Etnografik ma'lumotlar
old tarixni o‘rganishning muhim ilmiy manbai
sifatida etnografiya xalqlarning tarkibini, kelib chiqishini, xo‘jaligi, turmush va
urf-odatlarini oddiy va ma'naviy madaniyatini shuningdek, madaniy-tarixiy
aloqalarini o‘rganadigan fandir. Etnografiya tarix, arxeologiya, tilshunoslik,
antropologiya fanlari va xalq og‘zaki ijodiyoti-folklor bilan uzviy ravishda
bog‘langandir.
Etnografiya-yunoncha etnos - “ethnos”, “elat”, “xalq”, grafiya - “grapo”
“yozaman” degan qo‘sh so‘zlardan tuzilgan. Uni horijiy mamlakatlarda
etnologiya ham deyiladi.
Etnografik ma'lumotlarni to‘plash qadim zamonlardayoq, ya'ni uzoq-
yaqin xalqlarga nisbatan qiziqish uyg‘ongan davrda boshlangan. Rim,
Yunoniston va O‘rtaer dengizi havzasidan tashqarida yashagan halqlar, elatlar
151
va ular turmushning izchil bayoni dastlab qadimgi davr mualliflari Gerodot,
Ksenofot, Tatsit, Yuliy Sezar, Pompey Trog, Arrian va Strabon kabilarining
asarlarida o‘z ifodasini topgan. O‘rta asrlarda esa vizantiyalik, arab, hind, xitoy,
o‘rta osiyolik va boshqa olimlar Osiyo yevropa, O‘rtaer dengizi atrofida
yashovchi xalq va elatlar haqida ko‘p ma'lumotlar yozib qoldirganlar.
Ular orasida Plano Karpini, Afanasiy Nikitin, Marko Polo, Abu Rayxon
Beruniy, Nosir Xisrav, Ibn Batuta, Istaxriy va Yoqut Xamaviylarning
ma'lumotlari tahsinga loyiqdir.
XV asrda boshlangan buyuk geografik kashfiyotlar davri etnografik
bilimlarni to‘plashda alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu davrlarda ham suv ham
quruqlik bo‘ylab juda katta sayyohatlar uyushtirildi. Bu jihatidan Xristofor
Kolumb, Amerigo Vespuchining Amerikaga, Vasko-de Gamaning Afrika
sohillari bo‘ylab Hindistonga, Magellan va boshqalarning dunyo aylana
sayyohati ham diqqatga sazovordir.
XVI-XX asrlarda jahon bo‘ylab ham dengiz, ham quruqlik orqali juda
ko‘p sayyohatlar uyushtirildi. Ko‘pdan ko‘p tadqiqotlar amalga oshirildi.
XIX asrda etnografiya- etnologiya fan sifatida shakllanib, shundan
boshlab, ko‘plab etnografik ma'lumotlar to‘plana boshlandi. Etnografiyaga oid
ajoyib asarlar yaratildi. Ular orasida Afrika va Osiyoning ba'zi joylarida ibtidoiy
jamoa tuzumi darajasida yashayotgan kishilar tadqiq qilinib, ular hayotiga oid
ma'lumotlar qo‘lga kiritilgan. Bu ma'lumotlar o‘tmishni, ayniqsa old tarixni
o‘rganish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ma'lumki kishilikning old tarixini qayta tiklashda arxeologiya ashyo-
ma'lumotlarning o‘zi kifoya qilmaydi. Shu ta'kidlamoq kerakki, arxeologlar
tomonidan topilgan moddiy-madaniy buyumlar ibtidoiy davrdagi iqtisodiy
rivojlanishning yo‘nalishini va darajasini tasavvur qilishga yordam bersada,
mazkur davrning sotsial tuzumi va ma'naviy taraqqiyotini chuqurroq darajasini
bilib olishga imkon bermaydi.
Ibtidoiy kishilarning xo‘jaligi, ijtimoiy tuzumi, turmush darajasi, ayniqsa
152
oila-nikoh munosabatlari va g‘oyaviy qarashlari qanday bo‘lganligini
o‘rganishda etnografik ma'lumotlar va etnografiya fanining ahamiyati benihoyat
kattadir.
Tarixchilikning eng muhim tarmog‘i va ajralmas qismi hisoblangan
etnologiya-etnografiya fani yer yuzidagi, turli qabilalar, elatlar, xalqlar, millatlar
va etnik guruhlarning turmushi va moddiy madaniyatini o‘rgandi.
Mazkur etnik guruh, qabila, xalq va millatlarning xo‘jalik xayoti,
madaniyati hamda g‘oyaviy qarashlarida esa kishilikning ibtidoiy davriga xos
bo‘lgan irim, urf-odat va qarashlar saqlanib qolganligi kuzatish mumkin.
Etnografiya
fani
Amerika,
Braziliya
changalzorlarida,
Afrika
o‘rmonlarida va savannalarida, Avstraliya dashtlari, Okeaniya orollari va
qit'amizning uzoq burchaklarida kishilikning ibtidoiy darajasida hayot kechirgan
va hamon kechirayotgan qabilalarni biladi.
XIX asr o‘rtalarida ingliz mustamlakachilari tomonidan vahshiylarcha
qirib tashlangan Tasmaniyaning tub-joy aholisi, oz miqdorda saqlanib qolgan
mahalliy avstraliyaliklar, Sumatra orolidagi Kubu, Seylon orolidagi vedda,
Okeaniya orollaridagi yarim yovvoyi qabilalar, Amerika va Afrikada istiqomat
qiluvchi qator qabilalar ibtidoiylikning ko‘p tomonlarini saqlab qolgan. Ularning
aksariyati yarim yalang‘och yurib, toshdan, suyakdan va yog‘ochdan qilingan
oddiy qurollardan foydalanganlar. Mazkur qabilalar metall nima ekanligini
bilmaganlar. Avstraliya, Afrika, Braziliya. Okeaniya va boshqa joylardagi qoloq
qabilalar hayotini o‘rgangan sayyoh olimlar va etnograflar ular tirikchiligining
asosiy manbai ovchilik, terib- termachilik, baliqchilik va dengiz hayvonlarining
ovlash ekanini kuzatganlar. Ular tosh asri kishilari kabi hayot kechirishganlar.
Ularda diniy e'tiqod shakillari hilma-hil va oddiy bo‘lgan.
Qoloq qabilalarning turmush tarzini chuqur va xar tomonlama o‘rgangan
tarixchi, etnograflar ulardan kishilikning ibtidoiy old davri tarixini ayrim
jihatlarini tiklashda foydalanish mumkin ekanligini isbotlab berganlar.
Shuni ham alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, mazkur qaloq qabila va
153
xalqlarning barchasi haqiqiy ibtidoiylikdan ancha yuqori bo‘lgan rivojlanish
bosqichida turar edilar. O‘tmishda ularning hammasi bir-biridan ajralgan holda
yashagan bo‘lmasinlar, o‘zlariga nisbatan ancha rivoj topgan xalqlar ta'siriga,
keyinroq davlatlarning yuksak madaniyati ta'siriga uchraganlar.
Lekin, shunga qaramay ularning turmush tarzi, xo‘jaligi va ma'naviy
madaniyatida ibtidoiy davrga xos bo‘lgan hususiyatlar saqlanib qolgan edi.
Yana shuni ta'kidlab o‘tish joizki. Ibtidoiy davr kishilariga hos bo‘lgan
belgilar yuksak darajada rivoj topgan xalqlarning moddiy va ma'naviy
madaniyati ham sarqit yoki an'ana sifatida saqlanib qolganligini kuzatish
mumkin. Keksa o‘tmishning keyingi ijtimoiy jamiyatlar negizida saqlanib
kelayotgan ayrim an'ana, sarqit va qoldiqlari kishilikning ibtidoiy davrdagi
hayotining ba'zi jihatlarning qayta tiklash muhim ahamiyat kaksb etishi
mumkin. Qadimgi davrning mazkur qoldiq, sarqit va an'analari jahondagi barcha
xalqlarning to‘y, bayram, dafn marosimi, mafkuraviy qarashlari, kiyimlari, uy-
ro‘zg‘or buyumlari, san'ati, bezaklari, turar joylarining tuzilishi va qator
udumlarda ko‘zga tashlanadi. Bu esa olimlarga ibtidoiy jamiyat tarixining
ochilmagan muammolarini hal qilishda imkoniyat ochib beradi, xususan olov
bilan bog‘liq an'analar dunyo xalqlari hayotida saqlanib qolganligini kuzatish
mumkin.
Shunday qilib, jahon miqiyosida to‘plangan etnografik ma'lumotlar old
tarixning ayrim tomonlarini u yoki bu darajada qayta tiklashda eng asosiy
manbalardan biri sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |