204
GLOSSARIY
Abraziya –
suv havzasi qirg‘oqlarining to‘lqinlar ta’sirida emirilishi.
Absolyut hatolik –
daryolar, ko‘llar, suv omborlari, qor qoplami,
muzliklar va boshqa suv obyektlarida kechadigan gidrologik jarayonlar va
xodisalarning prognoz qilingan va kuzatilgan qiymatlari orasidagi farq.
Absolyut hatolik gidrologik miqdorning o‘lcham birligida ifodalanadi.
Akkumulyasiya
– suv havzasida yoki muhandislik inshootida
suvning, tuzning va eroziya mahsulotlarining to‘planishi.
Akvatoriya
– suv havzasi yuzasining qismi.
Albedo
– ma’lum sirtdan qaytgan
radiatsiyaning shu sirtga
tushayotgan radiatsiyaga nisbati.
Allyuviy
– daryo o‘zanida oqiziqlarning to‘planishi.
Anionlar
– manfiy zaryadlangan ionlar.
Artezian quduqlar
– yer ostidan bosim kuchi bilan otilib chiqadigan
va suv olish uchun kovlangan quduqlar.
Avtokorrelyatsiya –
gidrologik qatorni tashkil etgan miqdorlarning
o‘zaro korrelyatsiyasi.
Barqaror bo‘lmagan qor qoplami
– kuz va qishning boshlarida
yog‘ib – erib ketadi.
Barqaror qor qoplami
– kuz va qishda yog‘ib, bahorgacha saqlanadi.
Bug‘lanish
– suyuq yoki qattiq holatdagi suvning gaz(bug‘) holatiga
o‘tishi.
Daryo
– havzaga yoqqan yog‘inlardan hosil bo‘lgan yer usti va yer
osti suvlari hisobiga to‘yinib, tabiiy o‘zanda oquvchi suv massalari.
Daryo boshi
– o‘zan aniq ko‘rinishga ega bo‘lgan va doimiy suv
oqimi kuzatila
boshlanadigan joy
.
Daryo havzasi
– yer sirtining daryo
sistemasi joylashgan va
suvayirg‘ich chiziqlari bilan chegaralangan qismi.
Daryo quyilishi
– daryo ko‘lga, dengizga yoki ikkinchi bir daryoga
qo‘shiladigan joy.
Daryo sistemasi
– bosh daryo va uning
irmoqlarining birgalikdagi
nomi.
Daryo suvayirg‘ichlari
–
daryolar suv to‘playdigan havzalarni bir
biridan ajralib turishini ta’minlaydi.
Diffuzion bug‘lanish
– suv molekulalari atmosfyeraga o‘tgach,
gravitatsion kuchlar ta’sirida yuqoriga ko‘tarila boshlaydi. Ularning o‘rnini
esa suv yuzasidan yangi ajralgan molekulalar egallaydi.
Digidrol
– ikki oddiy suv molekulasining qo‘shilishi - (N
2
O)
2
Gidrografik to‘r
– ma’lum bir hududdagi daryolar, ularning ir-
205
moqlari, buloqlar, ko‘llar, botqoqliklar, muzliklar, doimiy qorliklar.
Gidrol
– boshqa molekulalar bilan birlashmagan
suv molekulasi -
H
2
O
Gidrologik inyersiya yoki tendensiya
-
gidrologik hodisa va
jarayonlarning o‘zini keltirib chiqargan omillarga bog‘liq holda ma’lum
vaqt davomida aniq bir qonuniyat asosida takrorlanishi.
Gidrologik prognoz -
gidrologik
jarayonlar yoki xodisalarni
“oldindan aytish” yoki “oldindan bilish” ma’nosiga ega.
Gidrologik prognozlar -
daryolar, ko‘llar, suv omborlari, qor
qoplami, muzliklar va boshqa suv obyektlarida kechadigan gidrologik
jarayonlar va xodisalarning shakllanish qonuniyatlarini o‘rganish
asosida
ularni oldindan aytish usullari va uslublarini ishlab chiqish hamda
amaliyotga tadbiq etish bilan shug‘ullanadigan fan tarmog‘i.
Gidrologik yil
– daryo havzasida namlik zaxiralarining to‘planishi va
uning sarflanishini qamrab oladigan davr.
Gidrologik yilnoma
– suv obyektlari rejimi elementlari haqidagi
ma’lumotlar keltirlgan rasmiy nashr.
Gidrosfera -
Yerning suv qobig‘i
Gidrosinoptik prognozlar
-
gidrologik
jarayonlar va hodisalarni
oldindan aytish maqsadida hududdagi mavjud sinoptik vaziyat e’tiborga
olingan holda ishlab chiqilgan gidrologik prognozlar
.
Global gidrologik prognozlar
- butun Yer shari miqyosida
kechadigan gidrologik jarayonlar va xodisalarni oldindan aytish maqsadida
ishlab chiqilgan gidrologik prognozlar.
Do'stlaringiz bilan baham: