7-mavzu. Xarakterologik xususiyatlar diagnostikasi
Reja:
1. Xarakterologik xususiyatlarni oʻrganish metodiklari.
2. Shaxs tipologiyasiga asoalangan metodiklar.
3. Deviant xulq-atvor va uning diagnostikasi
Shaxsni tadqiq etish psixologiya fanidagi asosiy muammo sanaladi. Shaxs keng koʻlamli tadqiqot predmeti sifatida psixolog-tadqiqotchilarning diqqat markazidadir. Ammo mamlakatimizda psixologiyaning jamiyat talabidan kelib chiqib yangi bosqichga qadam qoʻyganligi shaxs muammosiga atroflicha eʼtibor qaratishni talab etadi. Buning uchun shaxsni tadqiq etishda jahon psixologiyasi tajribalarini inobatga olgan holda muammoni tahlil etish koʻzlangan maqsadni toʻlaqonli baholash imkoniyani beradi.
Psixologiyada shaxsni tadqiq etish keng koʻlamda oʻrganish vositalariga ega boʻlsa-da, ammo ularni milliy muhit va zamon talablariga moslashtirish kerak boʻladi.
Shaxsni oʻrganish metodikalarining jahon psixologiyasidagi tajribasi ular yuzasidan yana ilmiy izlanishlar olib borishga undaydi. Shu bois jahon psixologiyasida shaxsni baholashga bagʻishlagan metodikalar va ularning xususiyatlarini qisqacha sharhlab oʻtish lozim.
Odamning oʻrganishda obyektiv testlar sifatida shaxsni oʻrganish soʻrovnomalarning ahamiyatilidir. Shaxs soʻrovnomalarining tekshiriluvchini asosiy eʼtiborni topshiriqning javobiga emas, balki topshiriqqa qaratishi, test maqsadlarining yashirin xarakterga egaligi, topshiriqlarni yaxlit tuzilma sifatida taqdim qilinishi, psixometrik oʻlchamga egaligi ularning yaroqliligini belgilaydi. Shaxsni oʻrganish soʻrovnomalar uzoq vaqt davomida ishlab chiqiladi.
R.B.Kettell va F. Vorberton (R.B.Cattell, F.Warbuton,1967) tomonidan ishlab chiqilgan shaxsni oʻrganish soʻrovnomasi bir necha oʻn yillik mehnat natijasidir. Ushbu soʻrovnoma yaratilishida R.B.Kettell shaxs xususiyatlarini identiifkatsiyalashda faktorli tahlildan foydalanib, 18000 ta xususiyatlarni 16 omilga mujassamlashtirishga erishdi Shu bois psixologik diagnostikada “16 omilli shaxs soʻrovnomasi” keng qoʻllanilmoqda. Uning oʻzbekcha modifikatsiyasidan ham mahalliy sharoitimizda foydalanilmoqda.
Baʼzi shaxslik testlari kognitiv oʻlchamga asoslangan. G.Vitkina (H.A.Witkin et al.,)va uning hamkasblari tomonidan olib borilgan izlanishlarda idrok, xotira, tafakkur va muammoli vaziyatlarni hal etish kognitiv oʻlcham sifatida oʻrganildi.
Shaxs soʻrovnomalari bilan bir qatorda proyektiv metodikalar shaxsni oʻrganishning asosiy psixologik vositalaridan biri sifatida qoʻllanilmoqda. Ammo ushbu metodikalar oʻtgan asrning 60-yillariga qadar nazariy asoslanmaganligi, psixometrik oʻlchamga ega emasligi, haqqoniy natijalar berishga yaroqli emas tarzdagi tanqidlarga duch keldi (Rorshaxning “Odam chiz” testi va “Siyoh dogʻlari” testi). Bugungi kunda jahon psixologiyasida proyektiv metodikalarning istiqbolga ega ekanligi eʼtirof etilmoqda. Proyektiv metodikalar shaxsni oʻrganish testlaridan farq qilib, insonning ongsizligini oʻrganish shaxsni baholashga yordam beradi. Proyektiv metodikalar natijalarini sharhlashdagi beqarorlik, standart meʼyorlarni mavjud emasligini kamchiliklari sifatida sanash mumkin.
Shaxsni baholashda estetik tabni aniqlash stili xorijiy psixologiyada sinovdan oʻtga. Ushbu toifa testlarning bitta namunasi deb Barron-Velsh shkalasini aytish joiz.. Bunda tekshiriluvchiga 86 ta oq-qora tasvirdagi figuralar taqdim qilinadi. Tekshiriluvchi figuralarni yoqishi va yoqmasligini baholaydi. Uning bahosi shaxsning nafaqat sanʼatdagi, balki boshqa faoliyat sohalaridagi kreativligini baholashga yordam beradi. Barron-Velsh shkalasiga koʻra yuqori va past koʻrsatkichlar shaxsning bir qator xususiyatlarini izohlashga imkon berar ekan. Yuqori koʻrsatkichli shaxslarda tadbirkorlik, bahslashishni yoqtiruvchanlik, liderlikka moyillik, impulsivlik va boshqa sifatlar xos ekan. Quyi koʻrsatkichli shaxslarda mehnatsevarlik, azoblanuvchanlik va asosli mulohazalovchanlik yetakchilik qilarkan.
Shuningdek, shaxsni oʻrganriishda hazil-mutoyibadan foydalanish ham mumkin ekan. Shaxsning hazil-mutoyiba va karikaturaga beradigan javobi uning xususiyatlarini yoritishga imkoniyat tugʻdiradi. Hazil-mutoyiba testlarida mutaxassislar koʻproq hazil va karikaturalardan foydalaniladi. Masalan, shaxsni oʻrganuvchi hazil –mutoyiba testi (IPAT)da ham tekshiriluvchilar hazil va karikatura rasmlarni baholaydilar. Ushbu test A va V shakldan iborat boʻlib, birinchisi 104 ta, ikkinchisida 132 ta hazil va karikaturadan tashkil topgan. Metodika natijalari shaxsni 13 shaxslik omillarini yoritish imkonini beradi.
Baʼzan xalq donishmandligining noyob namunasi sanalmish maqollarni oʻrganish ham shaxsni diagnostika etishning eng maqbul vositalaridan biri sanaladi. Hattoki bu borada xorijiy psixologlar XX asrning 50-yillaridayoq maqol va aforizmlarga asoslanib shaxsni baholash metodikalari ishlab chiqilganligi diqqatga sazavordir. Oʻzida 130 ta tasdiqni mujassamlashtirgan B.M.Bassning “Mashhur oʻgʻitlar” testi (B.M.Bass, 1956) ushbu testlar toifasiga kiritiladi. Bu test natijalari omilli tahlil qilinadi va shaxsning xulq-atvoriga mos keluvchi xususiyatlar ajratib olinadi.
Shaxsni baholashning maqbul vositalaridan biri “vaziyatli testlar” hisoblanadi. Ushbu testlar ikkinchi jahon urushidan soʻngra keng tarqalgan boʻlib, unda tekshiriluvchilarga vaziyatlar orqali taʼsir koʻrsatiladi. Natijada hosil boʻlgan javob reaksiyasiga koʻra shaxs baholanadi. Dastlabki, vaziyatli testlarni G.Xartshorn, M.Meye va uning hamkasblari (H. Hartshorne, M.A.May) tomonidan ishlab chiqilgan. Ular taqdim qilgan testlar bolalardagi xarakterning tabiati va rivojlanishini tadqiq etishga qaratilgandir.
Yana bir guruh metodikalarda shaxsning oʻzini va atrofdagilarni koʻrishga, atrof muhitni qanday idrok etishga bagʻishlangan. Bular shaxs konstruktlari deb ataladi. Shaxs konstruktlari borasidagi izlanishlarda amerikalik psixolog G.A.Kelli va uning hamkasblarining ulushi yuqori.
Bugungi kunda oʻzbek muhitida shaxsni oʻrganishga doir bir qator metodiklar mavjud. Ulardan keng koʻlamda taqdqiqotlar ishlatilib kelinayotgan va aprobatsiyadan oʻtganlari sarasiga R.B.Kettelning “Shaxsni 16 omil yordamida oʻrganish soʻrovnomasi”, G.Yu.Ayzenkning “Ekstraversiya-introversiya va neyrotizmni oʻrganish soʻrovnomasi”, L.T.Yampolskiyning “Psixodiagnostik testi”, Minnesoti shaxsni koʻp omil yordamida oʻrganish soʻrovnomasi (SMIL, L.Sobchak modifikatsiyasi), K.Leongard va Shmeshik soʻrovnomasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |