O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/95
Sana19.04.2022
Hajmi3 Mb.
#564547
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95
Bog'liq
Inson evolyusiyasi o\'quv qo\'llanma

6.2.
 
Irqlarning shakllanish nazariyalari va konsepsiyalari 
Tarixiy konsepsiya: irqlarning tarixiy konsepsiyasi antropolog olim Bunak 
tomonidan ilgari surilgan. Unga ko‘ra irq – tarixiy kategoriya darajasining 
cho‘qqisi xisoblanadi. Modomiki, irqlar doimiy rivojlanish sharoitida ekan, xar 
bir tarixiy davrda o‘zining irqlari mavjud bo‘ladi. Qadimgi arxantrop va 
neandertal odamlarining ham o‘ziga xos irqlari mavjud bo‘lgan. Bunakning 
fikriga ko‘ra, irqlarning o‘zgarish jarayoni to‘xtovsiz yuz beradi va irqlarining 
bir-biri bilan qo‘shilib ketishi tahlil qilish ham ko‘p ahamiyatga ega bo‘ladi.
Antropolog olimi V.P. Alekseev “irqlarni vujudga kelishi va mavjud 
bo‘lishi ularning tasniflanishi” borasida quyidagicha modelni taklif etadi. U ilk 
paleolit davrida irqlar vujudga kelish ikki o‘choqlari majud bo‘lgan va turli 
darajadagi irqlar shakllanishi aynan shu davrga borib taqaladi deb tushuntirish 
beradi. Bu o‘choqlarni u birinchi, ikkinchi va uchinchi darajalarga bo‘lib 
chiqqan. Bunada u populyasion jarayonlarning pritsiplariga qarab darajalagan.
Irqlar shakllanishining dastlabki o‘chog‘i katta irqlar yuzaga kelishining 
markazi xisoblanadi. Ikkinchisi esa kichik irqlar uchun o‘choq.
Har bir ahohida o‘choqda zamonaviy irqlarda asos bo‘lgan, muayyan irqiy 
belgilarning kompleksi mavjud bo‘lgan. Mavjud o‘choqlar bir – biridan 
to‘laligicha ajramagan xolda bo‘lgan.
Irqlarni kelib chiqish tarixini turli mamlakatlardagi genetik ma'lumotlarni 
bir biriga solishtirish orqali ham amalga oshirish mumkin. Xaqiqatdan ham 
aksariyat ko‘chilik genlarda tasodifiy tanlov asosida olingan odamlar guruhida 
ular o‘rtasida xech qanday farq yo‘q.
Irqlar mavjud emasligi borasidagi noreallik aksariyat morfologik 
belgilarning geografik taqsimoti va individual o‘zgaruvchanlik xususiyatlari 
bilan bog‘lash mumkin. 
Irqlarni tasniflashning ko‘plab turlari mavjud. Ular asosan belgili 
hususiyatlarni farqlanishiga qarab guruhlangan va tasniflangan.


108 
Irqiy sxemalarni shartli ravishda ikki katta guruhga ajratish mumkin: belgi 
hususiyati bilan cheklangan; belgilarning o‘zgarish mumkinligiga qarab, irqlarni 
bunday turda tasniflash borasida yorqin sxemalardan biri polyak antropologi Y. 
Chekanovskiy tomonidan ishlab chiqilgan. U ishlatgan belgilar va ularning 
tarkibiga qarab uning sxemasi ham faqat shartli ekanligi bilamiz. Shunga 
qaramay irqlarga oid insoniyatning umumiy tushunchasidan farqli ekanligi 
ko‘ramiz.
Ikkinchi tasniflash turida ochiq belgilar to‘plamiga qarab tuzilgan 
sxemalarni ko‘rishimiz mumkin. Irqlarning geografik joylashuvi tasniflashdagi 
asosiy qoida hxisoblanadi. Dastlab irqlarning dunyo xaritasida egallagan o‘rni 
aniqlanadi va keyin ular ichida alohida belgilariga ko‘ra yana turlarga ajratiladi.
Antropolog olim Daniker irqlarni belgi turlariga qarab , antropologik xilma-
xillikda guruhlarga ajratgan . Danikerning sxemasi boshqa atropolog 
olimlarning qarshiligiga uchraga bo‘lsa ham xozirgi zamonaviy irqiy 
munosabatlarga to‘la javob beradi. U dastab 6 asosiy undan so‘ng 29 ta ikkinchi 
darajalari irqlari farqlanishlarini keltirib o‘tgan. Uning 1902 yilda yaratgan 
jadvalida faqatgina biologik belgilar xisobga olingan. 
Antropologlar aytishadiki irq madaniy va ijtimoiy jihatdan yaratilgan deb 
, ular insonlar ijtimoiyligi yaratganligi nazarda tutishib biologik mavjudlik emas 
deb ta'kidlashgan. Irq etnik masublika o‘xshab biologik reallik emas madaniyat 
kategoriyasiga kiradi deb ta'kidlashgan.
Irqchilik ijtimoiy va siyosiy jihatdan ko‘p ishlatiladigan termin bo‘lib
biologik tushunchalar orqali bir guruhning boshqa guruh ustidan o‘zini ustun 
qo‘yishidir. Irqchilik biologik farqlanishni o‘z ichiqa olib xalqlar o‘rtasidagi 
munosabatlarga rahna solishga sabab bo‘luvchi tushuncha hamdir. Dunyodagi 
har bir nuqtasidagi irqiy jihatdan tasniflash yaxshi mazmunga ega deb 
tavsiflanmaydi. Bu odatda ma'lum bir guruh odamlarning boshqa biridan ustun 
qo‘yishini anglatadi. Shu sababdan agar hatto u fuqarolik tushunchalarida 
biologik tushuncha bo‘lsa ham irq biologik mansublikni ifodalashi qiyin. Irq 


109 
borasida bunday tushunish olimlar orasidan ko‘ra keng jamoatchilik orasida 
muhimroq hisoblanadi. Antropologlar bunga boshqalarga qaraganda 
fundamental tarzda yondashishdan yiroq bo‘lishadi.
Xaqiqat shuki qadim zamondan beri odamlar yuqori va past turuvchi irqlar 
majudligiga ishonishgan va bu ishonishlar xozirgi zamonaviy jamiyatlarda qahr 
va g‘azabni uyg‘otmoqda. Bu ozchilik guruhlarning ko‘pchilik tamonidan 
eksplutatsiya va ustunlik qilishlarining asosiy manbayi bo‘lib kelgan. 
Lekin inson bolasi dunyoga kelgandan keyin o‘z-o‘zini, atrof-muhitni 
dunyoni bilishi, o‘qishi, o‘rganishi, tarbiyalanishi, diniy va dunyoviy ilmlarni 
egallashi, diniy, ahloqiy, estetik, badiiy, huquqiy, siyosiy qarashlarga ega 
bo‘lishi, o‘zining ichki ma'naviy dunyosini hosil qilish, mustaqil fikrlovchi 
shaxsga aylanishi kabi uning ma'naviy-ruhiy jihatlari ham borki, bularsiz uning 
insonligi mumkin bo‘lmaydi.
Umumiy ko‘rinishlariga ko‘ra irqlar biologik farqlanishlari bilan 
ahamiyatli deb biladigan madaniy kategoriyadir. Bundan tashqari irqni biologik 
atama deb tushunish bir muncha kamsitish hamdir. Ya'ni bu boshqa ilmiy fakt 
sifatida qabul qilinmadi. 
Klassik irqiy belgilarni bu nuqtai-nazarni yoqlovchilar rad etadilar. Ular 
irqiy belgilar murrakab genlar orqali avloddan avlodga o‘rib boradiki buni turli 
hil yoki bir xil ekanligi xozirgi fan hali hamon o‘ganish qobilyatiga ega emas.
G‘arb tadqiqotchilarning irqiy reallikni rad etishi G‘arbiy yevropadagi va 
Shimoliy Amerikadagi irqchilik munosabatlarining havotirli holati bilan bog‘liq. 
Oxirgi vaqtlarda MDH mamlataklarda ham irqchilik muammolari ko‘zga 
tashlanmoqda. AQShning ko‘plab shtatlarida qora tanli va kelib chiqishi Lotin 
Amerikalik bo‘lgan aholi soni bo‘yicha ko‘pchilikni tashkil etadi, yevropadagi 
immigrantlar asosan G‘arbiy Afrika va Yaqin Sharqdan kelishgan , shuning 
uchun u yerlarda irqiy munosabatlar juda nozik masala hisoblanadi.
yevropa va Amerikada siyosiy va iqtisodiy elita vakillarini kelib chiqishi 
yevropaliklarga borib taqaladi. Shu sabab qolgan irq vakillari o‘zini ozchilik xis 


110 
qilib kamsitilgandek tuyulishi mumkin. Oxir oqibat bu irqchilika saba bo‘lishi 
mumkin. Tabiiyki hukumat jamiyatdagi bu kasallikni davolash uchun har 
qanday chorani ko‘radi. Ko‘pincha siyosiy maqsadlarda “negr” so‘zi “Afro-
Amerikalik” ga , “Hindu” so‘zi “tub amerikalik” so‘zlariga almashtirilib 
ishlatiladi.
Bu xolat xam u yerdagi antropologiya faning nuqtai-nazariga ham bevosita 
ta'sir etgan. Irq bilan bog‘liq tadqiqotlar hamma darajada tanqidga va ta'qiqga 
uchramoqda. Fanda irqning mavjud emasligi bilan ular ijtimoiy muammoni 
oldini olishni ko‘zlamoqda.
Irqlar farqlanishi global miqyosda anglash 1960 yillardan boshlab yuzaga 
kela boshladi. Biroq irqchilik irqiy o‘zini ustun qo‘yish natijasining ijtimoiy 
tashkil etishir. AQSh 1930 va 1940 yillar mobaynida bir qancha ijtimoiy 
antropologlar irqchilikni darjasini o‘rganishib uning shimoldagi qora tanlilar 
gettolari yuzaga kelishi va segeratsiyasi jarayoni tahlil etishgan. Bundan tashqari
antropologlar irqiy jamiyatlarning tarixiy shakllanishi , irqiy kategoriyalarni 
mahalliy va siyosiy iqtisodiy darajada qanday amal qilishi o‘rganishgan.
AQShda olib borilgan tadqiqotlar irqiylik xususiyatidan ko‘ra etnik 
mansublikka qaratilgani bilan farqlanadi. yevropa va Shimoliy Amerika 
jamiyatlaridagi multi kulturilizsiya jarayoni 1990 yildan boshlab vaziyatni 
o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. Dunyoning repressiv rejimlaridan o‘zini qochqin 
sifatida yevropa va Amerikada qochqin sifatida panoh topishi bu yerlardagi 
etnik va irqiy kamsitilishlarga yo‘l qo‘yilmaydigan ijtimoiy tizimlar mavjud 
degan tushchalar beriladi.
Bunday sharoitda antropologlar faqatgina yangi mavzudagi tadqiqotlarga emas , 
irqchilkning jamiyatga ta'siri va uning insitutlashuvi masalasini o‘zlarining 
faning ichiga kiritishi zarurati ham tug‘iladi. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish