O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi


Adabiyotlar 1. Alisher Navoiy. TAT. 10-jild. Toshkent, G‗.G‗ulom nomidagi nashriyot, 2013



Download 4,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/162
Sana27.05.2023
Hajmi4,8 Mb.
#944404
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   162
Bog'liq
materiallar uzmu 2021.12.03

Adabiyotlar
1.
Alisher Navoiy. TAT. 10-jild. Toshkent, G‗.G‗ulom nomidagi nashriyot, 2013
.
 
XX ASRNING IKKINCHI YARMIDA NAVOIY “XAMSA”SI TADQIQI 
 
F.Yaxyoyev, 
O
ʻ
zMU magistranti 
Hazrat Alisher Navoiy mahoratli va yetuk lirik shoir bo
ʻ
lish bilan bir qatorda, buyuk epik – 
dostonnavis ijodkordir. Lirik poeziyada katta muvaffaqiyatlarga erishgan shoir, yuksak iqtidor va 
ko
ʻ
p yillik tajribalari natijasida umrboqiy epic asarlar yaratdi. Uning ―Xamsa‖si nafaqat turkiy til 
dunyosida, balki jahon adabiyotida ham o
ʻ
lmas adabiy obida bo
ʻ
ldi. Navoiy o
ʻ
z asari bilan 
ozarbayjon shoiri va mutafakkir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan xamsachilik an‘analarida tub 
burilish yasay oldi. 
―Xamsa‖ yozish og‗ir va mashaqqatli jarayon edi. Navoiy oldida turgan ish esa, ikki hissa 
murakkabroq edi. Buning sababi bir tomondan, o‗zidan avval bu sohada nom chiqargan ijodkor-
larning asarlari bilan bahslasha oladigan, adabiyot maydonida o‗z o‗rniga ega ―Xamsa‖ asarini 
yaratish bo‗lsa, ikkinchi tomondan esa bu asar ―unitilayotgan‖ turk tilishida yozilishi edi. Xam-
sachilik an‘anasini murakkab jarayon ekanligini va bu sohada qalam tebratib ko‗rgan ijodkorlar 
ham anchani tashkil etishini o‗z asarlarida yozib qoldirgan. Xususan, ―Majolisu-n-nafois‖ da bir 
necha zamondoshlarining ―Xamsa‖ga yoki uning ayrim dostonlariga ergashib asarlar yaratganini 
yozib qoldiradi. Masalan, Mavlono Ashraf ―Xamsa‖ yoza boshlagan, lekin uni tugatolmagan; Ali 
Ohiy ―Xamsa‖ ga mos bir necha doston yozgan, Mavlono Kotibiy ―Xamsa‖ sini oxiriga yetka-
zolmagan, Mavlono Faseh Rumiy Nizomiyning ―Mahzan ul-asror‖ iga ergashib doston yaratgan, 
Xoja Hasan Hizrshoh ―Layli va Majnun‖ ga javoban ―Zayd va Zaynab‖ dostonini yozganini 
e‘tirof etib o‗tadi. Bu ro‗yxat anchagina uzun, ammo bu shoirlarning birortasi mukammal xamsa 
yaratishga, Nizomiy va Xusrav Dehlaviylarning qatoridan munosib o‗rin olish sharafiga ega bo‗-
lisholmadi. Navoiy ustoz xamsanavislarning yuksak san‘atkorligini e‘tirof qiladi va sharaflaydi, 
ularning adabiy tajribasidan ta‘lim oladi. Dostonlarining muqaddima qismida Nizomiy va 
Xusrav Dehlaviyga hamda o‗zi bilan deyarli bir davrda yashab ijod qilgan, xamsa yaratgan 
Abdurahmon Jomiyga bag‗ishlab maxsus boblar ajratadi, ularni ustoz darajasiga ko‗tarib, 
ulug‗laydi. Navoiy shunday yozadi: 
Yo‗ldasa bu yo‗lda Nizomiy yo‗lum, 
Qo‗ldasa Xusrav bila Jomiy qo‗lum
213

Va bu ulug‗ ijodkorlardan madad tilaydi. 
O`zbek adabiyotshunosligida Navoiy ―Xamsa‖ sini tadqiq etuvchi olimlar, izlanuvchi tad-
qiqotchilar xamsashunoslik maktabini vujudga keltirdilar. 1939-yilda yirik adabiyotshunos Olim 
Sharafiddinovning ―Alisher Navoiy‖ nomli ilmiy-ommabop asari nashr etildi. Bu asarda Navoiy 
shaxsiyati, ijodi: lirik, epic asarlariga to‗xtalib o‗tilgan. Xususan, Navoiy ―Xamsa‖ si haqida so‗z 
213
Алишер Навоий, Хамса, - Тошкент:. 1960, 456-бет 


224 
yuritib, mutafakkirdan avval yaratilgan xamsalar va ularning bu sohadagi asarlaridan Navoiy 
―Xamsa‖ sining farqli jihatlariga to‗xtalib o‗tadi. Qolaversa, ―Xamsa‖ ning tarkibiga kiruvchi 
dostonlarni ham birin-ketin sharhlaydi.
1940-yilda nashr etilgan ―Родоначалъник узбекской литературы‖ to‗plamida E.E.Bertels-
ning ―Layli va Majnun‖, Hamid Olimjonning ―Farhod va Shirin‖ dostonlariga bag‗ishlab 
yozilgan maqolalarini o‗z ichiga olgan edi. Shu yillarda S.Ayniy ―Xamsa‖ ni nashrga tayyorladi 
va nashr ettirdi. Bu orqali o‗zbek kitobxonlari Navoiy asarlaridan bahramand bo‗ldi. XX asrning 
50-60-yillarda Navoiy asarlarining matnini yaratish va asarlarini ommalashtirish ishlari jadallik 
bilan kechdi. Adabiyotshunos Porso Shamsiyev boshchiligida Navoiy ―Xamsa‖
214
si nashr etildi.
Shundan so‗ng birin-ketin Navoiy ―Xamsa‖ si bilan bog‗liq asarlar yaratila boshlandi. 
Adabiyotshunos olim To‗xtasin Jalolovning ―Xamsa‖ talqinlari‖ (1962), A.Hayitmetovning 
―Hayrat ul-abror‖ ning nasriy tavsifi‖ (1974), Sodir Erkinovning ―Navoiy ―Farhod va Shirin‖i va 
uning qiyosiy tahlili‖ (1971), A.Qayumovning ―Saddi Iskandariy‖ (1975) asari va boshqa 
kitoblar yaratildi, nashr etildi. 
Alisher Navoiygacha o‗zbek adabiyotida epik asarlar juda kam edi, shoir o‗z ―Xamsa‖ si 
bilan o‗zbek epik adabiyotini mislsiz boyitdi. Yozuvchi va taniqli olim Oybek hazrat Navoiy 
―Xamsa‖ si va uning tarkibidagi dostonlarga mufassal to‗xtalib o‗tadi. Xususan, ―Hayrat ul-
abror‖ ―Xamsa‖ dagi boshqa dostonlardan ajralib turadi, - deydi Oybek
215
. Bu doston axloq, 
odobga doir masalalarni ko‗rsatadigan ta‘limiy xarakterdadir. Asarda ijodkor inson va uning 
hayoti qanday bo‗lishi kerak? U nimalardan saqlanishi kerak? Kabi savollarga Navoiy o‗z 
asarida chuqur hayot falsafasi va o‗zining to‗plagan tajribalari, fikrlariga suyanib javob beradi. 
Shoir talqin etmoqchi bo‗lgan fikrlarni, oddiy turmushdagi misollar bilan izohlaydi, yanada 
aniqlashtiradi. Qolaversa Oybek Navoiyning ayrim maqolotlaridan misollar keltirib, din va 
tariqat pardasi ortida xalqni talovchi iflos, munofiq, johil shayx ham voizlarni, soxta olimlarni, 
hiylakor muftiylarni, olchoq, aldamchi yozuvchilarni va hokazolarni qattiq tanqid qilgan 
o‗rinlarini ko‗rsatib beradi.
Oybek ―Xamsa‖ ning ikkinchi ―Farhod va Shirin‖ dostoniga to‗xtalib o‗tar ekan, bu doston-
ning asosi ishq ekanligini ta‘kidlaydi. Lekin Farhodning Shiringa bo‗lgan afsonaviy, ishqiy 
hikoyasining inkishofida Navoiy muhim ijtimoiy, hayotiy, insoniyat taraqqiyoti uchun zarur 
bo‗lgan masalalarni hal qilishga tirishadi. Dostonda boshidan-oxirigacha o‗tkazilgan tub fikr 
ma‘naviy ozodlikka, axloqiy kamolotga erishuv, bunga to‗sqinlik qiluvchi qora kuchlar bilan 
kurash, o‗z orzulari oldida toj-taxtdan, hayot lazzatidan, hatto o‗z umridan ham kechishga iroda 
sohibi bo‗lishdir, - deya asarni yuksak e‘tirof etadi. Shu bilan bir qatorda Navoiy ―Xamsa‖ sining 
boshqa dostonlariga ham to‗xtalib, dostonlarning mavzu ko‗lami, fikriy mundarijasi, obrazlar 
orqali tashilayotgan ma‘nolarga o‗z munosabatini bildiradi. Oybek o‗z maqolasining so‗ngida 
turkona lutf bilan go‗zal asar yaratgan Navoiy dahosiga taxsinlar aytadi.
Alisher Navoiy ―Xamsa‖ si haqida tadqiqot olib brogan navoiyshunos va xamsashunos 
olima Suyma G`aniyevadir. Olima o‗zining ―Alisher Navoiy
216
‖ nomli kitobida ―Xamsa‖ asari 
tarkibidagi dostonlarga mufassal to‗xtalib o‗tadi. Navoiy bu dostonlari orqali nima demoq-
chiligini, dostonlar tashiyotgan ma‘nolarni ochishga, tahlil qilishga harakat qiladi. Xususan, 
olima ―Hayrat ul-abror‖ dostoni haqida so‗z yuritib, Navoiy Hirot taxtining vorisi hisoblangan 
shahzoda Badiuzzamon mirzoga alohida bobda nasihatlar bilan murojaat qilgan o‗rinlarni 
keltiradi va bu orqali Navoiy o‗z idealidagi shoh haqidagi orzularini bayon qilganini yozadi.
214
Алишер Навоий, Хамса. - Тошкент, ЎзСССР ФА нашриѐти, 1960 
215
Ойбек. Мукаммал асарлар тўплами. 13-том. Тошкент: Фан, 1979. 
216
Ғаниева С. Алишер Навоий. – Т.: Фан, 1968. 


225 
―Xamsa‖ni tashkil qiluvchi bu besh doston ulug‗ shoir tomonidan alalabadga o‗rnatib 
ketilgan besh bebaho haykal bo‗lib, ularning har biri o‗zining salobati va nafosati, viqori va 
nurafshonligi, jilosi va zavqbaxshligi bilan hali qancha-qancha avlodlarni hayratga soladi, 
ularning qalb-u aqliga beo‗lchov ma‘naviy oziq baxsh etadi. Dostonlarda ifodalangan umumin-
soniy orzular, go‗zallik madhlari, qayd etilgan haqiqatlar umumbashariy ahamiyatga egadir. Bu 
g‗oyalar asar yaratilgan davrda ham, bugungi kunda ham, bizdan keyin ham yangicha ahamiyat 
kasb etaveradi. 
Alisher Navoiy o
ʻ
z ―Xamsa‖ siga axloqiylik baxsh etayotganda, axloqiy tamoyillarini biror-
tasini ham nazardan chetda qoldirmaydi. U adolat masalasi bo
ʻ
ladimi, odob, ta‘lim-tarbiya 
muammosi bo
ʻ
ladimi, ijtimoiy-siyosiy fikrlar bo
ʻ
ladimi barchasiga Navoiy to
ʻ
xtalib o
ʻ
tishga 
harakat qilgan va bu mavzular doirasida o
ʻ
z qarashlarini bayon etgan. Navoiy o
ʻ
z axloqiy 
qarashlarini bevosita yaxshi fazilatlarni kuylash orqali ifoda etish bilan birga yomon illatlarini 
ko
ʻ
rsatish bilan ham o
ʻ
z fikrlarini bayon etadi. Yaxshiliklarni targ‗ib etishda Navoiy insoniylikni 
olg‗a suradi, ya‘ni uning fikricha inson faqat yaxshiliklar bilan o
ʻ
z nomini oqlashi, yomonliklar 
esa, insoniylikdan yiroqlashtirishi ta‘kidlanadi.
Axloqiylik jihatidan yaxshi sifatlarga erishish masalasini Navoiy e‘tiqodga olib borib 
taqaydi. Uning fikricha, imonli kishi barcha yaxshilik-lari ma‘lum ma‘noda o
ʻ
zida mujassam-
lashtirgan bo
ʻ
ladi. Muammolarning ham shu nuqtai-nazardan turib yechilishini maqsadga mu-
vofiq, deya ta‘kidlaydi. Navoiy asarlaridagi axloqqa doir fikrlar xoh amaliy axloqqa, xoh naza-
riyasiga taalluqli bo
ʻ
lsin, ular ulkan bir davr axloqiy qarashlari-ning bir ko‗rinishi sifatida doimo 
tadqiq va tatbiqqa loyiqdir. Barcha davrlar uchun birdek ahamiyatli bo
ʻ
lgan Navoiyning qarash-
lari, shu bilan birga o
ʻ
z davri axloqiy manzarasini tasavvur qilishimizga yordam beradi. 

Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish