O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi o„zbekiston milliy universiteti


Hozirgi sivilizatsiyaning barqaror rivojlanish konsepsiyasini



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/111
Sana29.06.2022
Hajmi2,06 Mb.
#718269
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   111
Bog'liq
geoekologiya oquv qollanma

4. Hozirgi sivilizatsiyaning barqaror rivojlanish konsepsiyasini 
amaliyotga tadbiq qilish uchun geoekologik bilimlarni umumlashtirish 
va geoekologiyaning metodologiyasini rivojlanish davri (1990-
yillardan hozirgacha). 
Bu davrning boshlanishiga 1987 yilda BMT qoshida Norvegiya 
sobiq bosh vaziri Gro Xarlem Brundtland raisligidagi Atrof-muhit 
komissiyasining ―Bizning umumiy kelajagimiz‖ nomli hisoboti hamda 
1991 yilda nashr etilgan ―Yerni asrash. Barqaror hayot strategiyasi‖ nomli 
asari asos bo‗ldi. Barqaror rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish va 
hayotga tadbiq etishga 1992 yilda Rio-de-Janeyroda bo‗lib o‗tgan ―Atrof- 
muhit va rivojlanish‖ xalqaro konferensiyasida qaror qilinib, butun dunyo 
mamlkatlariga murojaat etildi.
Bu davrga kelib geoekologiyaning keng qamrovli, fanlararo 
yondashuvga ega bo‗lgan fan sohasi ekanligi, bunda geografiyaning 
markaziy o‗rin egallashi, geoekologik tadqiqotlarda geografik bilimlardan 
keng foydalanish lozimligi isbotini topdi. Hozirgi paytda geoekologiya 
tabiy muhitning (geotizimlarning) tabiiy va antropogen o‗zgarishining 
geografik oqibatlarini o‗rganish, ularni ekologik (ya‘ni yashash sharoitiga 
ta‘sirini) baholash bilan shug‗ullanadi. Geoekologiya geotizimlarni bir 
tomondan insonning yashash muhiti, ikkinchi tomondan esa uning 
ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatining muhiti sifatida o‗rganadigan geografik fan 
bo‗lib shakllanganini V.B.Sochava, A.G.Isachenko, M.D.Grodzinskiy, 
A.A.Chibilev, B.A.Kochurov, A.A.Rafiqov va boshqalarning ishlarida 
ko‗rish mumkin. 
O„zbekistonda geoekologik tadqiqotlarning rivojlanishi va prof. 
A.A.Rafiqov 
geoekologiya 
ilmiy 
maktabining 
shakllanishi. 
O‗zbekistonda geoekologiyaning rivojlanishi jahon ilmi, xususan qo‗shni 
respublikalardagi ilmiy tadqiqotlar bilan hamnafas bordi. K.Troll bilan bir 
paytda O‗rta Osiyo Davlat universiteti (SAGU) professorlari 
D.N.Kashkarov va E.P.Korovinlar ham tadqiqotlar olib borganlar. 


26 
Ularning ushbu ilmiy yo‗nalishlari nafaqat sobiq Ittifoqda, balki xalqaro 
hamjamiyat tomonidan ham tan olinganligini va geografik-ekologik 
maktabni aynan O‗zbekistonda ilk bor shakllanganligini prof. 
R.U.Rahimbekov asoslab berdi
1
.
XX asrning 50-yillaridan boshlab mazkur landshaft-ekologik 
maktabni Respublikamizda L.N.Babushkin va N.A.Kogaylar davom 
ettirdilar
2
. Bu haqda Sh.S.Zokirov (1999) shunday yozadi – landshaftlarni 
qishloq xo‗jaligi, uning biror tarmog‗i nuqtai nazaridan tahlil qilinsa yoki 
baholansa bu landshaftshunoslikda ekologik yondashish bo‗ladi, – deydi 
va so‗zini davom ettirib, – bir qator olimlarning (D.N.Kashkarov, 
E.P.Korovin, T.Z.Zohidov, V.M.Chetirkin, L.N.Babushkin va N.A.Kogay) 
ilmiy yo‗nalishlari geografik-ekologik yo‗nalish ekanligini ta‘kidlaydi. 
Keyinchalik ushbu maktabni prof. A.A.Rafiqov jadal rivojlantirdi. U 
XX asrning 80-90-yillarida «Geoekologiya»ning asl mohiyatini ochib 
berishda avvalo, O‗zRFA Geografiya bo‗limida (1981-1998 yy.), so‗ngra 
O‗zMU (ToshDU) Geografiya fakulteti Tabiiy geografiya kafedrasida 
(1998-2003 yy.) samarali faoliyat olib bordi. U Respublikamizning 
Mirzacho‗l, Qizilqum, Orol va Orolbo‗yi
3
kabi turli mintaqalarida olib 
borgan o‗nlab ekspeditsiyalari va tadqiqotlari asosida ro‗y berayotgan 
ekologik o‗zgarishlarni bevosita geotizimlar doirasida aks etishini isbotlab 
berdi
4
.
A.A.Rafiqov boshchiligida O‗rta Osiyoda olib borilgan geoekologik 
tadqiqot natijalari 1992 yil Respublikamizda ilk bor 1: 1000000 
masshtabda yaratilgan ―O‗zbekiston Respublikasining ekologik kartasi‖ da 
aks etdi. Kartaning mazmunida mamlakatimiz hududidagi landshaftlarning 
turli xil darajada ekologik o‗zgarganligi ko‗rsatib berildi. Olim, bir guruh 
geograflar bilan, hududning ekologik sharoiti geotizimlar miqyosida 
yaqqol namoyon bo‗lishini yoqlab chiqdi. Mazkur tadqiqot ishida ekologik 
vaziyat darajalari 13 ta indikatorlar asosida tavsiflangan va 5 ta pog‗onaga 
ajratilgan:

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish