Tashqi tuzilishi. Suyakli baliqlar gavdasining shakli har xil bo'ladi. Sazanning ustki ensa bo'limi yon tomonlaridan birmuncha qisilib do'nglik (bo'rtma) hosil bo'lgan. Tananing qolgan qismi dum qismining oldingi chegarasigacha bir xil kenglikda bo'lib, keyin sekin-asta torayadi va dum qismiga aylanadi. Boshining ikki yon tomonida jabra qopqog’lari joylashgan bo'lib, ularning ketingi qirralari bosh bilan tana bo'lnmlari o'rtasidagi chegara hisoblanadi. Orqa chiqaruv teshigi dum bo'limining oldingi chegarasidir. Orqa chiqaruv (anal) teshigining bevosita orqa tomoniga o'rnashgan siydik - tanosil so'rg’ichida jinsiy teshigi va uning orqasida siydik teshigi ochiladi. Ko'krak juft suzgich qanotlari, barcha baliqlardagiga o'xshash gavdaning ikki yonida jabra yoriqlari orqasida, qorin juft suzgich qanotlari esa tana bo'limining qorin qismi o'rtasida o'rnashgan. Toq suzgich qanotlar bittadan; ular orqa, dum va orqa chiharuv (anal) suzgich qanotlaridan iborat. Orqa va anal suzgichlarining oldida tishli bittadan qattiq suyak nurlari bo'ladi. Sazanning tanasi sarg’ish tillasimon suyak tangachalar bilan qoplangan. Suyak tangachalar cherepitsalar kabi bir-birining ustida yotadi, to’g’ri qator bo'lib joylashgan. Har qaysi tangacha birmuncha yumaloqlangan yupqa plastinkadan iborat bo'lib, oldingi asosiy qismi (qirrasi) teri ichiga kirib turadi, qolgan tashqi cheti esa tekis bo'ladi. Bunday tangacha sikloid tangacha deb ataladi. Sazan tanasining boshidan to dum suzgich qanotigacha to’g’ri yon chiziqli organi o'tadi (80- rasm).
80-rasm. Sazanning tashqi tuzilishi: 1 - jabra qopqog’i; 2 - burun teshigi; 3 - yon chiziq organi; 4 - ko'krak suzgichi; 5 - qorin suzgichi; 6 - anal teshigi; 7 - orqa suzgichi; 8 - anal suzgichi; 9 - dum suzgichi; 10 - og’iz teshngi.
Bu organ tangachalarni teshib o'tgan qator qora teshiklardan hosil bo'lgan. Teshiklarning oxirgi uchi nerv uchlari bilan yoni chiziqli organi joylashgan maxsus kanalga ochiladi. Yoni chiziqli organi suv sharoitidagi o'zgarishlarni qabul hiladi, u sazanning boshida bir necha - ko'z osti, ko'z usti va til-jahosti tarmoqlariga bo'linadi. Sazanning dum suzgichi boshqa suyakli baliqlarniki singari gomotserkal tipda, ya'ni sirtdan simmetrik, ichki tomondan esa asimmetrikdir. Sazanning oqzi boshining uch qismiga joylashgan bo'lib suyak jag’lar bilan o'ralgan. Yumaloq ko'zlarida qovoqlar yo’q. Boshining ustki tomonida, ko'zining oldida bir juft burun teshigi bor, ulardan har qaysisi ko'ndalang teri ko'prikcha (to’siq) bilan oldingi va keyingi kismga bo'linadi. Sazanning burun teshiklari og’iz bo’shlig’iga ochilmaydi (burun teshigiga nina tiqib sinab ko'ring).
Baliqni yorish
1. Baliqning qornini tepaga qilgan holda chap qo’lga yotqizib dumsiz tarafda turgan anal teshigining oldidan qaychi uchi bilan ko'ndalang kichik kesik hosil qiling.
2. Qaychining o'tmas (to'mtoq) uchini kesilgan teshikka tiqib, qorin bo'ylab baliqning to jabra qopqog’lari orasiga qadar kesing (bunda ichki organlarga zarar etkazmaslik kerak).
3. Anal teshigi oldidagi kesikdan yuqoriga tomon to umurtqa poqonasiga (ichki bo'shliqni ustki devoriga) qadar ko'ndalangiga kesing.
4. Kesikdan hosil bo'lgan tana devorini ko'tarib, umurtqa poqonasi bo'ylab bosh tomonga harab kesikni jabra qopqog’igacha davom ettiring va hosil bo'lgan parchani tanadan ajratib oling.
5. Jabra qopqog’ini kesib tashlang. Bu ishlar bajarilgach, preparatni aniq ko'rish uchun uni pintset, skalpel va nina yordamida muskul parchalari va har xil pardalardan (ba'zi organlarga zarar etkazmaslik uchun) sekin-asta tozalang, kesish vaqtida hosil bo'lgan qonni paxta yoki doka tamponlar bilan tozalab turing.
6. Bu ishlar bajarib bo'lingach, ichki organlar tuzilishi bilan quyidagi tartibda tanishib chiqing.
Do'stlaringiz bilan baham: |