O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Ko‘llar, botqoqliklar va muzliklarning ta’siri



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/186
Sana07.07.2022
Hajmi3,89 Mb.
#752457
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   186
Bog'liq
2 5274118169022173722

Ko‘llar, botqoqliklar va muzliklarning ta’siri. 
Daryo havzasida 
mavjud bo‘lgan ko‘llar, botqoqliklar ma’lum darajada oqimni boshqarib, 
uning yil ichida nisbatan tekis taqsimlanishiga sabab bo‘ladi. 
Havzadagi ko‘llar ta’sirida kam suvli davrda daryoda oqim nisbatan 
ko‘p bo‘lib, to‘linsuv davrida esa oqim ko‘lsiz daryolarga nisbatan kam 


120 
bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, daryo oqimi 
ko‘llar
ta’sirida tabiiy 
ravishda boshqariladi. 
Botqoqliklar
haqida ham yuqoridagi kabi fikrlarni bildirish 
mumkin. Ularning daryo oqimiga ta’siri, ayniqsa, shimoliy hududlarda 
sezilarlidir. 
Daryo havzasida 
muzliklarning
mavjudligi oqimning yil davomida va 
yillararo taqsimlanishiga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Masalan, O‘rta Osiyo 
tog‘laridagi muzliklar hisobiga to‘yinadigan daryolar (Zarafshon, Norin, 
Vaxsh) oqimining asosiy qismi iyul-sentyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Shu 
davrdagi issiqlik balansi esa u yildan bu yilga kam o‘zgaradi, binobarin oqim 
miqdori ham yildan-yilga kam o‘zgaradi. Masalan, O‘rta Osiyoda g‘oyat kam 
suvli hisoblangan 1917 - yilda Zarafshon daryosining yillik oqimi miqdori 
me’yorga nisbatan bor-yo‘g‘i 11 foiz kam bo‘lgan bo‘lsa, Chirchiq daryosida 
yillik oqimi o‘sha yili 40 foizga kamaygan. Buning sababini Zarafshon 
daryosi havzasida Chirchiq daryosi havzasiga nisbatan muzliklar qoplagan 
maydonning kattaligi bilan izohlash mumkin. 
Antropogen omillar ta’siri. 
Inson xo‘jalik faoliyatining daryo 
oqimiga ta’siri juda qadim davrlarga borib taqaladi, lekin bu ta’sir avvallari 
keng miqyosda kuzatilmagani uchun uncha sezilarli bo‘lmagan. 
O‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab esa insonning tabiatga ta’siri 
kuchaya bordi. Jumladan, inson xo‘jalik faoliyatining daryo oqimiga ta’siri 
quyidagi ko‘rinishlarda o‘z aksini topdi: 
- suv omborlari, suv elektr stansiyalari (GES) qurish; 
- daryo oqimini havzalararo qayta taqsimlash; 
- sug‘oriladigan erlar maydonini kengaytirish; 
- daryo havzasidagi botqoqlik erlarni quritish; 
- daryolar suv to‘playdigan yirik maydonlarda agrotexnika 
tadbirlarini (o‘rmon-melioratsiya ishlari) o‘tkazish; 
- yirik shaharlar va aholi punktlarini suv bilan ta’minlash; 
- yirik sanoat korxonalarini (qog‘oz ishlab chiqaruvchi, kimyo, 
metallurgiya, to‘qimachilik) suv bilan ta’minlash va hokazo. 
Yuqorida sanab o‘tilgan omillar daryo oqimining miqdoriga ham, 
sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda ana shu ta’sirni har 
tomonlama o‘rganish, uni miqdoriy jihatdan baholash va bu ta’sir 
natijasida kelib chiqadigan salbiy oqibatlarning oldini olish yoki kamay-
tirish gidrologiya fanining asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish