Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universitetining jizzax filiali



Download 0,54 Mb.
bet27/46
Sana23.04.2022
Hajmi0,54 Mb.
#575450
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46
Bog'liq
lotin testalogiya

Shaxs qiyofasini oʻrganish
Inson xulq-atvorining prognozlash masalasini hal etishda ikkita tushunchaga murojaat etiladi: profil va undan kelib chiqqan holda “xislatlar”. Ushbu tushunchalarni qoʻllashda individga, unga har xil xislatlarni mujassamlashuviga koʻra turli talablar qoʻyiladi: vaziyat, asosiy sinchkovlik va diqqat, “eʼtiborlilik-eʼtiborsizlik”. “batartiblik-ehtiyotsizlik”, odamlar bilan uchrashish yoki tanishish asnosida muomalag kirishimlilik-odamovilik», hozirjavoblik-betgachoparlik.
Psixologiyada har xil vaziyatlarga koʻra xislatlar ifodalanadi. Shu sababli psixologiyada eng asosiy xislatlarni yoki universal deb nomlanadi.
Bunday xislatlar psixologiyada “temperament xossalri” sifatida faoliyatning umumiy dinamik tuzilishini ifodalovchi funksional tushunchalar hisoblanadi (Merlin V.S.1975) yoki «asab tizimi xususiyatlari substonsional tushunchasi (B.M.Teplov, 1961, Nebilitsin 1966).
Ijtimoiy, kasbiy taraqqiyotning darajasiga koʻra ular xarakter xislatlari tarzida baholanadi (N.D,Levitov, 1960. B.G.Ananyev).
Psixik boshqaruvning uch darajasi:
-organik
-individlik
-shaxslik (B.B.Stolin, 1983).
Qiyofa inson xulq-atvorining integral dispozitsiyada organik, ijtimoiy meʼyoriy va shaxslik harakat tizimi ostida mujassamlashgan holati siftida qaraladi.
- Konstitutsioan-organizm xossalarini shartlovchi va maksimal keng vaziyatlar uchun cheklangan.
- Individlik-ijtimoiy meʼyoriy vaziyatlarga maʼlum nisbiylik beruvchi hayotiy faoliyat tajribasini shartlaydi.
- Shaxslik-oʻzining xul-atvorini loyihalash va tahlillash asosida ichki muhitini shartlaydi.
Konstitutsional dispozitsiyada temperament?
B.S.Merlin “Ocherki teorii temperamenta” kitobida “Temperament belgilari toʻgʻrisida turli mualliflar xilma xil qarashlarga ega ekanligini qayd etib oʻtdi. A.Ben (18866) yil Temperament keraksiz, oʻrganishga hojat qolmagan muammo sifatida qaradi. A.F Lazurskiy esa A.Benning fikrlarini tasdiqladi va temperament haqidagi taʼlimot oʻz davrini yashab boʻldi degan xulosani berdi.
Differensial psixofiziologiyada bu borada anchagina ishlar qilingan boʻlib, yangiliklarga asos solindi. Natijada keng tatbiq etishga yaroqli psixodiagnostik metodikalar paydo boʻldi.
Strelyauning (Polyak psixologi) «Temperamentni oʻrganish test-savolnomasi” psixofiziologik konsepsiyaga asoslanadi (Pavlov-Teplov). Test-soʻrovnoma 134 savoldan iborat boʻlib, birinchi shkalada 45, ikkinchi shkalada 44 va uchinchi shkalada 45 ta savol mavjud.
G.Yu.Ayzenkning I.P.Pavlov va K.G.Yung qarashlarini birlashtirib, individuallikning ikki asosiy parametrini koʻrsatishga muvaffaq boʻldi: “ekstraversiya-introversiya”, “neyrotizm-emotsional barqarorlik”.
1. Psixodiagnostik tadqiqotlarda shaxs toʻgʻrisida yetarlicha va obyektiv maʼlumotlar olishga erishish uchun qilinadigan urinishlar oʻzbek mutaxassislarini psixologik amaliyotda maʼlum oʻringa ega boʻlgan metodikalarni modifikatsiya qilishga undamoqda. Chunki, ishonchli metodikalar oʻzining yetarlicha konseptual asosiga egaligi bilan birga boshqa shaxsni oʻrganishga moʻljallangan psixodiagnostik metodikalarni toʻldirishi va ularni mazmunan boyitishi lozim boʻladi. Quyida soʻz boradigan metodika jahon psixologiyasida yetakchi oʻrin egallagan (MMPI, 16-faktorli shaxs soʻronomasi, ekstraversiya-introversiya va neyrotizmni aniqlash) shaxs testlarini modifikatsiyalash asosida rus olimlari (L.T.Yampolskiy va Melnikovlar) yangi koʻrinishdagi “Psixodiagnostik test” ishlab chiqdilar. Ushbu test yuqorida sanab oʻtilgan testlarning barchasidagi mavjud jihatlarni mujassamlashtirgan boʻlib, ularning amalga oshirish lozim boʻlgan shaxs xususiyatlarini yoritishga yordam beradi. Chunki bizning muhitimizda MMPIning 566 savolli varianti boʻyicha modifikatsiya mavjud emas, R.B.Kettellning 16-faktorli shaxs soʻrovnomasining 100 ta savolli varianti mahalliy sharoitimizda qoʻllanilib kelinmoqda, uning 187 ta savolli varianti uchun hali psixometrik talablarga javob beruvchi versiyasi mavjud emas. Bugungi kunda G.Yu.Ayzenkning “Ekstro-introversiya va neyrotizmni aniqlash” metodikasining ayrim variantlaridan psixologik tadqiqotlarda foydalanilayapdi.
Psixodiagnostik test tarkibidagi savollar 14 ta shkalaga mujassamlashtirilgan boʻlib, ulardan 10 tasi quyi shkala va 4 tasi yuqori shkala hisoblanadi. Quyi shkala tarkibiga nevrotizm (1) (nevrotizm-shaxsning emotsional beqarorligi, bezovtalanishi, oʻziga past nazar bilan qarashi, vegetativ buzilishlarini tavsiflovchi holatdir.), psixotizm (2)( psixotizm shkalasi esa shaxsning xulq-atvoriga mutanosibligini tekshirishga qaratilgan.), depressiya (3)(depressiya shaxsdagi salbiy emotsional fonni, motivatsiyasidagi oʻzgarishlarni, kognitiv (bilish) tasavvurlari va xulqidagi umumiy passivlikni ifodalaydi.), vijdonlilik (4) (vijdonlilik shkalasi shaxsni ijtimoyi norma va etika talablariga hurmatini, oʻzini oʻzi nazorat qilishi, vijdoni va umuminsoniy qadriyatlarga munosabatini belgiladi), turgʻunlik (5) (turgʻunlashuv shkalasida shaxs xulq-atvorining vazminlashganligi va ijtimoiylashganligi mujassamlashgan), umumiy faollik (6) (umumiy faollik shkalasi shaxsning kuchi, quvvati va umumiy faollik darajasini oʻlchovchidir), tobelik(7) (jurʼatsizlik, uyatchanlik shkalasi bu jurʼatsizlik, kuchlilik va shaxslararo munosabatdagi cheklanganlikni xarakterlaydi), muomalaga kirishimlilik (8) (muloqotmandlik shkalasi shaxsning muloqot jadalligi va koʻlamini belgilaydi), estetik taassurotchanlik (9) (estetik taassurotchanlik esa shaxsni estetik va badiiy qadr-qimmatlarga sezgirligini aniqlaydi) va nazokatliliklar (10) (nazokatlilikda shaxsning madaniyat va jamiyat koʻrsatmalariga nazokatlilik bilan yondashishi oʻz ifodasini topadi) kiradi. Yuqori shkalani esa psixik beqarorlik (11) (psixik beqarorlik shkalasi shaxsdagi nevrotizm, psixotizm, depressiyani mujassamlashtirb, psixik beqarorlikni umumiy tarzda baholashga yordam beradi), asotsiallik (12) (asotsiallik yordamida shaxsning ijttmoiy koʻnikishi baholanadi), introversiya (13) (introversiya shaxsning ijtimoiy munosabatlarga bogʻlanishini) va senzitivlik (14) (senzitivlik esa shaxsning emotsional kechinmalardagi nozik tomonlarni tafsilotini aniqlashga moʻljallangan)tashkil etgan.
Yuqori shkalaning tashkil etuvchilar oʻz tarkibiga quyi shkalaning bir qator shkalalalrini oʻzida qamrab oladi. Psixologik testlarning muhim xususiyatlaridan biri ularda nazorat shkalasi, yaʼni tekshiriluvchilarning javoblarini obyektivligini baholash xarakteriga egaligidir. Mazkur psixodiagnostik testning nazorat shkalasini yuqori shkala bajaradi. Agar quyi shkala natijalari bilan yuqori shkala natijalari orasida mutanosiblik boʻlmasa natijalarning haqqoniyligi pastligidan dalolat beradi.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish