1.2.
Old tarixning o‘ziga xos xususiyati va uning ahamiyati.
Old tarix bilan shug‘ullangan olimlar, arxeologlar, antropologlar va
etnograflarning olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, ibtidoiy davr o‘zidan
keyingi keladigan barcha tarixiy davrlarga nisbatan mehnat qurollarining
soddaligi va ular xilining ozligi bilan belgilanadi. Shuningdek urug‘ jamoasi
davrigacha yashagan odamlar aqliy va jismoniy jihatidan o‘z takomiliga
yetmagan edilar.
Ibtidoiy davrning tongida ilk odamlarning tosh, yog‘och va suyaklardan
yasagan qurollari shunchalar sodda ediki, bu ularning aqliy jihatidan
takomillashmaganligi, mehnat malakasining pastligi va nihoyat ishlab chiqarish
tajribasining kam bo‘lganligidan darak beradi.
Binobarin, mehnat qurollari xilining ozligi, soddaligi, qurol yasash
texnikasi-usullarining rivojlanmaganligi, shuningdek o‘z imkoniyatlarini
bilmaslik ibtidoiy kishilarni tabiat oldida, unda ro‘y beradigan turli-tuman
dahshatli hodisalar, cho‘nonchi: yer qimirlash, chaqmoq chaqishlar,
momoqaldiroq, vulqon otilishlari, sel-sovur, toshqinlar, yer surilishlari oldida
ojiz va himoyasiz qilib qo‘ygan edi. Ayni paytda ilk odamlar o‘sha davrdagi har
turli yirtqich va yovvoiy hayvonlar girdobida yashar edilar. Shunday ekan,
ibtidoiy odamlar turli yirtqich va yovvoiy hayvonlar orasida yakka-yakka
yashab, ularga qarshi ayrim-ayrim hollarda kurashishlariga imkon bermas edi.
Shu ta'kidlamoq kerakki, ibtidoiy kishilarni bu dahshatli kuchlardan,
xodisalardan, yirtqichlar hamlasi-yu, azob-uqubatlardan, mehnat, shunda ham
umumlashib qilingan ijtimoiy mehnat qutqara olar edi xalos. Ibtidoiy kishilar
birgalashib mehnat qilishlari va yashashlari natijasidagina qadamma-qadam
tabiatning dahshatli kuchlarini asta-sekinlik bilan yenga borganlar.
Ibtidoiy davr kishilari birga yashab birgalashib mehnat qilishganlarida,
umumlashib yirtqich hayvonlarga qarshi kurashmaganlarida ular qurshovida
yashay olmas edilar. aksincha ularga yemish bo‘lib yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketar
edilar.
118
Demak, umumlashib yashash va birgalashib mexnat qilish ibtidoiy
kishilarni tabiatdagi yovuz kuchlardan osrab qoldi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki o‘sha davrdagi shart-sharoit ibtidoiy
ajdodlarimizni birgalashib yashash va mehnat qilishga majbur etdiki, bunday
birdamlik faqat insonga xos sifat bo‘lib, u boshqa jonivorlarda yo‘q edi.
Birgalashib yashash va mehnat qilish iste'mol mahsulotlarini, hamda,
ishlab chiqarish vositalarini hamma uchun umumiy mulkka aylantirgan edi.
Old tarixning hamma davr va bosqichlarida umum mehnati natijasida
hosil qilingan oziq-ovqat va boshqa iste'mol buyumlari u yoki bu guruhda,
urug‘, oilada yashagan barcha katta kichik kishilar o‘rtasida barobar taqsimlanar
edi. Lekin o‘sha davrlarda umumiy mulk bilan bir qatorda har bir kishining
shaxsiy buyumlari ham bo‘lgan.
Kiyim-bosh, mehnat, jangovor va ov qurollari ibtidoiy kishilarining
shaxsiy mulki hisoblangan. Ibtidoiy jamoa tuzumining hamma davrlarida
ibtidoiy kishilar yashab turgan yer, o‘tloq, o‘rmon, suv manbalari va noz-
ne'matlarga hammaning egalik qilishi, tenglik mavjud edi.
Shunday ekan, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida xususiy mulk ham mulkiy
tengsizlik ham, tabaqalar ham, to‘dada va urug‘ jamoasida ayrim kishilar
mehnatini boshqa kishilar tomonidan suyiste'mol qilish ham bo‘lmagan.
Shunday ekan, urug‘ va qabiladan alohida ajralib turuvchi nufuzli kishilar,
binobarin zo‘ravonlikka asoslangan xokimiyat ham yo‘q edi.
Shunday qilib kishilikning ibtidoiy old davrida ijtimoiy tabaqalar
bo‘lmagan, davlatsiz jamiyat ediki, yevropaning ilg‘or fikrli olimlari uni hamma
barobar, teng bo‘lgan ibtidoiy kommunistik jamiyat deb ta'riflagan edilar.
Old tarix kishilik tarixining eng ko‘hna, eng dastlabki, ayni paytda eng
oddiy, sodda shakli bo‘lib, qariyb 4,5-4 million yillik katta tarixiy davrni o‘z
ichiga oladi. U ham bir-biridan ham ijtimoiy, ham iqtisodiy, ham madaniyati
jihatidan farqlanuvchi turli davr va bosqichlarga bo‘linadi.
Tarixiy nuqtai nazaridan u ibtidoiy to‘da va urug‘ jamoasi davrlariga,
119
arxeologik nuqtai nazaridan esa tosh, mis-tosh, jez va ilk temir davrlariga
bo‘linadi.
Ibtidoiy tarixning to‘da davri arxeologik davrlashtirishning eng qadimgi
tosh asrining ilk va o‘rta bosqichiga to‘g‘ri keladi.
Bu davrda odamzod shakllanishda davom etib o‘z qo‘li bilan ilk mehnat
qurollarini yaratib, sun'iy olov hosil qilishga erishda va moddiy madaniyatga
poydevor toshini qo‘ydi. mazkur davrda ma'naviy madaniyatning ilk ko‘rtaklari
ham shakillandi.
Shu ta'kidlab o‘tmoq joizki, kishilikning ibtidoiy to‘da davri bir joyda
qotib qolmadi. Jamiyat taraqqiyotining rivojlanish qonuniyatlariga muvofiq u
rivojlanishda davom etdi va urug‘ jamoasining vujudga kelishi uchun zamin
yaratdi.
Miloddan avvalgi 50-40 ming yilliklarga kelib ibtidoiy to‘da o‘rnini urug‘
jamoasi davri egalladi. Bu davrdagi eng buyuk hodisa antropogenez
jarayonining tugallanishi va hozirgi qiyofadagi odamlarning vujudga kelishi edi.
Urug‘ jamoasining vujudga kelishi ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi eng
katta burilish edi.
Urug‘ jamoasining vujudga keligi munosabati bilan jamiyat hayotida
birin-ketin katta-katta o‘zgarishlar yuz bera boshladi.
Urug‘ jamoasi davriga kelib, odomzod yer sharidagi 6 qit'aning 5 tasi
bo‘ylab keng tarqaladi.
Shu ta'kidlab o‘tish kerakki, uzoq davom etgan tosh asri qator yirik
kashfiyotlar amlga oshirilganligi bilan ko‘zga tashlanadiki, bu esa o‘z o‘rnida
insoniyatning bundan keyingi butun rivojiga jiddiy ta'sir ko‘rsatgan.
Xuddi shu tosh asri davomida odamlar olov hosil qilish va undan
foydalanish san'atini egalladilar. Ayni paytda ibtidoiy kishilar kiyim-bosh, o‘q-
yoy, qayiq, chana, chang‘i kabi harakat vositalarini kashf etib, boshpana
ko‘rishni takomillashtirdilar. Tosh, yog‘och va suyakdan turli-tuman mehnat, ov
va jangovor qurollar, uy-ro‘zg‘or buyumlarni yaratdilar. Tosh asrining
120
yakunlovchi bosqichi hisoblangan neolit-yangi tosh asrida esa kulolchilik va
to‘qimachilik ishlab chiqarilishi o‘zlashtirildi. Tosh asrining oxiri hisoblangan
yangi tosh davri qurollari ishlash texnikasida silliqlash, pardozlash, arralash va
parmalash kabi yangi usullar ixtiro etildi. Shu davrda kishilik jamiyatning
iqtisodiy xo‘jalik hayotida juda ahamiyatga molik burilish sodir bo‘ldi. Bu
ovchilik va termachilikka asoslangan o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan dehqonchilik
va chorvachilik ishlab chiqarish xo‘jaligiga o‘sib o‘tish edi. Xo‘jalik sohasidagi
bu burilishni tadqiqotchilar xususan, mashhur ingliz arxeologi G.Chayld “neolit
revolyusiyasi” – “yangi tosh asri inqilobi” ,- deb ataydi. Uning eng muhim
natijalaridan biri ortiqcha oziq-ovqat mahsulotlarining ishlab chiqarilishi edi.
Ortiqcha oziq-ovqat ishlab chiqarishi tufayli xo‘jalikning barqarorligi beqiyos
darajada o‘sdi. odamlarning turmush darajasi ancha yaxshilandi, aholi soni
o‘sib, ijtimoiy tuzum tarkibini murakkablashtirish uchun shart-sharoit yaratdi.
Neolit-yangi tosh davrida yer sharining qulay, odam yashaydigan ba'zi joylarida
tarixiy xo‘jalikning dastlabki notekis rivojlanish yaqqol namoyon bo‘la
boshladi.
Miloddan avvalgi 6-3 ming yilliklar orasida ma'danlar-avval mis, so‘ng
jez kashf etildi. Ulardan mehnat qurollarining yasalish mehnat unumdorligini
birmuncha oshirdi. Bu esa o‘z o‘rnida ortiqcha oziq-ovqat maxsulotlarini
yetishtirishga
imkon
yaratdi.
Shu
davrdan
boshlab
dehqonchilik,
xunarmandchilik, chorvachilik va savdo-sotiq asta-sekin rivoj topaboshladi.
Buning oqibatida mehnatning birinchi, ikkinchi va uchinchi ijtimoiy taqsimoti
uchun shart-sharoit yaratib, kishilar orasida mulkiy tengsizlik va tabaqalanish
paydo bo‘lishiga olib keldi. Bular esa o‘z o‘rnida jamiyat boshqaruv tizimida
jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Nihoyat Misr, Mesopatamiya, Kichik Osiyo,
Yunoniston, Eron, Xindiston va Xitoyda ilk davlatlarning tashkil topishiga olib
keldi. Shuni alohida ta'kidlamoq joizki, moddiy madaniyat mehnat qurollari, uy-
joy, kiyim –bosh va kishilarning kundalik hayoti uchun zaruriy buyumlar
ibtidoiy jamoa tuzumi davrida kashf etildi. Ibtidoiy inson o‘zining aql-zakovati,
121
tili, tafakkuri va ahloq odobi bilan tabiatdagi boshqa oliy darajadagi
mavjudodlardan tubdan farq qilgan. U o‘zining aql-zakovati, tafakkuri va ular
bilan chambarchas bog‘liq mehnat faoliyati tufayli kishilikning ma'naviy
madaniyatiga ham asos soldi.
Bularning barchasi, bu keksa o‘tmish va unda yashagan kishilar mehnat
faoliyati har qanday sharoitda zamonamiz va kelajak avlodlarning hammasi
uchun g‘oyatda qiziq davr bo‘lib qoladi. Chunki bu davr eng keyinchalik
bo‘ladigan yanada yuksakroq taraqqiyotni shakillanishi uchun zamin hozirladi.
Bularning barchasi zamonamiz uchun, kelajak uchun beqiyos ahamiyatga ega
ekanligini ko‘rsatuvchi dalildir. Ibtidoiy davr kishilarining xo‘jalik, moddiy va
ma'naviy madaniyat sohalarida erishgan yutuqlari ba'zi olimlarning ibtidoiy yoki
“vahshiy” odamni “nodon” deb bildirgan fikrlariga qarshi yorqin daliliy isbotdir.
Old ibtidoiy tarixning mohiyati shu bilangina kifoyalanmaydi va cheklanmaydi.
Old tarix haqidagi ma'lumotlarni bilish nazariy jihatdan tashqari bir qator
amaliy ahamiyatga ham egadir. Ibtidoiy tarixni chuqur o‘rganish esa, ibtidoiy
jamoa tuzumining turli bosqichlarida, shuningdek ibtidoiy jamoa, qabila va
xalqlar hayotini qayta qurishlarida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, insoniyat jamiyat hayotidagi
ko‘pdan-ko‘p voqyealar va narsalar ibtidoiy jamoaning o‘sha keksa va qadimiy
zamonlarida shakllanadi, vujudga keldi va rivoj topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |