11.2-jadval
Orol sathi pasayishining suv yuzasi maydoni
hamda hajmiga ta’siri
Y i l l a r
1960 1970 1980 1990 1995 2000 2005 2009
Suv sathi, m
53,50 51,44 45,76 38,24 36,50 33,22 30,33 27,53
Suv yuzasi
maydoni, km
2
67478 60692 51743 35420 31800 24800 19600 13500
Hajmi, km
3
1093 971,7 648,7 310
220
165
125
105
Izoh: ma’lumotlar “Аральское море и водохозяйственная политика в
республиках Центральной Азии” (E. Курбанбаев и др., Нукус, 2011)
kitobidan olindi
.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 90yillarning o‘rtalarida
dengizda suv sathi pasayishi barqarorlashgan. Lekin oxirgi yillarda dengiz
uch bo‘lakka ajralgan bo‘lib, ulardagi suv sathlari turli qiymatga ega.
Masalan, 1997 - yilda dengizning katta (sayoz) qismida suv sathi 36,6 m
bo‘lsa, kichik (chuqur) qismida 40,0 m ga teng bo‘lgan.
Orol muammosini hal etish uchun quyidagi ikki asosiy masalaga
e’tibor berish kerak:
1) Orol bo‘yida vujudga kelgan noqulay ekologik vaziyatni bartaraf
qilish;
2) dengiz sathini qulay bo‘lgan ma’lum balandlikda saqlab qolish.
Har ikki masala ham bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Lekin birinchi
masalani tezroq hal qilish muhim ahamiyatga ega.
163
Nazorat savollari va topshiriqlar
1. Ko‘l deb qabul qilinadigan suv havzasi qanday shartlarga javob
berishi kerak?
2. Ko‘l botig‘i va ko‘l kosasining farqini ayting.
3. Ko‘l kosasida qanday qismlar ajratiladi?
4. Litoral va sublitoral tushunchalarining ma’nosini aytib bering.
5. Profundal nima?
6."Ko‘llar morfologiyasi" va "ko‘llar morfometriyasi" tushunchalari
ma’nosini aytib bering.
7. Ko‘llar suv yuzasining shakli va o‘lchamlari qanday
ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi?
8. Ko‘lning suv yuzasi maydoni qanday aniqlanadi?
9. Ko‘llar kosalarining shakli va o‘lchamlarini ifodalovchi
ko‘rsatkichlarni sanab bering.
10. Ko‘llarning maydon va hajm egri chiziqlari qanday chiziladi?
11. O‘rta Osiyo ko‘llari morfologiyasi va morfometriyasiga qisqacha
tavsif bering.
12. Ko‘llarning suv balansi qanday omillarga bog‘liq?
13. Ko‘llar suv balansining kirim qismi to‘yintiruvchi elementlarini
sanab o‘ting.
14. Ko‘llar suv balansining chiqim qismi sarflanuvchi
elementlariga nimalarga kiradi?
15. Oqar va berk ko‘llar suv balansi tenglamalarining farqini ayting.
16. Ko‘llarning suv sathi rejimi qanday omillarga bog‘liq?
17. Ko‘llarda suv sathining davriy o‘zgarishi sabablari nima?
18. Ko‘llarda suv sathining nodavriy o‘zgarishini eslang.
19. Tog‘ ko‘llari suv sathi rejimiga tavsif bering.
20. O‘rta Osiyo ko‘llarida suv sathi tebranishining qanday fazalari
mavjud?
21. Ko‘llarning harorat rejimiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
22. Ko‘llarda suvning harorati chuqurlik bo‘yicha qanday
o‘zgaradi?
23. To‘g‘ri va teskari harorat stratifikatsiyasi nima?
24. Mezotermiya, dixotermiya, gomotermiya, izoterma atamalarining
ma’nolarini aytib bering.
25. O‘rta Osiyo ko‘llari harorat rejimining yillik siklida qanday
davrlar ajratiladi?
26. Ko‘llar suvi tarkibida erigan tuzlar miqdoriga bog‘liq holda
qanday turlarga ajratiladi?
27. Makrokomponentlar va mikrokomponentlar tushunchalarini
164
tavsiflab bering.
28. O‘rta Osiyo ko‘llari suvining minerallashuv darajasi balandlik
bo‘yicha qanday o‘zgaradi?
29. Ko‘llar biogen elementlar bilan to‘yinish darajasiga bog‘liq holda
qanday guruhlarga ajratiladi?
30. Oligotrof, evtrof, distrof va mezotrof ko‘llarning farqini aytib
bering.
31. Suv omborlarining suv sathi rejimi nimalarga bog‘liq?
32. Suv omborlarining suv balansi tenglamasida hisobga olinadigan
elementlarni sanab bering.
33. O‘rta Osiyo suv omborlarining suv sathi va suv balansining o‘ziga
xos xususiyatlarini tavsiflang.
34. O‘zbekiston suv omborlarining harorat rejimi qanday omillarga
bog‘liq?
35. O‘rta Osiyo suv omborlarining gidrokimyoviy rejimi haqida
nimalarni bilasiz?
36. Ko‘llar suv rejimiga antropogen omillar ta’sirini Orol dengizi
misolida yoritib bering.
37. Orol dengizi sathining pasayishiga nimalar sabab bo‘lgan?
38. O‘tgan asrning 60-yillarigacha dengizda qancha suv bo‘lgan?
39. O‘tgan asrning 60-yillarigacha dengiz suvining sho‘rligi qanday
bo‘lgan?
40. Orol dengizi muammosini hal etishda nimalarga e’tibor berish
lozim?
165
Do'stlaringiz bilan baham: |