123
ta‘sirga nisbatan barqarorlik imkoniyati, o‗zini-o‗zi boshqarishi, tabiiy
muhitni boshqarishi va h.k. Tabiat komponentlarining barcha xususiyatlari
maqsadga muvofiq ravishda o‗rganilishi lozim.
Tog‗ jinslari. Ularning birinchi suv o‗tkazmaydigan
qatlamgacha
bo‗lgan qismini geofizik va geokimyoviy xususiyatlari, suv o‗tkazish
xususiyatlari, yotqiziqlarning joylashuvi, qalinligi, tarkibi va boshqalarni
o‗rganish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Rel‘ef xususiyatlari. Tabiatni
muhofaza qilish va oqilona
foydalanishda rel‘efning quyidagi funksiyalarni bajarishi hisobga olinishi
lozim: texnogen mahsulotlar va kimyoviy moddalarning to‗planishi (berk
botiq), yoyilishi (tog‗ oldi, yoyilma konuslari), moddalarning tranzit oqib
o‗tishi (daryo vodiysi), grunt suvlarning turli tezlikda yotiq harakati
(o‗ydim-chuqurlik, nishablik) va h.k. Rel‘ef shakllari (qabariq, botiq,
tekislik) turli eroziya, deflyasiya kabi tabiiy
geografik va geokimyoviy
jarayonlarning shakllanishi va rivojlanishiga katta ta‘sir etadi.
Yer osti va yer usti suvlari. Ularning oqim tezligi va oqim miqdori
moddalarning bir joydan boshqa joyga siljishiga, eritilishi, to‗planishi,
minerallashuv darajasi va tipining o‗zgarishiga, tuproq va gruntning
yuvilishiga ta‘sir etadi. Organik moddalarning mavjudligi og‗ir
metallarni
eritishga ta‘sir etadi, ularning migratsiyasini kuchaytiradi hamda
sug‗oriladigan yerlarda tuproqda tuz to‗planishi va irrigatsiya
eroziyasining turlicha bo‗lishiga faol ta‘sir etadi. Suvlarning o‗zini-o‗zi
tozalash qobiliyati oqim tezligiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liq.
Tuproqlar. Ularning gumus miqdori, tuz maromi,
fizik xususiyatlari
yerda mahsuldorlik, tuz to‗planishi (yoki yuvilishi) grunt suvlarning tik
yoki yotiq harakatini belgilaydi. Tuproqning o‗zini-o‗zi tozalash xususiyati
uning mexanik tarkibi, rel‘ef xususiyati, yog‗in-sochin
va boshqa omillar
bilan belgilanadi.
O‗simlik qoplami – hududda eroziya, deflyasiya, atrof tabiiy
muhitning ifloslanishi, turli tabiiy (biogeokimyoviy)
jarayonlarning
dinamikasi, tabiatda modda almashinuvi kabi hodisalarning yuz berishiga
ta‘sir etadi.
Iqlim omili. Atrof tabiiy muhitni ifloslantirishda atmosfera
stratifikatsiyasining holati, turli tezlik va yo‗nalishdagi shamollarning
mavjudligi, botiq hududlarda havo massalarining berk sirkulyasiyasi,
ultrabinafsha nurlarning intensivligi va momaqaldiroqli kunlarning miqdori
(momaqaldiroqlar texnogen mahsulotlarning
achishi natijasida havoning
ifloslanishini tozalaydi va yog‗in bilan birga atmosferadan chiqib ketishini
ta‘minlaydi); yog‗in-sochinning davomiyligi va zichligi, tumanli
124
kunlarning miqdori va atmosferani ifloslantiruvchi yoki tozalovchi boshqa
omillar haqida to‗la ma‘lumotlarga ega bo‗lish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: