Mis va uning biologik roli.
Mis tirik organizmlar uchun zarur mikroelement hisoblanadi.
Mis – oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida uchrovchi biogen elementdir. Katta odam organizmida misning umumiy miqdori taxminan 100 mg, 0,0001% atrofida. Uning 30% i muskullarda boʻladi. Jigar va miya ham misga boy hisoblanadi.
Odam organizmi oziq-ovqat mahsulotlari bilan birgalikda sutkasiga 2-3 g misni qabul qilib, shundan faqatgina 30% miqdori oʻzlashtiriladi. Har kuni organizm uchun 2,5 – 5,0 mg mis talab qilinadi. Organizmda mis yetishmasa – mis defitsidli anemeya rivojlanishi mumkin. Mis temir oʻzlashtirilishi uchun zarur, ayniqsa, tarkibida temir va mis tutuvchi sitoxromoksidaza sintezida muhim rol oʻynaydi. Mis yetishmasligi natijasida biriktiruvchi toʻqimalar va qon tomirlarining normal rivojlanishi buziladi.
Mis va rux ovqat hazm qilish jarayonida bir-biriga konkurient hisoblanadi, shu sababli ushbu elementlardan birining ovqatda ortib ketishi ikkinchi elementning yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
Oʻsimliklar va hayvonlar organizmida mis koordinatsion birikmalar koʻrinishida mavjud boʻladi, asosan bular mis saqlovchi oqsillardir. Faol markazida misni saqlagan fermentlar soni 20 dan ortiq boʻlib, ulardan koʻpchiligi oksidazalar hisoblanadi. Ularning biologik ahamiyati gidroksillash, oksidlovchilik kataliz, kislorodni tashish jarayonlari bilan bogʻliq. Fiziologik nuqtai nazardan eng muhimlari tarkibida mis tutuvchi oqsillar – sitoxromoksidaza va superoksiddismutazadir.
Sitoxromoksidaza fermentidagi misning ahamiyati koʻproq oʻrganilgan, bu ferment O2 → H2O, O2 → H2O2 reaksiyalarni hamda organizm uchun muhim hisoblangan O2– → O2– + O0 disproporsiyalanish reaksiyasini boshqaradi. Kislorod tashuvchi oqsillarga gemotsianin mansub boʻladi, gemoglobindan farqli ravishda hujayraning tashqi sferasidagi oqsil hisoblanaib, bu Cu-saqlovchi oqsillar uchun xarakterlidir (9-rasm).
Gemotsianin – oligomer boʻlib, uning har bitta monomer birligi oʻzaro juda yaqin joylashgan 2 ta mis atomini saqlaydi. Deoksigemotsianin rangsiz modda, lekin O2 bilan bogʻlanganda yorqin koʻk rangga kiradi. Deoksigemotsianinda Cu (I) atomining koordinatsion soni 3 ga teng va gistidinning 3 ta qoldigʻi bilan piramidasimon holatda bogʻlanadi. O2 molekulasi birikkandan keyin, u 2 ta mis atomini bogʻlagan holda 2 ta koʻprikli bogʻlarni hosil qiladi. Bunda O2 molekulasi O22– gacha qaytariladi, oqsil qoldiqlari ancha yaqinlashadi, Cu atomlarining koordinatsion soni esa 5 ga teng boʻlib, bu endi faqat Cu (II) uchun xarakterli hisoblanadi. Plastotsianin (oksidlangan) 11-rasm.
11-rasm. Ba’zi mis saqlovchi oqsillarning tuzilishi
Elektron tashuvchilar sifatida mis saqlovchi “koʻk” oqsillar xizmat qiladi, ularning tarkibiga Cu (I) va Cu (II), tiolat guruhlarning qoldiqlari, imidazol va sistein kiradi. Plastotsianin va azurinda koordinatsion soni 3 ga teng boʻlgan Cu (I) ning yassi kompleksi mavjud boʻladi. Unga 4-ligand (odatda S ning donor atomini saqlaydi) qoʻshilganda Cu (I) ning koordinastion soni 4 ga teng boʻladi.
Sitoxrom-c-oksidaza va N2O-reduktaza fermentlarining faol markazi biyadroli kompleks boʻlib, Cu ning 2 atomi sisteinning bidentatli qoldigʻi orqali bogʻlanadi, bunda Cu ning har bitta atomi imidazolning azot atomi bilan koordinatsion bogʻlar bilan birikadi. Kompleksning bu shakli elektronli oksidlanganda qirmizi rangli paramagnit kompleks hosil boʻlib, juftlashmagan elektron misning ikkala atomiga tegishli boʻladi.
12-rasm. Misga boy oziq-ovqat mahsulotlari
Mis (Cu) eritrotsidlar, kollagen va elastin hosil boʻlishi uchun, gemoglobin, mioglobin, oqsillar va aminokislotalar sintezi uchun, nafas olish va nerv sistemalar uchun zarur hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |