O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/95
Sana19.04.2022
Hajmi3 Mb.
#564547
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95
Bog'liq
Inson evolyusiyasi o\'quv qo\'llanma

Ibtidoiy davr va bosqichlar
. Ma'lumki moddiy buyumlar old tarixni 
o‘rganishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi, lekin ibtidoiy davrga 
mansub moddiy buyumlarining yoshi aniqlansagina, u o‘tmishni o‘rganishning 
asosiy manbai bo‘lib qoladi. 
Ammo ibtidoiy old tarixni davrlarga ajratish va davrlar sanasini aniqlash 
nihoyat darajada murakkab masaladir. Bu masalani hal etishda olimlar 
davrlashtirishning turli yo‘l va usullarini qo‘llaydilar. Demak kishilik jamiyatini 
davrlashtirmay turib uning hyech qaysi bo‘limini, shuningdek, ibtidoiy davrni 
ham o‘rganib bo‘lmaydi. Old tarixni davrlashtirishda tarixiy jarayon-muayyan 
zamon, davr va asrlarga bo‘linadi. 
Shuni ta'kidlamoq kerakki, tarixchilar orasida old tarix bo‘yicha yagona 
davrlashtirish tizimi mavjud emas. Bu masalani hal etishda tadqiqotchilar turli 
yo‘l va usullarni qo‘llaydilar. 


129 
Tarixchi olimlarning bir guruhi old tarixni ijtimoiy munosabatlar belgisiga 
karab ikki bosqichga bo‘ladilar. ularning birinchisi ibtidoiy to‘da bo‘lib, 
ikkinchisi urug‘ jamoasi davridir. 
Ibtidoiy to‘da odamzod paydo bo‘lgandan boshlab miloddan avvalgi 50-
40 ming yilliklargacha bo‘lgan 4,5-4 mingyillik katta tarixiy davrni o‘z ichiga 
oladi. 
Urug‘ jamoasi esa mil.avv. 50-40 mingyillikdan IV-I ming yilliklar 
orasidagi davrni qamraydi. Ammo yer yuzining ba'zi joylarida urug‘ jamoasi 
ancha keyingi davrlargacha saqlanib qolgan. Urug‘ jamoasi o‘z o‘rnida ona va 
ota urug‘i jamoalariga bo‘linadi. Ammo ko‘pchilik tarixchilar kishilikning bu 
boshlang‘ich davrini uch bosqichga: ibtidoiy to‘da, urug‘ jamoasi va ibtidoiy 
jamoa tuzumining yemirilish bosqichlariga bo‘ladilar. Ibtidoiy jamoaning 
yemirilish davri “harbiy demokratiya va qo‘shni jamoa” deb ham ataladi. 
Arxeolog olimlar esa ibtidoiy davr kishilari o‘z moddiy-madaniy 
buyumlarini nimadan va qanday usulda yasaganliklariga qarab uch davrga 
bo‘ladilar. Shu ta'kidlab o‘tish joizki, ibtidoiy kishilar o‘z qurollarini 
toshlarning turli navlaridan, yog‘ochdan, suyakdan, misdan, jezdan va nihoyat 
temirdan ham yasaganlar. Lekin qurol yasashda asosiy xom ashyo tosh, mis, jez 
va temir edi. Shu tufayli arxeolog olimlar kishilikning ibtidoiy davrini tosh, jez 
va temir davrlariga bo‘lganlar. 
Old tarixni o‘rganishda yunon didaktik etnoslarning ahamiyati kattadir. 
Bu jihatdan yunon shoiri Gesiodning “Mehnat va kunlar” poemasi 
diqqatga sazovordir. Mutahasislar, xususan Gerodod va boshqa yunon 
mutaffakirlari Gomer bilan Gesiodni bir davrda yashagan deb aytadilar. Hozirgi 
zamon ilm-fani Gesiodni Gomerdan ancha keyin yashaganligini isbot qilgan. 
Gesiod millodan avvalgi VII asrning boshlarida yashagan deb faraz qiladi. 
Gesiod birinchilardan bo‘lib, kishilikning ilk va quldorlik davrini beshta tarixiy 
davrga bo‘lgan. Gesiod yer yuzida yashagan insonlarni besh avlodga bo‘ladi. Bu 
avlodlarning yashash tarixi asta-sekin razolatga yuz tutishdan iboratdir. 


130 
Boshqacha aytganda Gesiod o‘zigacha bo‘lgan davrni besh davrga bo‘ladi. Bu 
besh avlod yashagan davrning birinchi yer tarixining oltin davridir. Bu 
kishilikning ibtidoiy davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda odamlar mehnat va azob-
uqubatning nimaligini bilmaydilar. Tunu kunlari o‘yin-kulgida farog‘atda o‘tadi, 
hayotning bugun noz-ne'matlari bu baxtiyor odamlarga tabiatning o‘zi yetkazib 
beradi, ular bir-birlariga yomonlik qilmasdan totuvlik bilan hayot kechiradilar. 
Ular o‘lganlarida ham bamisoli uyquga ketgandek oxistagina dunyodan 
o‘tadilar. Biroq oltin davr abadiy davom etolmaydi, uning o‘rnini kumush davri 
egallaydi. Demak ikkinchi davrda yashagan avlodlar ya'ni kishilar oldingilari 
singari baxtiyor bo‘lmasdan, bebosh bo‘ladilar, ma'budlarga ixlos qo‘ymaydilar, 
shu sababli Olimp xukmroni ulardan qaxrlanib, yer qa'riga kiritib yuboradi. 
Uchinchi davr mis davridir. Bu davrda yashagan odamlar sira ham 
oldingilariga o‘xshamagan, mehr-shavqatdan behabar, jangbozlikdan. qon 
to‘kishdan boshqa narsani bilmagan kishilar edi. Biroq qanchalik yovuz, 
qanchalik zolim bo‘lishlariga qaramay, bular ham o‘limdan qochi 
qutulolmaydilar. 
To‘rtinchi davr bu-mardu maydonlar, bahodirlar davri; ular o‘zlaridan 
oldin o‘tganlarga qaraganda rahmdil, muruvvatli edilar-u, ammo bu 
azamatlarning ko‘plari Troya ostonnalaridagi qonli janglarda, dengiz 
to‘lqinlarida qirilib ketadilar. 
Gesiod o‘z zamonasini yaramas ehtiroslar, pastkashliklar avj olgan 
beshinchi davrga kiritadi va bu davrni temir davri deb ataydi. 
Gesiod yer yuzida yashagan insonlarni besh avlodga bo‘ladi. 
Bu: 1. Oltin davr 
2. Kumush davr 
3. Mis davr 
4.Mardi maydon bahodirlar davri 
5. Temir davri. 
U o‘zigacha bo‘lgan tarixni besh davrga bo‘lgan. Demak Gesiod 


131 
kishilikni davrlarga bo‘lgan shoir-mutafakkir edi. 
Kishilikning ibtidoiy davrini birinchi bo‘lib tosh, mis, jez va temir 
asrlariga ajratgan kishi mashhur rimlik faylasuf va shoir Lukretsiy Kar (99-55) 
edi. 
Keyingi davrlarda yashagan arxeolog olimlar Lukretsiy Kar fikrlariga 
asoslanib arxeologik davrlashtirishni yanada mukammalashtirdilar. Avvalo tosh 
asrining o‘zi qadimgi, o‘rta va yangi asrlariga bo‘linib, fanda qadimgi tosh 
asrini paleolit, o‘rta tosh asrini mezolit, yangi tosh asrini esa neolit deb ataladi. 
Qadimgi tosh asri yodgorliklari majmualari shellgacha yoki olduvay, 
qadimgi ashell yoki abbevil, yoki shell, o‘rta, so‘nggi ashll va muste 
bosqichlariga bo‘linadi. Qadimgi tosh asrining eng qadimgi chegarasi 4,5-4 
million yilga borib taqalsa so‘nggi davri esa 50-40, ba'zan 40-35 mingyilliklar 
bilan chegaralanadi. 
So‘nggi paleolit esa 40-12 mingyilliklar orasidagi davrni o‘z ichiga olib, 
orinyak, solyutriy va medlen madaniyatlariga bo‘linadi. 
Mezolit davri esa azil, tradenuaz, neolit esa asturiy, maglemoza, oshxona 
uyumlari va tripole kabi muayyan madaniyatlarini o‘z ichiga oladi. 
VI-IV asrlar neolit yodgorliklari yevropaning markaziy, g‘arbiy va januby 
o‘lkalarida, shuningdek Osiyoda hamda Afrikaning ko‘p joylaridan topilgan 
bo‘lib. uning sanasi miloddan avvalgi 6-3 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. 
Neolit davridan so‘ng eneolit – mis tosh asri boshlanib, bu davrga mansub 
yodgorliklar yer yuzida siyrak tarqalgan va joylarda miloddan avvalgi IV-III 
ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. 
Eneolit davridan so‘ng esa mis bilan qo‘rg‘oshin yoki qalayni qo‘shib 
muayyan issiqlik darajasida eritish natijasida jez (bronza) ma'dani olinadi. 
Ibtidoiy kishilar mehnat qurollari va uy xo‘jalik buyumlarini, shuningdek ziynat 
buyumlarini jezdan yasaganlar. Shu tufayli bu davrni jez davri deb atashadi. Jez 
davri miloddan avvalgi II mingyillikdan I mingyillik boshlarigacha davom 
etgan. 


132 
Jez asridan so‘ng yer sharining odam yashaydigan ko‘p xududlarida temir 
davri boshlanadi. Temir davrining ilk bosqichi ibtidoiy jamoa tuzumining 
so‘nggi bosqichiga to‘ri keladi. 
Ibtidoiy davrni chuqur o‘rganish uchun geologik, tarixiy va arxeologik 
davrlashtirishni o‘zi kifoya qilmaydi. Bu jihatdan insoniyat jamiyat tarixini 
antropologik bosqichlariga bo‘lish bu murakkab masalani yoritishda muhim 
o‘rin tutish mumkin. Odamzod antropologik jihatdan arxantrop, paleonrop va 
neantroplarga bo‘linadi. Odomzodning bu uch turi ba'zi jihatlari bilan bir-biriga 
o‘xshasada ammo ular davriy, jismoniy, aqliy va morfologik jihatidan bir-
birlaridan farq qiladilar. Shulardan eng qadimgisi arxantroplar bo‘lib, so‘nggisi 
nentroplardir. 
Arxantroplar arxeologik jihatidan tosh asrining ilk bosqichida 
olduvaygacha, olduvay, shell va ashell davrlarida tarixiy nuqtai nazaridan 
ibtidoiy to‘da davrining dastlabki bosqichlarida yashab o‘tganlar. Bu geologik 
davrlashtirishning eopleystotsendan va o‘rta pleystotsen oralig‘idagi davrga 
to‘g‘ri keladi. 
Paleontroplar esa arxeologik davrlashtirishning muste davrlariga, tarixiy 
davrlashtirish bo‘yicha ibtidoiy to‘daning ikkinchi bosqichiga to‘g‘ri keladi. 
Neontroplar esa arxeologik davrlashtirishning qadimgi tosh asrining 
so‘nggi bosqichi- so‘nggi tosh asriga mezolit, neolit, eneolit, jez, ilk temir 
davrlariga tarixiy davrlashtirishning esa urug‘ jamoasi va uning buzilishi davriga 
to‘g‘ri keladi. 
Tarixiy jihatidan ibtidoiy to‘da arxeologik jixatidan qadimgi peleolit davri 
kishilari Dunaydan Vyurm muzliklari oralig‘idagi davrda yashaganlar, bu 
geologik davrlashtirishning eopleystotsen va pleystotsen davrlariga to‘g‘ri 
keladi. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish