O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/186
Sana07.07.2022
Hajmi3,89 Mb.
#752457
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   186
Bog'liq
2 5274118169022173722

12.3. Dunyo okeani muhofazasi 
 
Yer yuzasida, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi 
va sanoat ishlab chiqarishi, yer qa’ridan boyliklarni qazib olish, ularni 
qayta ishlash yildan-yilga ortib bormoqda. Natijada, insoniyatning atrof 
muhitga, shu jumladan, Dunyo okeani va dengizlar ekologiyasiga salbiy 
ta’siri ham tobora sezilarli bo‘lmoqda. Bu ta’sir xalq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishi jarayonida paydo bo‘lgan ko‘plab miqdordagi ifloslantiruvchi 
moddalarning 
mahalliy, 
regional 
va, 
hatto, 
global 
miqyosda 
taqsimlanishida aks etadi. Shuning uchun ham hozirgi kunda okeanlar va 
dengizlar suvining ifloslanishi, ularni muhofaza qilish masalalari xalqaro 
miqyosdagi dolzarb muammo bo‘lib qoldi. 
Dunyo okeanini muhofaza qilishning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri 
- okeanlar va dengizlarni ifloslanishdan saqlash yoki uning oldini olishdir. 
Ma’lumki, okean va dengizlar ularga insonning bevosita yoki bilvosita 
ishtirokida tashlanadigan zararli moddalar hisobiga ifloslanadi. Natijada, 
bu moddalar Dunyo okeanidagi tirik organizmlar va o‘simliklarga zarar 
keltiradi, ular suvi sifatining yomonlashuviga olib keladi, suvning foydali 
xususiyatlarini kamaytiradi.
Ushbu 
ifloslantiruvchi 
moddalarga 
sanoat 
korxonalarining 
zaharlovchi xususiyatga ega bo‘lgan chiqindilari, issiqlik va atom 
elektrostansiyalarining isitilgan suvlari, kommunal-maishiy tarmoqlarda 
shakllanadigan potogen mikroblar, qattiq chiqindilar, neft mahsulotlari va 
boshqa turdagi muallaq birikmalar kiradi. Ko‘rinib turibdiki, bularning 
hammasi antropogen kelib chiqishlidir, ya’ni ular inson omili ta’sirida 
shakllanadi. 
Dunyo okeaniga qo‘shiladigan ifloslantiruvchi moddalarning tarkibiy 


171 
tuzilishi, miqdori va ularning hududiy tarqalishi ham turlichadir. Yuqorida 
qayd etilganlarni hisobga olib, okeanlar va dengizlarni ifloslantiruvchi 
asosiy manbalarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- sanoat korxonalari va boshqa turdagi oqova suvlarni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yoki daryolar suvi bilan dengizlarga tashlash; 
- qishloq va o‘rmon xo‘jaligi chiqindilari va ularda ishlatiladigan 
turli xil moddalarning okean va dengizlarga tushishi; 
- ifloslantiruvchi chiqindilar va moddalarni bila turib dengizlarga 
yoki ularga quyiladigan daryolarga tashlash; 
- daryolar, dengizlar va okeanlarda harakatlanayotgan suv transporti 
vositalaridan turli xil moddalarning oqib chiqishi; 
- suv transporti vositalarining yoki suv osti quvurlarining 
shikastlanishi natijasida neft, neft mahsulotlari va boshqa turli xil 
moddalarning oqib chiqishi; 
- dengiz tubidan foydali qazilma boyliklarni qazib olish; 
- ifloslantiruvchi moddalarning atmosfera havosi orqali okeanlar, 
dengizlar ustidan ko‘chishi va boshqalar. 
Ko‘pchilik holatlarda Dunyo okeanining keng miqyosda 
ifloslanishiga turli zaharli moddalar sabab bo‘ladi. Ularning quyidagi eng 
ko‘p tarqalgan guruhlari bir-biridan farq qiladi: 

radionuklitlar
(stronsiy – Sr, seziy - Ss, plutoniy - Ru, tritiy – 
3
N, 
seriy - Se va boshqalar); 


Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish