ko‗rsatadi. Shuning uchun huquqiy til va huquqiy terminlar tizimiga
yangi atamalarning kirib kelib uni boyitishi, ba‘zan vaqti-vaqti bilan huquqshunoslikda esker-
gan atamalarning chiqib ketishi huquqiy til va huquqiy atamalarning zamonaviylik xususiyatini
belgilab beradi. Huquqiy atamalarning asosiy manbai – O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
hisoblanadi. Huquqiy terminologiyamizning dastlabki fondi sanaladi. Chunki konstitutsiyaning
tili siyosiy-huquqiy til hisoblanib, konstitutsiyamiz har bir moddasidan o‗rin olgan huquqiy
atamalar o‗rnini almashtirish mumkin emas. Ular puxta o‗ylanib quyma shaklda joylashgan.
Xalqaro huquq maydonida faol qo‘Ilanib
kelinayotgan amnistiya, organ, norma, aliment,
advakatura, prokuror, demokratiya, suverenitet, strategiya, brifing, ratifikatsiya, parlament, kor-
rupsiya, kriminologiya, monitoring, vindikatsiya kodeks, passport, narkomaniya, arest, eksper-
tiza, Interpol, sanksiya, konstitutsiya, apelyatsiya kabi huquqiy atamalar o‗zida qanday qo‗llansa,
o‗zbek tilida ham shunday sohaviy atama bo‗lib qo‗llanilib kelmoqda. Huquqiy atamalar tizimi
huquqshunoslik fanining rivoji bilan bog‗liq. Huquqshunoslik sohasida ham huquqiy atamalar
juda qadimdan paydo bo‗lgan.
Jumladan, O‘rxun-Enasoy bitiktoshlarida ham uchratishimiz
mumkin. Bulardan tashqari xalqimiz tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo‗shiq-
larida ham mavjud bo‗lgan.
Har bir davrda jamiyatning taraqqiyoti bilan bog‘liq holda sohaviy atamalar ham son, ham
sifat jihatdan takomillashib keldi. Ayniqsa, mustaqillik davri alohida o‗rin tutadi. Butun
dunyoda, jumladan, O‗zbekistonda ham huquq, falsafa, tibbiyot, iqtisod, tilshunoslik,
psixo-
logiya, sotsiologiya kabi turli sohalarga talaygina atamalar kirib keldi. Bugungi kunda biror
fanni atamasiz tasavvur qilib bo‗lmaydi. Huquqshunoslik sohasiga lotin, yunon, ingliz , fransuz,
nemis, rus, fors-tojik, arab va boshqa tillardan ko‗plab atamalar o‗zlashgan. Mustaqillik yillarida
terminlarni tartibga solish murakkab jarayonni yuzaga keltirdi.
Barcha atamalarning tilimiz taraqqiyotida o‗z hissasi bor. O‗zbek tiliga Davlat tili maqomi
berilgandan so‗ng, huquqiy sohadagi atamalarning o‗zbekchalashuvi bir muncha jadallashdi.
Xususan, ko‗pgina atamalar o‗z muqobiliga ega bo‗ldi. Huquqshunoslik atamalarini ikkinchi bir
tildan o‗zbek tiliga to‗liq yoki yarim kalkalash usulida tarjima qilindi: фактор - omil,
общенародный - umumxalq, постановление - qaror, беззаконие - qonunsizlik, безбрачие -
nikohsizlik, безработица - ishsizlik, Верховный суд - Oliy sud, подсудимый – sudlanuvchi.
Ba‘zi atamalarni tarjima qilish yoki ularga o‗zbek tilida
muqobilini topishga urinish
jarayonida: экспертиза – ―tahqih yoki mukoyana‖, амнистия – ―avfnoma‖, тюрьма –
―qamoqxona yoki zindon‖ tarzida qo‗llashda huquqiy atamalarning buzilishi yoki ma‘nosida
sun‘iylik sodir bo‗lmoqda. Shu bois tashqi manba asosida kirib kelgan ayrim huquqiy atamalarni
asl holatida qo‗llash lozim. Qisqasi, huquqiy til va huquqiy atamalar huquqshunoslar oldiga katta
vazifa yuklaydi. Bugungi kunda, o‗zbek tilida huquqiy terminllarni sistemaga solish, yangi
129
terminlarni ishlab chiqish, ularni takomillashtirish ustida izlanishlar olib borilyapti. Toki bugungi
kunga qadar ro‗y bergan va hozirda davom etayotgan tarixiy-madaniy o‗zgarishlar va yangi-
lanishlar jarayoni tilimizning leksikasida o‗z aksini topib boradi, ya‘ni jamiyat taraqqiyoti bilan
bog‗liq holda yang-yangi so‗z, tushuncha va atamalar, jumladan, huquqshunoslikka oid sohaviy
atamalarni yuzaga kelishi o‗zbek tilini – o‘ziga xos madaniyat o‗chog‗i sifatida namoyon qiladi..
Shunday bo‗lsa-da, yangi so‗z va atamalarni iste‗molga kiritish jarayonida o‗zbekona
muqobillarini izlash va qo‗llash muhim ahamiyatga ega. Demak, atama tanlashda, yangi atama-
lar yaratishda, o‗zbek tilining ichki imkoniyatlaridan ham o‗rinli foydalanish lozim. Shuningdek,
huquqshunoslik sohasidagi atamalarda izlanish zarur bo‗lgan o‗rinlar hali ko‗p.
Do'stlaringiz bilan baham: