Bioligandlar
Organizmda kam sonli oddiy molekulalar mavjudki, ular biokimyoviy jara-yonlarda ishtirok etadi. Ularning koʻpchiligi oʻzaro ta’sirlashib, murakkab struktu-rali makromolekulalarni (biopolimerlarni) hosil qiladi. Bunday makromolekulalar-ning xossalari ularni tarkibiga kiruvchi oddiy molekulalarning tabiatiga, oʻzaro birikish tartibiga hamda hosil boʻladigan biopolimerlarning fazoviy strukturasiga bogʻliq boʻladi. Shuningdek, organizmda noorganik anionlar (xlorid, sulfat, karbo-nat, fosfat va boshqalar) ham mavjud boʻlib, ular metall ionlari bilan ta’sirlashadi. Lekin tirik organizmlarning asosiy xarakteristikalaridan biri – bu makromolekula-biopolimerlarni hosil qilishdir. Biopolimerlarning 3 ta muhim turlari mavjud, bular: polisaxaridlar, oqsillar (proteinlar) va nuklein kislotalar.
Polisaxaridlar molekulasi (masalan, glyukoza yoki fruktoza) koʻp sonli oʻx-shash va takrorlanuvchi oddiy molekulalardan tashkil topgan.
4-jadval
Bioligandlarning turlari
Makromolekulalar
|
Polisaxaridlar
|
DNK, RNK
|
Proteinlar
|
Mitsellalar
|
Oʻrtacha molekulyar massali molekulalar
|
Oligosaxaridlar
|
Nukleotidlar
|
Peptidlar
|
Lipidlar
|
Quyi molekulyar moddalar
|
Monosaxaridlar
|
Azotli asoslar, fosfatlar
|
Aminokislotalar
|
Yogʻ
kislotalar, spirtlar
|
Hujayra biopolimerlarining asosiy turi – bu oqsillardir. Ular 20 ta aminokis-lotalarning oʻzaro kombinatsiyasi natijasida hosil boʻladi. Aminokislotalarning oʻzaro ta’siridan peptidlar, peptidlarning aminokislota bilan ta’siridan polipeptidlar hosil boʻladi. Polipeptid zanjirlari fazoviy konfiguratsiyada hosil boʻlib, berilgan oqsilning strukturasini belgilaydi. Barcha aminokislotalar, peptidlar va oqsillar faol donor atomlar (O, N, S va boshq.) saqlagan bioligandlar boʻlib, ular turli metall ionlari bilan barqaror koordinatsion birikmalarni hosil qiladi. Ba’zi oqsillar oʻzining tarkibida 4 ta mustahkam bogʻlangan pirrol yadrolarini saqlab, porfirin strukturasini hosil qiladi (1-rasm).
a)
|
b)
|
c)
|
Gemoglobin: M = Fe, R1 = R3 = CH3;
R2 = CH2 = CH – ;
R4 = CH2CH2COO–.
Xlorofill: M = Mg;
R1 – R4 = CH3, C2H5.
|
1-rasm. Eng muhim bioligandlar: askorbin kislota (a); ATF (b); porfirin komplekslari (c).
Biopolimerlarning juda muhim turlaridan birini nuklein kislotalar tashkil etadi. Bu birikmalar biologik axborotni saqlash va uzatish bilan bogʻliq funk-siyalarni bajaradi. Aynan nuklein kislotalarning molekulalarida organizm uchun zarur boʻlgan turli proteinlar sintezi haqidagi ma’lumotlar kodlanadi. Polisaxaridlar va proteinlar singari nuklein kislotalar ham oddiy monomerlar – nukleotidlardan tarkib topadi. Muhim nukleotidlardan biri adenozin trifosfat kislota (ATF) hisob-lanadi (1-rasm). Koordinatsion kimyo nuqtai nazari boʻyicha ATF – faol ligand boʻlib, metall ionlari bilan bogʻlanish uchun zarur boʻlgan turli donor atomlariga egadir. Bularga azot asoslaridagi azot atomlari, riboza va fosfat guruhlaridagi kislorod atomlari va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |