6-mavzu. Qobiliyatlar diagnostikasi . Intellekt diagnostikasi
Reja:
1-seminar:
1.Qobiliyatlarni amaliy oʻrganishning metodologik muammolari.
2. Umumiy, maxsus, bilish qobiliyatlarining diagnostikasi.
2-seminar:
1.Intellektni oʻrganishning metodologik masalalari.
2. Intellektual testlar va ularning qoʻllash.
3. Intellekt testlari va ularning shkalalari.
Qobiliyatlar va intellektni amaliy oʻrganish psixodiagnostika tarixida oʻziga xos tarixiy bosqichga va ilmiy qarashlarga tayaniladi. Qobiliyat –umumiy psixologik tushuncha boʻlib, psixologiyada uni taʼriflashda bir necha yondashuvlar mavjud. Masalan, B.M.Teplov qobiliyatni uchta belgisini sanab oʻtadi:
- qobiliyat-bu bir odamni boshqasidan farq qiluvchi individual psixologik xususiyat;
- faoliyatni yoki bir nesa faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishga munosabatini bildiruvchi xususiyat;
- qobiliyat –bilim, koʻnikma va malaka bilan bogʻliq boʻlmagan holad. Ammo bilim, koʻnima va malakalarni tez va oson oʻzlashtirishni shartlovchi xususiyat.
B.D.Shadrikov esa qobiliyat tushunchasini psixologik konkretlashtirishga harakat qilib, uni individual oʻlchamli, alohida psixik funksiyalarni sifatli va muvaffaqiyatli oʻzlashtirishdan iborat psixikaning funksional tizimi xossasi sifatida ifodalashga harakat qildi.
D.N.Zavalishin qobiliyat turlarini tahlil etar ekan, umumiy qobiliyat insonning umumiy sharoitlardagi yetakchi faoliyati bilan, maxsus qobiliyatlarni esa alohida faoliyat sohasi bilan bogʻlaydi.
Qobiliyat bilan intellekt orasidagi bogʻliqlik va oʻxshashlikni bilimning qoʻllashdagi topshiriqlarni hal etish qobiliyati sifatida qaraganda kuzatiladi.
Birgina insonning ijodik Kreativlik (umumiy ijodiy qobiliyat) va intellekt munosabatiga bogʻliq minimal darajada uchta yondashuv mavjud:
Bunday kreativlik yoʻq. Shaxsning ijodiy aktivligi uchun sharoit yoʻq vaqtida intellektual iqtidor zarur. Bu yerda ijodiy xulq-atvor uchun bosh determenant sifatida motivatsiya, qadriyatlar va shaxs xususiyatlari yetakchi rol oʻynaydi( A.DJ.Tannenbaum, A.Maslou, O.B.Bogoyavlenskaya). ular ijodkor shaxsning asosiy xususiyatlariga kognitiv iqtidor, muamoga nisbatan sezgir, noaniq va murakkab vaziyatlarda mustaqil mulohaza yurituvchi sifatlarini kiritdi.
Masalan, ijodiy qobiliyat (kreativlik) intellektga bogʻliq boʻlmagan holda mavjud mustaqil omil sanaladi (Dj.Gilford, K.Teylor, Ya.A.Ponomarev). Bu konsepsiyaning yana bir tomoni intellekt bilan kreativlik oʻrtasida ahamiyatsiz darajada korrelyatsiya borligi haqida soʻz yuritiladi. Ye.Torrensning mulohazasicha, agar IQ qiymati 115-120 dan past boʻlsa, intellekt va kreativlik yagona omilni hosil qiladi, 120 dan yuqori boʻlsa ijodiy qobiliyat mustaqil sifati oʻlchamiga ega boʻladi, yaʼni quyi intellek bilan kreativlik oʻrtasida bogʻliqlik kuzatilmaydi, deyiladi. Ammo ushbu gʻoyadan farqli oʻlaroq hayotiy kuzatishlarda quyi kreativli intellekt egalari bor.
Intellektni yuqori darajada rivojlanishi ijodiy qobiliyatning yuqori yoki aksincha holati ham boʻlishi mumkin. Ijod jarayoning psixik faollikdagi singari spetsifik shakli yoʻq (D.Veksler, G.Ayzenk, A.Termen va boshqalar).
Intellektning faktorli nazariyasi asoschisi Ch.Spirmen quyidagi gʻoyani ilgari surdi:
- Intellekt qatʼiy insonning shaxs xususiyatlariga bogʻliq emas;
- Intellekt oʻz tuzilmasiga intellektual boʻlmagan sifatlarni qoʻshmaydi (qiziqish, erishish motivatsiyasi, bezovtalanish). U intellektni toʻrta turga ajratdi: birinchi tip intellekt-yangilikni tez tushunish, ikkinchisi-bilishning toʻliqligi, uchinchisi-“sogʻlom fikrga egalik”, toʻrtinchisi-yechimlarning originalligiga bogʻliq. Uning gʻoyasiga koʻra, umumiy qobiliyat -bosh faktor-G –faktorda, maxsus qobiliya –S –faktor tarzda ifodalanadi. G –faktor Ch.Spirmen boʻyicha “aqliy quvvatni” belgilaydi. G.Ayzenk va Dj.Raven oʻzlarini intellekt testlarini ishlab chiqishla G –faktor xususiyatiga tayandilar.
Dj.Ravenning “Murakkablashib boruvchi matritsalari” 1936-yillarda yaratilgan boʻlib, unda har birida 12 ta topshiriqdan iborat 5 seriyali topshiriqlar mujassamlashtirilgan. Test toʻplamlari toʻgʻri burchak shaklidagi matritsalardan tashkil topgan boʻlib, oʻzida mantiqiy yaxlitlikka, maʼlum qonuniyat va qoidalarga asoslanib tuzilgan har xil figura va figuralar toʻplamidan iborat. Masalan, qandaydir qismida yetishmovchilik mavjud boʻlgan rasm va tasvirlar berilganki, tekshiriluvchi mantiqiy jihatdan tahlil qilib, matritsa ostida berilgan 1 va 6 yoki 1dan 8 gacha boʻlgan javoblar variantidan birini mos oʻringa qoʻyishi lozim boʻladi.
Har bir seriya yengil topshiriqlardan boshlanib, keyinchalik murakkablashib boraveradi. Bu holat A seriyadan boshlanib, Ye seriyada yanada murakkabroq koʻrinish oladi.
Ravenga muvofiq bu test qobiliyatni tekshirishda maʼlum shakllarni idrok etishni, ularning xususiyatlarini qamrab olish lozimligini, munosabatlar yigʻindisiga asoslanganligi tufayli har bir topshiriqni bajarishda maʼlum mantiqiy mulohazalashni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |