Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi



Download 3,84 Mb.
bet16/29
Sana04.10.2022
Hajmi3,84 Mb.
#851275
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Bog'liq
Эшчанов Эркабай Ускинович.2.BMI

CASE STUDY ning asosini muammoli vaziyat tashkil etadi. Keyslarni yechish davomida ta’limdan koʻzlangan maqsadga toʻla erishiladi hamda talabada quyidagi koʻnikmalar rivojlanadi:
1. Analitik koʻnikma. Axborot va ma’lumot orasidagi farqni ajrata olish;ma’lumotlar orasidan asosiysini ajrata olish; ma’lumotlarni tasniflash; tahlilqilish; ma’lumotni izlash va taqdim qilish; tushirib qoldirilgan va notoʻgʻrima’lumotlarni topish va tiklashni oʻrganish; aniq va mantiqiy fikr yuritish vah.k.
2. Amaliy koʻnikma. Real holatlarga yaqinlashtirilgan, puxta va yuqorisaviyada tuzilgan keyslar fanning nazariyasi, usullari va tamoyillarini amaldaqoʻllay olish koʻnikmalarini shakllantiradi.
3. Ijodkorlik koʻnikmasi. Case masalalarni bitta nazariya, bir usul vatamoyilni qoʻllash orqali yechishning imkoni yoʻq. Bu tipdagi masalalarniyechish uchun talaba bir necha usullarni, gʻoyalarni va muqobil yechimvariantlarini ijod qilishiga toʻgʻri keladi. Natijada talabada ijodkorlikkoʻnikmalari shakllanadi.
4. Kommunikativ koʻnikma. Odatda, bunday keyslar 2 yoki 3talabadan iborat kichik guruhga (murakkablik darajasiga koʻra 4-5 talabagaberilishi mumkin) beriladi. Keysni tahlil qilish mobaynida guruh ichida oʻznuqtai-nazarini himoya qilish, opponentlarni ilmiy asoslangan faktlar bilanishontirish, bir toʻxtamga kelish kabi sifatlar shakllanadi. Shu bilan birgapedagog uchun talabalar orasidan bahs-munozara (diskussiya) olib borishgalayoqatli hamda boshqalarni oʻz fikriga ishontira oladigan toifalarini ajratibolish imkoni paydo boʻladi.
5. Ijtimoiy koʻnikma. Keysni muhokama qilish davomida guruhdama’lum ijtimoiy koʻnikmalar yuzaga keladi: odamlarning (talabalarning) oʻzinitutishini baholash, boshqalar fikrini eshita olish, oʻxshash yoki yaqinfikrlovchilarni muhokama davomida qoʻllab-quvvatlash, jipslashish, fikrlarnidalillash, oʻzini nazorat qilish va h.k.
6. Oʻz-oʻzini tahlil qilish koʻnikmasi. Bahsda qarama-qarshiliklarningboʻlishi boshqalar hamda oʻzining shaxsiy fikrlarini tahlil qilish, anglashgaimkon beradi. Muhokamada yuzaga keladigan odob-axloqqa doir muammolartalabada ijtimoiy munosabatlarda me’yorlarni shakllantirish zaruratini paydoqiladi. Bu esa oʻz navbatida talabada oʻz-oʻzini tahlil va nazorat qilib borish koʻnikmalarini yuzaga keltiradi.
Bundan koʻrinib turibdi-ki, talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishdayuqorida keltirilgan singari keyslarning ahamiyati katta.
Xulosa oʻrnida rus pedagogi va “rus oʻqituvchilarining oʻqituvchisi”K.D. Ushinskiyning “Oʻquvchilar toʻldirilishi lozim boʻlgan idish emas, balki yondirilishi shart boʻlgan mash’aladirlar” degan mashhur iborasini keltirish oʻrinli.
Kimyo fanini oʻqitishda quyidagi innovatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish mumkin:
5-jadval

Oʻquv mashgʻulotlari texnologiyasi

Interfaol metodlar

Grafik organayzerlar

1.Modulli ta’lim texnologiyasi.
2.Muammoli ta’lim texnologiyasi.
3.Didaktik oʻyin texnologiyasi
4.Mustaqil ta’lim texnologiyas
5.Keys-stadi ta’lim texnologiyasi.
6. Loyiha ta’lim texnologiyasi
7. Hamkorlikda oʻqitish texnologiyasi.
8.Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalar;
9. Oʻqitishning tabaqalashtirilgan va individual texnologiyasi

1. Aqliy hujum.
2. Erkin yozish.
3. Asoslangan esse.
4. FSMU.
5. Blits-soʻrov.
6. Blits-oʻyin.
7. Oʻqitish boʻyicha qoʻllanma.
8. Zinama-zina metodi
9. Tushunchalar tahlili.
10. Tushunchalar asosida matn tuzish.
11. Mantiqiy chalkash zanjir
12. Sinkveyn metodi
13.Ikki qismli kundalik



1. “Klaster” metodi
2. “Insert” metodi
3.“Venn diagrammasi” metodi
4. “Toifali jadval tuzish”metodi
5. “Konseptual jadval” .tuzish metodi
6. “BBB-jadvali” metodi
7. “T-jadval”
8. “SWOT-tahlil” metodi
9. “Kuchlar tahlili” metodi
10. “Nilufar guli” sxemasi
11.“Baliq skeleti” sxemasi
12.“Nima uchun” sxemasi
13. “Qanday?”ierarxik diagrammasi

Zаmоnаviy shаrоitdа tа’lim sаmаrаdоrligini оshirishning eng mаqbul yoʻli – bu mаshgʻulоtlаrning intеrfаоl mеtоdlаr yordаmidа tаshkil etish dеb hisоblаnmоqdа.


Oʻqituvchi tа’lim jаrаyonidа intеrfаоl tа’lim yordаmidа tаlаbаlаrning qоbiliyatlаrini rivоjlаntirish, mustаqillik, oʻz-oʻzini nаzоrаt, oʻz-oʻzini bоshqаrish, sаmаrаli suhbаt оlib bоrish, tеngdоshlаri bilаn ishlаsh, ulаrning fikrlаrini tinglаsh vа tushunish, mustаqil hаmdа tаnqidiy fikrlаsh, muqоbil tаkliflаrni ilgаri surish, fikr-mulоhаzаlаrini erkin bаyon qilish, oʻz nuqtаi nаzаrlаrini himоya qilish, muаmmоning yеchimini tоpishgа intilish, murаkkаb vаziyatlаrdаn chiqа оlish kаbi sifаtlаrni shаkllаntirishgа muvаffаq boʻlаdi. Eng muhimi, intеrfаоl mеtоdlаrni qoʻllаsh оrqаli oʻqituvchi tаlаbаlаrning аniq tа’limiy mаqsаdgа erishish yoʻlidа oʻzаrо hаmkоrlikkа аsоslаngаn hаrаkаtlаrini tаshkil etish, yoʻnаltirish, bоshqаrish, nаzоrаt vа tаhlil qilish оrqаli хоlis bаhоlаsh imkоniyatini qoʻlgа kiritаdi.
Innovatsion ta’lim texnologiyalariga kiradigan metodlar juda koʻp boʻlib, ulardan kimyo oʻqitishda qoʻllash qulay boʻlganlariga misollar keltiramiz.

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish