Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi



Download 3,84 Mb.
bet14/29
Sana04.10.2022
Hajmi3,84 Mb.
#851275
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
Эшчанов Эркабай Ускинович.2.BMI

Rux va uning biologik roli.
Rux 200 dan ortiq fermentlar tarkibiga kiradi, Ular uglevodlar, oqsillar, yog‘lar va nuklein kislotalar sitezi va parchalanish reaksiyalarida ishtirok etadi. U qondagi qand miqdorini boshqarib turuvchi oshqozon osti bezi gormoni — insulinning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Rux avlodning davom qilishi, erkak gormonlar, vitamin E metabolizmi, prostatalarning normal faoliyati uchun muhim hisoblanadi.
U skeletning shakllanishida muhim rol oʻynaydi, immun tizimining ishlashi uchun zarur hisoblanadi, antivirus va antitoksik xossalarni namoyon qiladi, infeksion kasalliklar bilan kurashda qatnashadi.
Ruxning antioksidant sifatida ta’sir koʻrsatishi, protein sintezi uchun kerakligi aniqlangan. Oxirgi yillarda gripga va shamollashga qarshi tarkibida rux tutuvchi preparat paydo boʻla boshladi. Rux shamollashga olib keluvchi viruslar bilan bog‘lanib ularning koʻpayishini toʻxtatish qobiliyatiga ega. Juda oz miqdordagi rux (tabletkadagi Zn 10-20 mg) viruslarni yoʻqotadi va kasallikdan xolos qiladi.
Katta odam(70 kg) organizmida ruxning umumiy miqdori taxminan 2,3 g ni tashkil etadi, uning 2/3 qismi muskullarda boʻladi.
Har sutkada inson organizmiga oʻrtacha 14-15 mg rux kiradi, uning koʻp qismi (11-12 mg) chiqarib yuboriladi, odam organizmi uning 2,5-3,0 mg ni qabul qiladi, u oldin ichakga soʻriladi, soʻngra qon plazmasiga oʻtib u yerda oqsillar va karboangidridraza fermenti bilan bog‘lanadi. Ana shunday bog‘langan holda rux qon orqali sirkulyatsiyada qatnashadi, qon plazmasidan hujayra ichiga tushadi, eng soʻngida mushaklarga, hatto sochlargacha yetib boradi.
Sochda ruxning boʻlishi – organizmdagi modda almashinuvining ob’ektiv koʻrsatgichlaridan biridir. Zn soch uchun, tirnoq va teri, sperma mahsulotlari va erkaklar gormonlari uchun zarur hisoblanadi.
Organizmga rux oziq-ovqat mahsulotlari orqali kiradi. Rux goʻsht, jigar, pishloq tarkibida boʻladi. Ruxga boy mahsulotlarga qoʻziqorin, yong‘oq, dukkaklilar, qovoq tuxumi, banan, apelsin, nok, pomidor, piyoz kiradi. Rux rezavor mevalar tarkibiga ham kiradi.

13-rasm. Ruxga boy oziq-ovqat mahsulotlari.
Rux odam oʻsishini boshqarishda roli katta.Jigarni zararli moddalardan himoya qiladi.Odamning sezish organlarining normal ishlashini ta’minlaydi.
Rux koʻrish organlarining normal ishlashi uchun zarur (A vitamini ishtirokida). Alkogol ta’siridagi jigar serrozi va qisman koʻrishning yoʻqolishi bilan kasallangan bemorlarda odatda qon plazmasida rux konsentratsiyasi sog‘lom odamlarga qaraganda ancha kam boʻlishi aniqlangan. Shu sababdan koʻrish yomonlashganda faqat vrach-okulistga koʻrinishdan tashqari klinik biokimyo laboratoriyasiga borib ruxga qon analiz topshirish kerak.
Rux ta’m sezish organlarining normal ishlashida muhim ahamiyatga ega.
Ovqatda rux yetishmasligi, organizm oʻsishining sekinlashuviga, sochlar toʻkilishiga va jinsiy faoliyatning oʻzgarishiga olib keladi.
Rux hujayra boʻlinishini yaxshilashga yordam beradi. Shu sababdan u bir tomondan foydali xususiyat namoyon qilsa ikkinchi tomondan zararli xususiyati shundaki, rak hujayralarning boʻlinishiga ham yordam beradi. Rak ruxsiz rivojlana olmaydi.
Koʻpchilik tadqiqotchilar hamiladorlik davridagi toksikozlar rux yetishmovchiligi bilan bog‘liq deb hisoblashishadi.
Rux defitsidligining koʻrsatkichlaridan biri bu – tirnoqda oq dog‘larning paydo boʻlishidir.
Alkogol ruxni siqib chiqaradi, Alkogolga xuruj qilgan odamlarda ruxga boʻlgan ehtioj katta boʻladi.
Juda katta miqdorda rux yosh beryoza yashil barglarida boʻladi. Uni chay singari damlash mumkin(1 choy qoshiq 1 stakan qaynoq suvda damlanadi).
Ruxga boy oʻsimliklar azaldan teri kasalligini davolashda qoʻllanilib kelingan.
Zn2+ ionlari O va N donor atomlarini saqlagan ligandlar bilan komplekslar hosil qiladi. Rux koʻpincha muhim fermentlarning faol markazlari tarkibiga kiradi (6-jadval). Ular asosan peptidlar, kollagenlar va fosfolipidlarning gidrolizlanish reaksiyalarida katalizatorlik vazifasini bajaradi. Rux karbangidraza (14-rasm) fermentini faollashtiradi, bu ferment biosuyuqliklarda CO2 ning gidratlanishi va H+ ionlarini CO32– ga koʻchirishi uchun mas’ul boʻlib, organizmning eng muhim buffer sistemalaridan birini boshqaradi.
14-rasm. Karbangidraza
Rux saqlovchi fermentlar shakli boʻyicha oʻziga xos boʻlgan birikmalarni hosil qiladi. DNK qismlari takrorlanuvchi bogʻlarni hosil qilib, ular rux ionlari yaqinida toʻplanadi va xarakterli toʻplanmalar hosil boʻladi. Toʻplanmalar tarkibiga (Cys)2(His)2, (Cys)3(His), (Cys)4 yoki tiolatli komplekslar kiradi.
Rux organizmda qand almashinuvini normallashtiradi va insulin sekretsiyasi uchun zarur element hisoblanadi. Rux miqdorining me’yordan chetlanishi jiddiy kasalliklarga sabab boʻladi.

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish