Okeanlarning energiya resurslari
, yuqorida qayd etilganidek,
to‘lqinlar, suv qalqishi, suv harorati va boshqa ko‘rinishlarda namoyon
bo‘ladi. Hozircha, amaliyotda, faqat suv qalqishi asosida ishlaydigan elektr
stansiyalari mavjud. Ularning eng birinchisi Fransiyada 1967 - yilda Reyn
daryosining Lamansh bo‘g‘oziga quyilishida qurilgan. Shu turdagi,
aniqrog‘i, tajriba tariqasidagi elektr stansiyalar Rossiyada, Kola yarim oroli
yaqinidagi qo‘ltiqda ham qurilgan. Dunyo okeanining boshqa turdagi
energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari jadal
sur’atda olib borilmoqda. Masalan, Dunyo okeanida bitmas-tugamas
energiya manbalaridan biri hisoblangan to‘lqinlar energiyasidan
foydalanish bo‘yicha sinov-tajriba tariqasida yaratilgan muhandislik
ishlanmalari mavjud.
Dunyo okeanining o‘lchamlari naqadar katta bo‘lishiga qaramasdan,
insoniyat uning tabiiy sharoitiga, tabiiy resurslariga borgan sari kuchliroq
ta’sir etmoqda. Shuning uchun ham okeanlar va dengizlarning yuqorida
sanab o‘tilgan barcha turdagi tabiiy resurslaridan foydalanishda xalqaro
miqyosda qabul qilingan me’yoriy hujjatlardagi tartib-qoidalarga amal
qilish lozim.
Nazorat savollari va topshiriqlar
1. “Dunyo okeani”tushunchasiga izoh bering.
2. Dunyo okeani necha qismga bo‘linadi?
3. Nima uchun Dunyo okeani bir butun deb hisoblanadi?
4. Tinch okeani dengizlarini aytib bering.
5. Atlantika okeani chegaralari va uning dengizlarini aytib bering.
6. Shimoliy Muz okeani va uning dengizlarini aytib bering.
7. Hind okeani chegaralari va uning dengizlarini aytib bering.
8. Dunyo okeaniga quyiladigan eng yirik daryolarni bilasizmi?
9. Tinch okeaniga Shimoliy Amerika qit’asidan quyiladigan yirik
daryolarni sanab bering.
10. Tinch okeaniga Osiyo qit’asidan quyiladigan daryolarni eslang.
11. Hind okeaniga qaysi qit’alardan daryolar quyiladi?.
12. Hind okeani dengizlarini aytib bering.
13. Atlantika okeani dengizlariga quyiladigan daryolarni ayting.
14. Atlantika okeani dengizlarini aytib bering.
15. Shimoliy Muz okeaniga Osiyo qit’asidan quyiladigan daryolarni
aytib bering.
16. Shimoliy Muz okeani dengizlarini aytib bering.
66
17. Dunyo okeani resurslari haqida nimalarni bilasiz?
18. Dunyo okeani biologik resurslariga nimalar kiradi?
19. Dunyo okeani geologik resurslari nechta turga bo‘linadi?
20. Dunyo okeani energetik resurslarining manbalarini aytib bering.
21. Dunyo miqyosida okeanlar va dengizlarning energetik
resurslaridan foydalanish bo‘yicha ayrim davlatlar tajribalarini eslang.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |