85
boshqa muzliklar
Kanada
Arktika
arxipelagi
149990
Elsmir oroli
Tyanshan va Pomir
20375
Baffina yeri
Devon oroli
Aksel
Xeyberg oroli
qolgan orollar
Shpitsbergen
58000
Hindikush, Himolay
va Qoraqurum
57285
YanMayen
117
Tibet tog‘ligi
32150
Islandiya
11785
Hammasi
114147
Yangi Yer
23900
SH i m o l i y A m e r i k a
FransIosif yeri
14360
Alyaska
103700
Shimoliy yer
16908
Kanada
15000
Arktikadagi
boshqa
orollar
758
AQSH va Meksika
661
Hammasi
2083438
Hammasi
67661
Ye v r o p a
Janubiy Amerika
25000
Piriney
30
Afrika
23
Alp
3600
O k e a n i ya
Skandinaviya
3060
Yangi
Gvineya
15
Ural
25
Yangi Zelandiya
1000
Hammasi
8656
Hammasi
1015
O s i yo
A n t a r k t i d a
Kavkaz
1800
Antarktida
13 979 000
Antarktida
13 975 000
muz qoplami
13 779 000
shundan:
yer sirtida
12 150 000
suzuvchi
1 460 000
orollar
169 000
vaho muzliklari va ...
196 000
Antarktika
orollari
atrofida
4 000
Hammasi
13 979 000
Sibir
477
Koryak tog‘ligi
180
Kamchatka
866
Yer yuzasi bo‘yicha
15503939
86
8.4. Muzliklarning gidrologik ahamiyati
Tog‘ muzliklarining erishidan hosil bo‘lgan
suv daryolar
to‘yinishining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Muzlik hisobiga
to‘yinish undan uzoqlashgan sari kamayib boradi. Daryo havzasida
muzlikning bo‘lishi oqim rejimining o‘ziga xos xususiyatlarini vujudga
keltiradi.
Jumladan, yillik oqimning o‘zgaruvchanligi kamayadi.
Muzliklar suvlaridan to‘yinadigan daryolar yozgi to‘linsuv davrining
davomliligi va suv sathi hamda sarfining nisbatan katta bo‘lmagan
tebranishi bilan ajralib turadi. To‘linsuv davri boshida daryolar
to‘yinishida mavsumiy qorlar qatnashadi. Muzlikning yuza qismidagi
qorlar eriy boshlashi bilan daryodagi suv miqdori ham orta boradi. Ba’zan
haroratning keskin ko‘tarilishi natijasida toshqinlar ham kuzatiladi. Bunga,
boshqa omillar bilan bir qatorda, muzlik tanasida
yoki muzlikdan quyida
hosil bo‘lgan ko‘llarda to‘plangan suvning daryo oqimiga qo‘shilishi sabab
bo‘ladi. Ana shunday ko‘llarda to‘plangan suvning to‘g‘onni yorib o‘tishi
(to‘g‘onning buzilishi) hollari Himolay, Tyanshan, Pomir-Oloy tog‘larida
tez-tez kuzatiladi. Ayrim hollarda ular falokatli sel toshqinlariga sabab
bo‘ladi. Masalan, 1973- yil iyul oyida Almati shahri yaqinida, 1998- yil 8-
iyunda Shohirmardonda kuzatilgan sel toshqinlari muzliklar faoliyati bilan
bog‘liq.
Yirik muzliklardan to‘yinadigan daryolar suv rejimini o‘rganish
shuni ko‘rsatadiki, yozning birinchi yarmida
muzlik tanasida va uning
yuzasidagi botiqliklarda va ko‘llarda suvning to‘planishi-akkumulyatsiyasi
ro‘y beradi. Yozning ikkinchi yarmida esa bu suvlar daryo o‘zaniga oqib
tushadi (8.4 - rasm).
Daryo havzasidagi muzliklar egallagan maydonning o‘lchami
oqimning yil ichida taqsimlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Havzada
muzlik maydonining ortishi bilan yozning ikkinchi yarmidagi (iyul-
sentyabr) oqim hajmi mart-iyun davri oqimiga nisbatan katta bo‘ladi.
Buning asosiy sababi daryoning to‘yinishida muzlik suvi hissasining
ortishidir. Bu qonuniyat V.L.Shuls parametri
VI
III
IX
VII
W
W
bilan havzadagi
muzlik egallagan maydonni taqqoslaganda aniq namoyon bo‘ladi.
Yoz faslida, muzlikdan to‘yinadigan
daryolarda suv sathi va
sarfining kunlik tebranishi kuzatiladi, ya’ni ular havo haroratiga bog‘liq
holda ortadi yoki kamayadi (8.5 - rasm).
Tog‘ muzliklarining rejimini va ulardan oqib chiqadigan daryolarni
har tomonlama o‘rganish qishloq xo‘jaligi sug‘orma dehqonchilikka
asoslangan O‘rta Osiyo sharoitida katta amaliy ahamiyatga ega.