Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi


s-elementlarga mansub biometallar va ularning biologik roli



Download 3,84 Mb.
bet7/29
Sana04.10.2022
Hajmi3,84 Mb.
#851275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
Эшчанов Эркабай Ускинович.2.BMI

1.2. s-elementlarga mansub biometallar va ularning biologik roli
Na va K ning tirik organizmda tutgan oʻrni.
Natriy va kaliy I guruhning biogen s-elementlari boʻlib, organizmning normal faoliyati uchun juda muhim hisoblanadi. Natriy va kaliy makroelementlardir. Ular insonning barcha organlarida mavjud. Natriy va kaliy odam organizmiga oʻsimlik mahsulotlari(meva va sabzavotlar) orqali kiradi. Yer qobigʻida bu metallarning tarqalishi bir xil, lekin oʻsimliklarda kaliyning miqdori natriyga nisbatan taxminan 10 marta koʻp boʻladi. Oʻsimlik mahsulotlarida natriy kamligi tufayli osh tuzi inson ovqat ratsionining eng muhim qismi hisoblanadi.
Geosferada va ionlari doimo birgalikda uchraydi va ularni ajratish koʻpincha osonlik bilan amalga oshmaydi. Biosferada esa bu ionlar hujayra membranalarining ikki tomonida taqsimlanadi, chunki ular hujayraning tashqi (Na+) va ichki (K+) kationlari hisoblanadi.
Bu ionlar ion kanallari orqali qarama-qarshi yoʻnalishda uzluksiz harakat qiladi. Bunday jarayon ATFning gidrolizlanish reaksiyasi natijasida hosil boʻladigan energiya hisobiga amalga oshadi.

2-rasm. K/Na-nasosining ta’sir sxemasi.
2-rasmdan koʻrinadiki, K+ ioni membrana oqsili fosfatproteinga moyilligi hisobiga hujayra ichiga oʻtadi. Hujayrada ATF gidrolizi sodir boʻladi, ajralib chiqqan PO43– ionlari fosfatproteinga birikib, K+ ionlarini hujayraning ichki sferasiga qoʻyib yuboradi. Fosforillangan fosfatproteinning Na+ ionlariga moyilligi yuqori boʻlib, ular bilan birgalikda hujayraning tashqi fazosiga oʻtadi va shu yerda Na+ ionlarini qoʻyib yuboradi. Mana shu sxema asosida kaliy-natriy nasos ishlab, organizmning barcha qismlarida kaliy-natriy muvozanatini nazorat qilib turadi. Bunday muvozanat:
1) biosuyuqliklarning osmotik bosiminita’minlaydi;
2) har qaysi organ va toʻqimaning pH qiymatlarini ta’minlaydi;
3) shuningdek, kaliy va natriy asab impulslarini oʻtkazishda muhim ahamiyatga ega boʻladi.
“Ionofor” mexanizmga asosan, K+ ionlari markaziy lipidli membrana boʻsh-ligʻiga tushadi, bunday boʻshliq 1 nm diametrga ega boʻlib, gidratlangan K+ ionini saqlashi mumkin. Bu boʻshliqni hosil qiluvchi polipeptid spirali konsentratsiyasi 2 mol/l ga teng miqdordagi K+ ionlarini ushlab turuvchi elektrostatik zaryadga ega. Shundan keyin markaziy boʻshliqning yuqori qismi siqiladi va kanal-filtrga ayla-nib, endi u faqat degidratlangan K+ ionlarini oʻtkaza oladi. Bu filtr peptid guruhlar C = O hisobiga 4 ta K+ ionlarini bogʻlaydi, bunda K+ ning koordinatsion soni 8 ga teng boʻladi. Xuddi shu sharoitda Na+ ionlari bogʻlana olmaydi va boʻshliqning K+ ionlariga nisbatan sezgirligini 104 martaga oshiradi. K+ ionlari bilan bogʻlangan boʻshliqning ichki zaryadi oʻzgaradi hamda u siqilib va kengayib, K+ ionlarini hujayra ichiga va hujayraning tashqarisiga oʻtkazib turadi.

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish