82-rasm. Sazanning nafas olish sistemasi: 1 - jabra yoyi; 2 - jabra tichinkasi; 3 - jabra yaproqi; 4 – 5 - olib keluvchi va olib ketuvchi jabra arteriyalari.
Jabra tichinkalari (yaproqlari) maxsus suzish apparatiga aylanib, suv bilan birga kirgan ovqat moddalarini, halqumdan jabra bo’shlig’i orqali tashhariga chiqib ketishiga to’sqinlik qiladi. Bu apparat plankton organizmlar bilan oziqlanuvchi (seldsimon)larda kuchli taraqqiy etgan. Yo'gon qon tomirlari (olib keluvchi va olib ketuvchi jabra arteriyalari) jabra yoylari bo'ylab, jabra yaproqlari asosida joylashgan.
Ovqat hazm hilish organi. Sazanning og’iz bo’shlig’idan keyin barcha baliqlardagidek, halqum boshlanadi. Og’iz va halqum bo’shliqlari orasida aniq chegara yo’q. Boshqa balig’larga o'xshash sazanda kam haqiqiy til yo’q. Til singari uchi og’iz bo’shlig’iga chiqib turadigan til osti yoyining kopulasi faqat shilimshiq parda bilan qoplangan bo'lib, u mustaqil bo'lmagani tufayli harakat hila olmaydi. Har tomonida beshtadan jabra yoriq'i bo'lgan halqum qisqa qizilo’ngachga, qizilo’ngach esa oshqozonga ochiladi. Oshqozondan kam differyontsiallashgan haqiqiy ichak boshlanadi, bu ichakning oldingi bo'limi o'n ikki Barmoqli ichak, so'ngra ingichka ichak va anal teshigi bilan tugaydigan to’g’ri ichak tashkil etadi (ba'zi baliqlar oshqozonining atrofida har xil randagi ko'r pilorik o'simtalar bor, sazanda esa bo'lmaydi). Jigari yurakning orqasi oshqozonning ostida va yon tomonlarida joylashgan bo'lib, uning pallalari orasida o't suyuqlig bilan to'la o't pufagi bo'ladi. O't pufagidan o'n ikki barmoqli ichakka ochiladigan o't yo'li chiqadi. Oshqozon osti bezi ichak tutqichi bo'ylab tarqalgan. Ichak bosqichiga esa uzunchoq to’q qizil rangli taloq o'rnashgan. Tana bo’shlig’ining yuqori qismi ichakning ustida gidrostatik organ - suzgich pufak joylashgan (83-rasm).
83-rasm. Sazan ichki organlarining umumiy joylashish sxemasi: 1 - orqa suzgich qanoti; 2 - dum qismi; 3 - gomoserkal dum suzgichi; 4 - siydik pufagi; 5- anal suzgich qanoti; 6 - anal teshigi; 7 - siydik teshigi; 8 - urug’don; 9 - yo'g’on ichak; 10 - oshqozon; 11 - taloq; 12 - ko'krak suzgichi: 13 - jigar; 14 - yurak; 15 - jabra teshiklari; 16 - burun teshigi; 17 - bosh miya; 18 - orqa miya; 19 - umurtqa pog’ona tanasi; 20 - muskul segmenti; 21 - orqa suzgich qanoti; 22 - suzgich pufagi; 23 - buyrak.
Baliq buyraklarini ko'rish uchun, ichak va suzgich pufagini olib tashlash kerak. Sazanning buyraklari akulaning buyraklari singari, qorin pardasi ostida va umurtqa pog’onasining ikki yonida joylashgan. Ular bir juft lentasimon tanachalarga o'xshash bo'lib, gavda bo’shlig’ining boshidan oxirigacha cho'zilgan. Buyuraklarning oldingi uchi juda kyong bo'lib, o'rta chiziqda bir-biriga qo’shilib ketadi. Har qaysi buyrakning ichki cheti bo'ylab bittadan siydik yo'li o'tadi, bu kanallar pastroqda bir-biri bilan qo’shilib ketadi. Orqa tomonda esa siydik pufagi ga qo’shiladigan bitta umumiy kanalni hosil hiladi. Siydik pufagi siydik-tanosil so’rg’ichi uchida maxsus teshik bilan ochiladi (84-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |