Yutuqli obligatsiyalar haqida gapiradigan bo’lsak - bu obligatsiyalar bo’yicha daromad, doimo o’tkazilib turadigan tirajga asosan yutuq tarzida to’lanib turadigan obligatsiyalar hisoblanadi.
Foizli obligatsiyalar – obligatsiya egasiga belgilangan vaqt davomida kelishilgan daromadni olib turish va tugatilayotganda obligatsiyaning nominal qiymatini olish huquqini beruvchi obligatsiyalardir. To’lovlar muddati obligatsiyalar chiqaruvchining shartlarida belgilangan bo’ladi.
Foyizsiz (maqsadli) obligatsiyalar- ushbu obligatsiyalar foiz to’lanmaydi, obligatsiya bo’yicha daromad nominaliga nisbatan belgilangan diskont hisobiga paydo bo’ladi (emissiya bahosi nominaliga nisbatan past bahoda belgilanadi) va faqat obligatsiya tugatilayotganda to’lanadi. Maqsadli obligatsiyalarda ularni chiqarishga asos qilib olingan mahsulot xizmat majburiy rekvizitlari qilib belgilanadi. Obligatsiyalar qimmatli qog‘ozlarning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha jahon qarzlarining taxminan 95% i aynan obligatsiyalarga tegishli.
Obligatsiya – emission qimmatli qog‘oz bo‘lib, uning egasiga obligatsiya emitentidan obligatsiyada ko‘zda tutilgan muddatda uning nominal qiymati va unda qayd qilingan shu summadan yoki boshqa mulk ekvivalentidan foiz olish huquqini beradi. Aksiyalardan farqli ravishda, obligatsiyalar doimo nominalga ega bo‘ladi.
Nominal – bu emitent belgilangan vaqt oralig‘idan so‘ng qaytarish majburiyatini o‘z zimmasiga oladigan qarz miqdoridir.
U yoki bu mamlakatning obligatsiyalar bozori hajmi chiqarilgan obligatsiyalar (va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari) nominallari yig‘indisi bo‘yicha baholanadi.
Obligatsiyalar daromadliligi Obligatsiya narxidan tashqari daromadlilik ham eng muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
Daromadlilik ko‘rsatkichlarining bir necha xil turi mavjud:
• Nominal daromadlilik -Nominal daromadlilik (kupon stavkasi) – kupon summasining nominalga nisbati:
•Joriy daromadlilik - Joriy daromadlilik – kupon summasining obligatsiya joriy qiymatiga nisbati:
•To‘lanishi lozim bo‘lgan daromadlilik- To‘lanishi lozim bo‘lgan daromadlilik (obligatsiya ichki daromadliligi) – investitsiyalar samaradorligi, obligatsiya pulini qaytarish muddatiga qadar ushlab turilganda olinadigan daromadlilik.
•To‘liq daromadlilik- Yakuniy, yoki to‘liq daromadlilik bir yilga hisoblaganda ushbu obligatsiyani xarid qilishga sarflangan xarajatlar birligiga to‘g‘ri keladigan obligatsiya bo‘yicha to‘liq daromadni tavsiflaydi.
Daromadlilikni hisob-kitob qilishning formulasi mavjud:
• oddiy foizlardan kelib chiqib: Hisob-kitob olingan kuponlar qayta investitsiya qilinmaydi degan taxmindan kelib chiqib bajariladi.
bu erda, r – daromadlilik stavkasi, foizda;
C – obligatsiyalarga egalik qilish vaqti davomida olingan kuponlar, so‘m;
P 1 – obligatsiyaning sotuv narxi, so‘m (agar obligatsiya puli qaytariladigan bo‘lsa, N – nominal olinadi);
P 0 – obligatsiyani xarid qilish narxi, so‘m;
t – investitsiyalash vaqti, kunlarda.
• murakkab foizlardan kelib chiqib:
Moliya vositasining to‘lovlar oqimining ichki daromadliligi. Moliya vositasining ichki daromadliligi deb moliyaviy vosita to‘lovlari oqimining keltirilgan qiymati uning bozor narxiga teng bo‘ladigan daromadlilikka aytiladi.
«Puli qaytarilgunga qadar daromadlilik» tushunchasining ma’nosi shundan iboratki, u obligatsiyalarga investitsiyalar samaradorligini nafaqat kupon stavkasi kabi ko‘rsatkich bo‘yicha, balki obligatsiyani xarid qilish paytidagi narxi va uning pulini qaytarish vaqtidagi narxi o‘rtasidagi farqni hisobga olgan holda baholash imkonini beradi.
Hisob-kitob olingan kuponlar qayta investitsiyalanmaydi degan taxmindan kelib chiqib bajariladi. Bu holatda daromadlilikni hisob-kitob qilish uchun murakkab foizlar bo‘yicha formuladan foydalaniladi:
bu erda, r – 1 dan ulushlarda daromadlilik stavkasi;
F V – pul oqimining kelajakdagi qiymati;
P – obligatsiya sof qiymati (xarid narxi);
n – hisoblash davrlari soni.
Do'stlaringiz bilan baham: |