O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Ko‘llar gidrobiologiyasi va ularning mahsuldorligi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/186
Sana07.07.2022
Hajmi3,89 Mb.
#752457
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   186
Bog'liq
2 5274118169022173722

Ko‘llar gidrobiologiyasi va ularning mahsuldorligi. 
Ko‘llar 
biogen elementlar bilan to‘yinish darajasiga bog‘liq holda quyidagi 
guruhlarga ajratiladi: 
- oligotrof ko‘llar; 
- evtrof ko‘llar; 
- mezotrof ko‘llar. 
- distrof ko‘llar; 
Oligotrof ko‘llar 
(grekcha "oligos"- kam va "trofos"- to‘yinish, 
oziqlanish)da biogen elementlar, asosan, azot va fosfor birikmalari kam 
miqdorda bo‘ladi. Natijada, bunday ko‘llarda hayot (flora va fauna) sust 
rivojlangan, shu tufayli suvi tiniq bo‘ladi. Ko‘l tubi cho‘kmalarida ham 
organik moddalar kam uchraydi. 
Evtrof 
("ev"- grekcha yaxshi, ko‘p) ko‘llar to‘yintiruvchi va biogen 
moddalarga boy bo‘lib, suv o‘tlarining, ayniqsa, yoz vaqtlarida jadal 
rivojlanishi bilan ajralib turadi. Ularning suvi tiniq bo‘lmay, yashildan 
qo‘ng‘ir tusgacha bo‘ladi. Ko‘l tubidagi loyqa cho‘kmalari suv o‘tlari va 
suvda yashaydigan jonivorlar qoldiqlaridan tarkib topgan organik 
moddalarga boy bo‘ladi. 
Mezotrof 
("mezo"- grekcha o‘rta, oraliq) ko‘llarda to‘yintiruvchi 
elementlar miqdori oligotrof va evtrof ko‘llar oralig‘ida bo‘ladi. 
Distrof 
("dis"- grekcha etishmaydi) ko‘llar botqoqli hududlarda 
uchraydi. Ularda vodorod ko‘rsatkichi - pH=4-6 oralig‘ida bo‘ladi, ya’ni 
kislotalilikni namoyon qiladi. Ma’lumki, pH = 7 da suv neytral 
xususiyatni, pH>7 da ishqoriylikni, pH<7 sharti bajarilganda esa kislotali 
xususiyatlarni namoyon etadi. Bunday ko‘llar suvi tiniq emas, rangi sariq 
yoki qo‘ng‘ir, loyqa cho‘kmalarga boy bo‘lib, botqoqlikka aylanganda torf 
cho‘kmalari hosil bo‘ladi. 
Ko‘llardan inson ehtiyoji uchun olinadigan xom ashyolar, oziq-ovqat 
mahsulotlari miqdori ular mahsuldorligining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat 
qiladi. Keyingi yillarda ko‘llar va umuman, suv havzalari mahsuldorligini 
o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Ko‘llar mahsuldorligini baholashda baliqchilik alohida o‘rin tutadi. 
Ko‘llarning baliqchilik bo‘yicha mahsuldorligi yalpi tutilgan yoki ko‘lning 
har gektar yuzasiga to‘g‘ri keladigan miqdori bilan belgilanadi. Bunda 
quyidagi mezonlar qabul qilingan: 
- mahsuldorligi kam ko‘llar (gektaridan 30 kg gacha tutiladi); 
- mahsuldorlgi o‘rtacha ko‘llar (30-60 kg/ga);
- mahsuldorligi yuqori ko‘llar (60 kg/ga dan katta). 
Umuman, ko‘llar mahsuldorligini oshirish yoki uni ma’lum bir 


156 
me’yorda saqlab turish uchun tegishli tadbirlar belgilanib, bu sohadagi 
barcha harakatlarni ilmiy asosda olib borish lozim. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish