O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/95
Sana19.04.2022
Hajmi3 Mb.
#564547
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95
Bog'liq
Inson evolyusiyasi o\'quv qo\'llanma

Etnografik ma'lumotlar
old tarixni o‘rganishning muhim ilmiy manbai 
sifatida etnografiya xalqlarning tarkibini, kelib chiqishini, xo‘jaligi, turmush va 
urf-odatlarini oddiy va ma'naviy madaniyatini shuningdek, madaniy-tarixiy 
aloqalarini o‘rganadigan fandir. Etnografiya tarix, arxeologiya, tilshunoslik, 
antropologiya fanlari va xalq og‘zaki ijodiyoti-folklor bilan uzviy ravishda 
bog‘langandir. 
Etnografiya-yunoncha etnos - “ethnos”, “elat”, “xalq”, grafiya - “grapo” 
“yozaman” degan qo‘sh so‘zlardan tuzilgan. Uni horijiy mamlakatlarda 
etnologiya ham deyiladi. 
Etnografik ma'lumotlarni to‘plash qadim zamonlardayoq, ya'ni uzoq-
yaqin xalqlarga nisbatan qiziqish uyg‘ongan davrda boshlangan. Rim, 
Yunoniston va O‘rtaer dengizi havzasidan tashqarida yashagan halqlar, elatlar 


151 
va ular turmushning izchil bayoni dastlab qadimgi davr mualliflari Gerodot, 
Ksenofot, Tatsit, Yuliy Sezar, Pompey Trog, Arrian va Strabon kabilarining 
asarlarida o‘z ifodasini topgan. O‘rta asrlarda esa vizantiyalik, arab, hind, xitoy, 
o‘rta osiyolik va boshqa olimlar Osiyo yevropa, O‘rtaer dengizi atrofida 
yashovchi xalq va elatlar haqida ko‘p ma'lumotlar yozib qoldirganlar. 
Ular orasida Plano Karpini, Afanasiy Nikitin, Marko Polo, Abu Rayxon 
Beruniy, Nosir Xisrav, Ibn Batuta, Istaxriy va Yoqut Xamaviylarning 
ma'lumotlari tahsinga loyiqdir. 
XV asrda boshlangan buyuk geografik kashfiyotlar davri etnografik 
bilimlarni to‘plashda alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu davrlarda ham suv ham 
quruqlik bo‘ylab juda katta sayyohatlar uyushtirildi. Bu jihatidan Xristofor 
Kolumb, Amerigo Vespuchining Amerikaga, Vasko-de Gamaning Afrika 
sohillari bo‘ylab Hindistonga, Magellan va boshqalarning dunyo aylana 
sayyohati ham diqqatga sazovordir. 
XVI-XX asrlarda jahon bo‘ylab ham dengiz, ham quruqlik orqali juda 
ko‘p sayyohatlar uyushtirildi. Ko‘pdan ko‘p tadqiqotlar amalga oshirildi. 
XIX asrda etnografiya- etnologiya fan sifatida shakllanib, shundan 
boshlab, ko‘plab etnografik ma'lumotlar to‘plana boshlandi. Etnografiyaga oid 
ajoyib asarlar yaratildi. Ular orasida Afrika va Osiyoning ba'zi joylarida ibtidoiy 
jamoa tuzumi darajasida yashayotgan kishilar tadqiq qilinib, ular hayotiga oid 
ma'lumotlar qo‘lga kiritilgan. Bu ma'lumotlar o‘tmishni, ayniqsa old tarixni 
o‘rganish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Ma'lumki kishilikning old tarixini qayta tiklashda arxeologiya ashyo-
ma'lumotlarning o‘zi kifoya qilmaydi. Shu ta'kidlamoq kerakki, arxeologlar 
tomonidan topilgan moddiy-madaniy buyumlar ibtidoiy davrdagi iqtisodiy 
rivojlanishning yo‘nalishini va darajasini tasavvur qilishga yordam bersada, 
mazkur davrning sotsial tuzumi va ma'naviy taraqqiyotini chuqurroq darajasini 
bilib olishga imkon bermaydi. 
Ibtidoiy kishilarning xo‘jaligi, ijtimoiy tuzumi, turmush darajasi, ayniqsa 


152 
oila-nikoh munosabatlari va g‘oyaviy qarashlari qanday bo‘lganligini 
o‘rganishda etnografik ma'lumotlar va etnografiya fanining ahamiyati benihoyat 
kattadir. 
Tarixchilikning eng muhim tarmog‘i va ajralmas qismi hisoblangan 
etnologiya-etnografiya fani yer yuzidagi, turli qabilalar, elatlar, xalqlar, millatlar 
va etnik guruhlarning turmushi va moddiy madaniyatini o‘rgandi. 
Mazkur etnik guruh, qabila, xalq va millatlarning xo‘jalik xayoti, 
madaniyati hamda g‘oyaviy qarashlarida esa kishilikning ibtidoiy davriga xos 
bo‘lgan irim, urf-odat va qarashlar saqlanib qolganligi kuzatish mumkin. 
Etnografiya 
fani 
Amerika, 
Braziliya 
changalzorlarida, 
Afrika 
o‘rmonlarida va savannalarida, Avstraliya dashtlari, Okeaniya orollari va 
qit'amizning uzoq burchaklarida kishilikning ibtidoiy darajasida hayot kechirgan 
va hamon kechirayotgan qabilalarni biladi. 
XIX asr o‘rtalarida ingliz mustamlakachilari tomonidan vahshiylarcha 
qirib tashlangan Tasmaniyaning tub-joy aholisi, oz miqdorda saqlanib qolgan 
mahalliy avstraliyaliklar, Sumatra orolidagi Kubu, Seylon orolidagi vedda, 
Okeaniya orollaridagi yarim yovvoyi qabilalar, Amerika va Afrikada istiqomat 
qiluvchi qator qabilalar ibtidoiylikning ko‘p tomonlarini saqlab qolgan. Ularning 
aksariyati yarim yalang‘och yurib, toshdan, suyakdan va yog‘ochdan qilingan 
oddiy qurollardan foydalanganlar. Mazkur qabilalar metall nima ekanligini 
bilmaganlar. Avstraliya, Afrika, Braziliya. Okeaniya va boshqa joylardagi qoloq 
qabilalar hayotini o‘rgangan sayyoh olimlar va etnograflar ular tirikchiligining 
asosiy manbai ovchilik, terib- termachilik, baliqchilik va dengiz hayvonlarining 
ovlash ekanini kuzatganlar. Ular tosh asri kishilari kabi hayot kechirishganlar. 
Ularda diniy e'tiqod shakillari hilma-hil va oddiy bo‘lgan. 
Qoloq qabilalarning turmush tarzini chuqur va xar tomonlama o‘rgangan 
tarixchi, etnograflar ulardan kishilikning ibtidoiy old davri tarixini ayrim 
jihatlarini tiklashda foydalanish mumkin ekanligini isbotlab berganlar. 
Shuni ham alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, mazkur qaloq qabila va 


153 
xalqlarning barchasi haqiqiy ibtidoiylikdan ancha yuqori bo‘lgan rivojlanish 
bosqichida turar edilar. O‘tmishda ularning hammasi bir-biridan ajralgan holda 
yashagan bo‘lmasinlar, o‘zlariga nisbatan ancha rivoj topgan xalqlar ta'siriga, 
keyinroq davlatlarning yuksak madaniyati ta'siriga uchraganlar. 
Lekin, shunga qaramay ularning turmush tarzi, xo‘jaligi va ma'naviy 
madaniyatida ibtidoiy davrga xos bo‘lgan hususiyatlar saqlanib qolgan edi. 
Yana shuni ta'kidlab o‘tish joizki. Ibtidoiy davr kishilariga hos bo‘lgan 
belgilar yuksak darajada rivoj topgan xalqlarning moddiy va ma'naviy 
madaniyati ham sarqit yoki an'ana sifatida saqlanib qolganligini kuzatish 
mumkin. Keksa o‘tmishning keyingi ijtimoiy jamiyatlar negizida saqlanib 
kelayotgan ayrim an'ana, sarqit va qoldiqlari kishilikning ibtidoiy davrdagi
hayotining ba'zi jihatlarning qayta tiklash muhim ahamiyat kaksb etishi 
mumkin. Qadimgi davrning mazkur qoldiq, sarqit va an'analari jahondagi barcha 
xalqlarning to‘y, bayram, dafn marosimi, mafkuraviy qarashlari, kiyimlari, uy-
ro‘zg‘or buyumlari, san'ati, bezaklari, turar joylarining tuzilishi va qator 
udumlarda ko‘zga tashlanadi. Bu esa olimlarga ibtidoiy jamiyat tarixining 
ochilmagan muammolarini hal qilishda imkoniyat ochib beradi, xususan olov 
bilan bog‘liq an'analar dunyo xalqlari hayotida saqlanib qolganligini kuzatish 
mumkin. 
Shunday qilib, jahon miqiyosida to‘plangan etnografik ma'lumotlar old 
tarixning ayrim tomonlarini u yoki bu darajada qayta tiklashda eng asosiy 
manbalardan biri sanaladi. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish