Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universitetining jizzax filiali


Tekshiruvchilar va situativ omillar



Download 0,54 Mb.
bet44/46
Sana23.04.2022
Hajmi0,54 Mb.
#575450
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
lotin testalogiya

Tekshiruvchilar va situativ omillar
Koʻpgina tadqiqodlarda natijalar normal koʻrsatgich bermasligi mumkin. Bunda barcha tekshiruvchilar javoblarining formulirovka nizomi tuziladi . Klinik usullar bilan ham obyektiv tekshiriladi.Birinchi galda tekshiruvchi metodikani qachon qoʻllagani, aniq sana, vaqt, kun ham hisobga olinadi. Testning qaysi xususiyatlarni ochishdagi muvaffaqqiyati, yoki chegarasi,soʻzlardagi qoʻllangan obrazlar,xarakter uygʻunligi,steriotipik xususiyatlar ham chetlab oʻtilmaydi.
Situativ omillar-bu testlarda qoʻllangan vaziyat, oʻzidagi kechinma, qabul qilinmagan stimul, shu bilan birga testga oydinlik kirituvchi har bir chetda qolgan holatlar. Oxirgi qilinadigan ish bu,aniq javoblarni tekshirib,nazariy oriyentatsiya olish va gipoteza qilish,qolaversa, oʻz kechinmalari bilan solishtirish, oʻz navbatida shaxsni dinamik strukturasini aniqlashdir.
Ishonchlilik – bu proyektiv testlar uchun ham qoʻllaniladigan psixometrik talab boʻlib, agar bunga eʼtibor berilmasa, natijalar interpritatsiyasini toʻxtatib qoʻyish mumkin. Agar test natijalari talabga javob bermasa, retest oʻtkazish talab etiladi. TAT metodikasida ayniqsa oʻtkazilgan sana va javoblar protokoli aniq solishtirilishi ham samara berishi mumkin. Ranglar indeksi xam hisobga olinadi.
Validlik- bu testlarning ikkinchi psixometrik talabi boʻlib psixodiagnostikada turlicha izohlanadi. Validlik metodikaning sifatini hamda oʻrganilgan xususiyat maʼsulligi va baholash, nimani oʻrganishga qodirligini izohlovchi tushunchadir. Eksperimentli nazorat holati ham validlik belgilashda muhim sanaladi. Koʻplab Rorshax testi haqidagi maʼlumotlarda metodologik yondoshuvlar yolgʻon, degan maʼlumotlar validlik toʻgʻrisida uchraydi. Masalan klinik tadqiqodchilar, ishlarida adashishlar uchragan. Misol uchun 1966-yildagi (H.J.Kinslenger) tadqiqotda bir stimulda uchramagan belgilar ikkinchi stimulda uchragan. Bu esa kriterial gruppalarga ajratishni talab etgan (8, 93-103). Validlik va ishonchlilik agar qiyinchilik olib kelsa, retest qoidalari qoʻllaniladi. Retest oʻtkazilgandan keyin oldingi test natijalari bilan solishtiriladi. Agar tekshiriluvchi oldingi tekshiruvda vazifani tushunmasdan bajargan boʻlsa, unga metodika mohiyati yana tushuntiriladi. Test oʻtkazilgan sana va oy aniq qayd kilib olinadi. Testlarning psixometrik talablariga koʻra, proyektiv testlarning aniq standartini olish qiyin, chunki ular noverbal xarakterdagi vazifalardan tashkil topgan. Ularni guruhlarga ajratish yoki strukturaga solish kerak boʻladi. Ana shunda berilgan stimullar va chizilgan rasmlardagi tafovutlar kelib chiqadi. Buning uchun tadqiqodchi avvalo testlarning bir-biridan farqini ajrata olish kerak. Umuman olganda standartga solish masalasi sovet olimlari bilan gʻarb olimlarini koʻp qiynab kelgan muammo hisoblanadi. Gʻarb mutaxasislari koʻpincha koʻplab tadqiqotlarida rasmlar xarakter mazmuniga koʻra guruhlarga ajratilib, umumiy belgilar olingan. Rossiyada proyektiv testlarga qoʻyiladigan talablar bir muncha orqada qolgan. Ular koʻproq tekshiriluvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda umumiy meʼyor belgilashga harakat qilganlar. Bir tarafdan esa jins xususiyatlari ham hisobga olingan. Lekin, proyektiv testlarga norma berishda boshqa original variantlarni ham hisobga olish kerak. Bu testlarni guruhlashni, umumiy oʻxshashlik chiqarish, stimullar mazmunini aniqlashni ham oʻz ichiga oladi. Baʼzida sinaluvchilarda yaʼna qayta tekshirish oʻtkazish talab etiladi. Yaʼna bir tomoni, barcha tekshiriluvchilar vazifalaridagi mazmunan oʻxshash yoki koʻp takrorlangan holatlar hisobga olinadi. Proyektiv metodikalar faqat tadqiqotchidan yengil va original variant orqali hal etilishini kutadi. Chunki aniq standart olish juda murakkab.



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish