Tarixiy antropologiya
va uni old tarixni tiklashdagi o‘rni. Kishilikning
ibtidoiy davrini qayta tiklash uchun arxeologiya va etnografiya ma'lumotlarning
o‘zi kifoya qilmaydi. Olimlar ya'ni antropologlarning bergan ma'lumotlariga
ko‘ra inson hayvonlar olamidan ajralib chiqib, odam holatiga kelgunga qadar
juda uzoq tarixiy rivojlanish jarayonini bosib o‘tdi. Odamzodning vujudga
kelishi masalasi bilan antropologiyaning paleontologiya - qazilma odamning
qoldiqlarini o‘rganuvchi bo‘limi shug‘ullanadi. Antropologiyaning o‘zi ham
154
odam morfologiyasi, antropogenez va irqshunoslik kabi bo‘limlardan iboratdir.
Morfologiya odamning butun tana tuzilishini va undagi biologik
o‘zgarishlarni o‘rganadi.
Antropogenez esa odamzodning kelib chiqishi va jimoniy rivojlanish
bosqichlari masalalari bilan shug‘ullanib, uning hayvonlar dunyosida tutgan
o‘rniga baho beradi va hozirgi zamon odami vujudga kelishining shart-
sharoitlari hamda uning sabablarini tadqiq etadi. Nihoyat, irqshunoslik yer
yuzidagi odamzod irqlarining vujudga kelishi tarzi, turlari, shakllanish sabablari
va irqlar o‘zgarishining qonuniyatlarini, ularning geografik jihatdan tarqalish
hamda irqlarning aralashuv jarayonlarini o‘rganadi. Odamzodning paydo
bo‘lishi va rivojlanishi uzoq zamonlardan beri olimlar diqqatini o‘ziga tortib
kelmoqda. Bu masala bo‘yicha olimlar orasida yagona fikr mavjud bo‘lmay,
uzoq zamonlardan beri tortishuv davom etib kelmoqda.
Olimlar antropologiyaga baho berib, u odamning marfologiyasi tana
tuzilishi va fiziologiyasi-yashash faoliyati, o‘zgaruvchanligidan, uning
irqlarning tuzilishi va o‘zgaruvchanligidan tarixga o‘tishda vosita bo‘lib hizmat
qiladigan fandir. Soddaroq qilib aytganda antropologiya odamning kelib chiqishi
va evolyusiyasi asta-sekin rivojlanishi, jismoniy tuzilishi va irqlarning paydo
bo‘lishi haqidagi fandir.
Ma'lumki, dastlabki ibtidoiy kishilar yer yuzida yashab allaqachon o‘lib
ketganlar. Ammo ularning manzili- makonlari yer yuzining juda ko‘p joylaridan
topilgan. Arxeolog, antropolog va geolog olimlar ibtidoiy manzil-makonlarni
qazib ochganlarida ularning madaniy qatlamlaridan makon egalarining har turli
qurollari va suyaklarining qoldiqlari ham topilgan.
Mil.avv 4-4.5 million bilan mil.avv X-IX asrlar orasida yashagan
odamlarning suyak qoldiqlari Afrika, Osiyo, yevropa, Avstraliya va Amerika
qit'asidagi mamlakatlardan topilgan va topilmoqda.
Arxeologlar bilan hamkorlikda ishlagan antropologlar va antropolog –
arxeologlar uchun bu qazilma odam suyaklari asosiy moddiy buyum bo‘lib, ular
155
bu qazilma odam suyaklarini har tomonlama sinchiklab o‘rganish asosida
ibtidoiy davrda yashagan odamlarning tana tuzilishi yoshi, erkak yoki ayolligini
o‘rganib, ularning qaysi jinsga mansub ekanligini ham ta'kidlaydilar.
Shuni ta'kidlab utmoq joizki, eng qadimgi va qadimgi qazilma
odamlarning butun skeleti kamdan-kam topiladigan hodisalar. Ko‘p hollarda
ko‘milgan joydan ularning bosh, jag‘ suyaklari va tishlari saqlanib qolgan
bo‘ladi. Antropologlar esa qazilma odamlarning saqlanib qolgan suyaklarini
qiyosiy-anotomik jihatidan puxta o‘rganish asosida ularning saqlanib qolmagan
qismini ham tiklaydilar. Buning uchun antropologiya fanida puxta ishlangan
skeletni o‘lchash tizimi- usuli keng ko‘lamda qo‘llaniladi.
Skeletni o‘lchash usulidan foydalanib, antropologlar qazilma odamlar
muskullarining joylashuvi, rivojlanishi, yuz tuzilishi, bosh miya kopqog‘i, miya
qutisining hajmi, uning katta-kichikligi, tuzilishi va a'zolarining boshqa
suyaklarini chuqur o‘rganadilar. Bu esa olimlarga ibtidoyi kishilarning tashqi
qiyofasi qanday ekanligini bilib olish imkonini beradi. XIX asr ikkinchi yarmi
XX asrning birinchi yarimlarida ibtidoiy kishilarning tashqi qiyofasini ularning
kelib chiqishini o‘rganishda Tomas Geksli, Charlz Layel, Charlz Darvin, Pol
Brok Raymon Dart, Ammoen, Katrofaj, Ernest Gekkel, yevgeniy Dyubua,
Gustav Shvalba va boshqa olimlarning hizmatlari katta bo‘ldi.
XX asrda ayniqsa uning ikkinchi yarmida antropologiya sohasida qo‘lga
kiritilgan ulkan kashfiyotlar alohida ahamiyatga egadir.
Bu kashfiyotlarda Luis Liki, Meri Liki, Richard Liki, Donald Yoxenson,
Liki Jonatan va boshqa antropolog-arxeolog va antropologlarning hizmatlari
kattadir.
Antropologiya fanida alohida hizmat ko‘rsatgan olimlar qatoriga
V.V.Bunak, Yu.I.Semyonov, G.A.Osmolokvskiy, Ya.Ya.Roginskiy, M.I.Urson,
V.P.Yakimov, V.P.Alekseev, O‘rta Osiyoda esa L.V.Oshanin, V.Ya.Zezenkova,
T.Xodjaev va boshqalarni kiritish mumkin.
Jaxon antropologlarning sayi-harakatlari tufayli ibtidoiy davrda yashagan
156
ajdodlarimizning tashqi qiyofasi irqi va ularning yer yuzi bo‘ylab tarqalish
jarayonini bilim imkoniyati tug‘ildi.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, antropologiyasiz ibtidoiy jamiyat tarzi
haqida to‘liq ma'lumot olish mumkin bo‘lmas ekan.
Shu bois antropologik ashyolar old tarixni o‘rganishning eng muhim va
zaruriy manbasi bo‘ldi va bo‘lib qoladi.
Tarixiy antropologiya arxeologiya va etnografiya singari fanlar ham old
tarixni o‘rganish uchun katta imkoniyat beradi. Arxeologiya va etnografiya
madaniyat tarixini, tarixiy antropologiya esa insonning kelib chiqish tarixi
haqida bahs yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |