O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/186
Sana07.07.2022
Hajmi3,89 Mb.
#752457
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   186
Bog'liq
2 5274118169022173722

suv 
sifati monitoringini 
amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Suv sifati 
monitoringida suv obyektlari holatining o‘zgarishi, unga sabab bo‘lgan 
ifloslantiruvchi manbalar, ifloslantiruvchi moddalarning tarkibi va turlariga 
e’tibor qaratiladi. Ushbu ma’lumotlar suv obyektlarining tabiiy sharoitdagi 
sifat ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi, tegishli ilmiy va amaliy xulosalar 
chiqariladi.
Ko‘rinib turibdiki, suv havzalarining ifloslanish darajasini kuzatish, 
baholash va kelajak uchun prognozlashdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad - 
suv sifati haqida ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lishdir. O‘z navbatida, bu 
ma’lumotlardan suv resurslari muhofazasi va ulardan samarali foydalanish 
bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirishda foydalaniladi. Shu 
maqsad yo‘lida, ya’ni suv sifati monitoringini amalga oshirish natijasida 
quyidagi vazifalar hal etiladi: 
- suv havzalari va suv obyektlari ifloslanishini kimyoviy, fizik, 
biologik va gidrologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha kuzatish va nazorat qilish; 
- manbalardan suv havzalariga tashlanadigan ifloslantiruvchi 
moddalar dinamikasini o‘rganish va ifloslanishning keskin o‘zgarishlariga 
sabab bo‘ladigan sharoitlarni aniqlash; 

tabiiy suvlarning o‘z-o‘zini tozalash xususiyatlarini va 
ifloslantiruvchi moddalarning o‘zan tubi cho‘kmalari shaklida to‘planishi 
qonuniyatlarini o‘rganish; 
- suv havzalarida to‘planayotgan ifloslantiruvchi moddalar balansini 
aniqlash maqsadida daryolar suvi bilan ularga qo‘shilayotgan turli zararli 
chiqindilarning miqdoriy o‘zgarishi qonuniyatlarini o‘rganish va 
boshqalar. 
Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni bajarish va bu borada tegishli 
amaliy chora-tadbirlarni qo‘llash suv sifati monitoringini to‘liq amalga 
oshirish imkoniyatini beradi. 
Quruqlikdagi tabiiy suvlar holatini kuzatish, ularni miqdoriy 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash, sifatini nazorat qilish hamda mavjud suv 
resurslarini suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga taqsimlash 


167 
kabi vazifalar maxsus vakolatli davlat organlariga, jumladan, tegishli 
vazirliklar, qo‘mitalar va boshqa muassasalar zimmasiga yuklatiladi.
Masalan, O‘zbekistonda quruqlik suvlari monitoringini amalga 
oshirish, shuningdek, suvdan foydalanish va suv resurslarini muhofaza 
qilish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi vakolatli 
organlarga: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Gidrometeorologiya xizmati markazi, Tabiatni muhofaza qilish davlat 
qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, 
Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi va boshqalar kiradi. 
Yer usti suvlari, jumladan, daryolar, ko‘llar va suv omborlarining 
gidrologik rejimi, ularning miqdoriy ko‘rsatkichlarini doimiy kuzatib 
borish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Gidrometeorologiya xizmati markaziga, yer osti suvlari monitoringi va 
ulardan foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish 
Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 
mamlakat hududidagi barcha turdagi suv havzalari nazoratini olib boradi 
va ularni muhofaza qilish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshiradi. 
Qo‘mita o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1996 - 
yil 26 - apreldagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga (O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Axboroti, 1996 - yil, 5-6 - son) muvofiq olib 
boradi. Ushbu Nizomga ko‘ra, Qo‘mita tabiatni muhofaza qilish, tabiiy 
resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash, shu jumladan, suvdan 
foydalanish va suv resurslarini muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini 
amalga oshiradi. 
Yirik shaharlar, qishloq aholi punktlari chegarasidagi suv havzalari 
va ichimlik suvi manbalarining sanitariya-gigiyena holati O‘zbekiston 
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 
tizimidagi 
sanitariya-
epidemiologiya muassasalari tomonidan nazorat qilib boriladi.
Suv resurslari balansini ishlab chiqish, mavjud suv resurslarini 
suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga taqsimlash ishlari 
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidadir. 
Shuningdek, shaharlar va qishloq aholi punktlarini toza ichimlik va 
kommunal–maishiy suv ta’minoti bilan “Suvoqova” tizimidagi korxonalar 
shug‘ullanadilar.

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish