O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/95
Sana19.04.2022
Hajmi3 Mb.
#564547
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95
Bog'liq
Inson evolyusiyasi o\'quv qo\'llanma

 
Internet ma'lumotlari. 
1.
http://antropogenez.ru 


101 
6-bob. Odam vujudga kelishining ijtimoiy aspektlari 
6.1.
 
Irqlarning vujudga kelishi. 
Antropologiya fanining eng muhim muammolaridan biri odamzod 
irqining kelib chiqishini o‘rganishdan iboratdir. Odamzod irqi uning shakllanishi 
va rivojlanishi kishilik jamiyati tarixining uzoq o‘tmishiga borib taqaladi. 
Antropologiya va arxeologiya fani qo‘lga kiritgan dalillar irqlarning shakllanishi 
hozirgi zamon jismoniy tipidagi odamlarning paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda 
sodir bo‘lgan, deb aytishga imkon bermoqda. 
So‘nggi neolitdayoq odamzod irqining uchta turi-yevropoid, negroid va 
mongoloid irqlari shakllana boshlagan. Bu jarayon ham uzoq tarixiy taraqqiyot 
yo‘lini bosib o‘tdi.
Irqlar nasldan- naslga o‘tuvchi tashqi fizik xususiyatlarga ega bo‘lgan 
tarixiy tarkib topgan turli xil odamlardan tashkil topadi. Odamlardagi irqiy 
belgilar aytganidek, azaliy bo‘lmay balki ularning turli yerlarga tarqalishi, turli 
xil geografik omillarta'siri ostida va tarixiy tarkib topgan, shart-sharoitlar 
natijasida paydo bo‘lgan xususiyatdir. yevropada so‘ngi paleolitda paydo 
bo‘lgan Kromanon tipidagi odamlar yevropoid irqining tipik vakili xisoblanadi. 
Baland bo‘ylik, kalla suyagining cho‘ziqligi, qovoq usti qabartma 
suyagining yo‘qligi, keng yumaloq yuzlilik, pastki jag‘ning to‘laligi va iyakning 
yaxshi rivojlanganligi yevropoid irqining o‘ziga xos xususiyatidir. 
yevropoid irqining asosiy belgilarini o‘zida mujassamlashtirgan bosh 
suyaklari fransiyaning Kro-Manon, Shanselad, Komb-Kapell, Orinyak, 
Angliyaning Paviland, Italiyaning Kavilon, Barma Grande, Bausso de-Torre, 
Shimoliy Afrikaning Afalu-bu-Rummel, Maktaal-Arbi, Assillar, Voronej shahri 
yaqinidagi Kostenka, Qrimdagi Murzak-Koba, Fotma-Koba, Yaqin va O‘rta 
Sharqdagi bir qancha joylardan topilgan va o‘rganilgan. 
Lekin yevropoidlar asosan yevropada shakllanib kengroq tarqalgan. 
So‘ngi paleolitda yevropoid irqidan tashqari negroid irqining ham bo‘lganligi 


102 
fanga ma'lum. 
Bu irq vakillari Kromonyonlardan bo‘y-yuzastining pastligi bilan va 
boldirlarining uzunligi, basharalarining yapaloqligi, tishlarining so‘yloqligi, 
sochlarining qora, jingalakligi va iyaklarining o‘rtacha taraqqiy qilganligi bilan 
ajralib turadi. 
Negroid irqining vakillari Italiyaning Grimaldi, Saxroyi Kabirdagi 
Asselyar, Kostenkadagi Markina gora, Palastin va O‘rtaer dengizi xavzasidagi 
ba'zi joylardan ko‘plab topilgan. 
So‘ngi paleolit davrida Markaziy Osiyo, Sibir va unga tutash bo‘lmagan 
joylarda mongoloid irqiga mansub bo‘lgan odamlar yashagan. Bu irq vakillari 
yuz bichimining kattaligi, oldinga tomon chiqib turishi, yonoqlarining o‘siqligi 
yon tomonga biroz bo‘rtib chiqib turishligi shu tufayli yuzning yapaloqroq 
bo‘lishi, ko‘zning biroz qisiqligi, yuqori qovoq burmasining kuchli 
rivojlanganligi burunning o‘rtacha kenglikda bo‘lishi va qansharning pastligi 
bilan xarakterlanadi. 
Mongoloid irqi vakillarining qazilma suyaklari Krasnoyarskdagi 
Afontova Gora P, Pekin yaqinidagi Chjoukoudyanning yuqori g‘oridan topilgan. 
Keyingi vaqtda Uzoq Sharq, Sharqiy Sibir, G‘arbiy Sibir, Mangoliya, 
Xitoy va boshqa joylardan mongoloid irqiga mansub bo‘lgan juda ko‘p kalla 
suyaklari, butun-butun skletlari topildi va topilmoqda. Shuni nazarda tutish 
kerakki, mazkur qadimgi irqlar hozirgizamon irqlariga nisbatan bir-birlaridan 
uncha ko‘p farqlanmaganlar. Biroq so‘ngi poleolit odamlarining ayrim 
vakillarida har xil irqqa oid alomatlar paydo bo‘la boshlagan. Mutaxasislarning 
aniqlashicha ibtidoiy jamiyat rivojlanishining dastlabki bosqichlarida turli 
odamlar yashab turgan tabiiy sharoit, geografik muhit muhim ahamiyat kasb 
etgan. Antropolog Ya.Ya. Roginskiy negroid irqining odamlarining ilk davrdan 
boshlab janubiy kengliklarida issiq, serquyosh o‘lkalarda yashaganligi bilan 
bog‘laydi. 
Arxeolog S. A. Semenov mo‘g‘ul irqidagi bo‘rtgan qovoq, epikantus va 


103 
qisiq ko‘zlarining dastlab paydo bo‘lishida tabiiymuhitning katta rol 
o‘ynaganligini isbotlab bergan. 
Markaziy Osiyo va unga shimol tomondan yondoshgan Sibirning arktik 
rayonlari mo‘g‘ul irqi dastlab paydo bo‘lgan o‘lkalardir.
O‘z-o‘zidan ravshanki, Markaziy Osiyo uchun uzoq davom etadigan 
qattiq shamollar va kuchli qor hamda qum bo‘ronlari xarakterlidir. Bu bo‘ron va 
shamollar to‘xtaganda esa havo toza, tiniq bo‘lib, quyosh butun nurini sochib 
turgan, hamda ko‘zni kattaroq ochib yurishga imkon bermagan.
Shu tufayli mazkur joydagi aholida mo‘g‘ul irqiga xos bo‘lgan qisiq 
ko‘zlilik va qalin qovoqlilik alomatlari paydo bo‘la boshlagan.
Shunday qilib, irqlar va irqiy ayirmalar bir necha o‘n ming yillar 
davomida mahalliy sharoitlarning odam tashqi qiyofasiga ta'siri ostida shakllana 
borgan va rivojlangan hamda nasldan naslga o‘tgan. Hozir yer yuzida yevropoid, 
negroid va mongoloid irqlarining shahobchalari keng tarqalgan. 
Negroid irqi-qora irq ham deb yuritilgan. Ular asosan Afrika, Avstraliya 
va Okaeniyada keng tarqalgan. Ularning soni 300 million kishidan oshiq bo‘lib, 
jahon aholisining10 ni tashkil qiladi. 
yevropoid irq, jonli tilda uni «Oq irq» deb ham ataladi. Mazkur irq 
vakillari 1750 millionga yaqin bo‘lib, yer aholisining 53 ni tashkil qiladi. 
Mongoloid irq, uni sariq ham deyishadi. Mongoloid irqining vakillari 
Osiyo, Amerika va Okeaniyada keng tarqalgan bo‘lib ularning soni 1,220 
million kishidan oshiq bo‘lib, yer yuzi aholisining 37% ga yaqinini tashkil etadi. 
Irq- bu insonni faqatgina biologik farqlanish belgilariga ko‘ra ahamiyatini 
hisobga olib ajratishdir. Klassik irqiy belgilar tashqi ko‘rinishda quydagi belgilar 
bilan farqlanishi mumkin: ko‘z rangi va shakli lab, burun, soch, teri rangi, yuz 
tuzilishi , bosh shakli. Odamlar bir-bir;arini asosan yuz belgilaridan tanib 
olishadi. Yuz belgilari muhim irqiy belgi hisoblanadi. Shunigdek tana tuzilishi 
–bo‘y va og‘irlik , qaddi-qomat yordamchi vazifani bajaradi. Lekin tana belgilar 
irqiy belgilar ichida sharoit nuqtai nazaridan o‘zgaruvchan xisoblanadi. Shuning 


104 
uchun yuz belgilari asosiy irqiy belgili hususiyat sifatida olingan.
Biologik va ijtimoiy belgilar o‘rtasidagi bo‘g‘liqlik yo‘qligi hisobga olib 
insonlar guruxini turlicha usullarda tasniflarga ajratishga to‘g‘ri keladi.
Qadimdan o‘z-o‘zini anglagan, o‘z mavqyei belgilab olgan odamlar guruhini 
etnos deb atash mumkin. Bu asosan til, madaniyat, an'ana , din, madaniy-
xo‘jalik turi amalga oshirida farqlanishiga qarab belgilanadi. Bu xodisalar 
odamlarning biologik xususiyati bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Biologik va 
ijtimoiylik xodisasi faqatgina tarixiy bo‘gliqlik xisoblanadi.
Odamlar u yoki bu etnik guruhga birlashib ular asta sekinlik bilan millatni 
tashkil etadi. Qabila – insonlar eng oddiy ijtimoiy-yetnik tashkilotlaridan biri 
xisoblanadi. Millatlarni birlashtib xalqni tashkil qilishi Ijtimoiy tashkilotning 
eng yuqori cho‘qqisi hisoblanadi. Bir kichik qabila boshqa qabila bilan odatda 
bir antropologik turga kiradi va u yoki boshqa tamondan qarindoshlik darajasida 
bo‘ladi. Bir xalqning vakillari antropologik turga ko‘ra turlicha xam bo‘lishi 
mumkin.
Atigi bundan bir necha ming yil ilgari yer yuzi aholisi buchalik ko‘p va zich 
joylashmagan edi. Odamlar o‘zlashtirgan yerlar hozirgisidan kam farq qilgan. 
Odamlar ilk paleolit davridan boshlab sayyoramizning yashash mumkin bo‘lgan 
joylariga yetib borishgan. Shunday holatlar ham bo‘lganki ajralib qolgan 
guruhlar boshqa aloqalarni uzoq vaqtga yo‘qotgan. Tashqi dunyo bilan aloqa 
mavjud bo‘lmasligi insonlar turlicha darajadagi farqlanishlar sharoitida 
rivojlanishiga olib kelgan. Bunga ikki sabab bo‘lagan bolishi mumkin biri 
geografik uzoqlik , ikkinchisi ijtimoiy omil.
Odatda insonlar guruhining boshqa guruhlardan ajrab qolishiga orollar, turli 
tog‘ vodiylari , o‘tib bo‘lmas o‘rmonlardan makon topishlari sabab bo‘lgan.
Ajralishlar turlicha mashtabda bo‘lishi mumkin. Misol uchun Janubiy va 
Shimoiy Amerika xindular deyarli ming yildan ortiq vaqt davomida 
insoniyatning boshqa dunyosidan ajralgan xolda yashadi.
Bundan tashqari And va amazonka selve qabilalari boshqa hindu 


105 
qabilaridan ajragan xolda yashagan. Avstraliya aborigenlari boshqa dunyo bilan 
ming yillar ajragan xolda yashagan shuningdek qit'ada aloxida geografik 
barerlar ham mavjud bolganki misol pigmey qabilalari faqat qit'aning sharqiy 
qirg‘oqlarida barrinoslar tog‘larda istiqomat qilishgan.
Aniq bir insoni ko‘rinishlarini tavsiflab uning u yoki bu irqga mansubligi 
aniqlashlash tipologik yondashuv xisoblanadi. Buning tarafdorlari irqlarning 
o‘ziga xos xususiyati namunalariga qarab turlarga ajratishni ko‘zda tutadi. Xar 
bir individ qandaydir xususiyatiga ko‘ra u yoki bu irqiy turga mansub bo‘ladi. 
Misol qalin lablar va katta burunlar, jingalak sochlilik va qora tanlilik negroid 
irqqa mansublikni bildiradi. Shunday sxemaga ko‘ra insonlarni bir necha 
guruhga ajratish mumkin. Bu yondashuvga murakkablik shundaki oq tanli 
bo‘lgan insonlarni qaysi irqga mansubligini aniqlash qiyinligidadir. Chunki 
ozgina o‘xshashlik farqlarida adashish aka-ukalarni ham boshqa boshqa irlarga 
ajratib ko‘rsatish olib kelishi mumkin. Bunday belgilar va turlarning soniga 
qarab insoning irqini aniqlashtish o‘zgarishi mumkin.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish