O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
Jurnalistika fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili
yo‘nalishi
“Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fanidan
Kurs ishi
Mavzu: Turkiy tillarda terminalogiya masalalari
Bajardi: Narziqulov Bexro'z
Tekshirdi: Rasulov Namoz
Toshkent – 2021
Mundarija:
Kirish.
I. BOB. TURKIY TILLARDA TERMINALOGIYA MASALALARI O'ZBEK
TILI MISOLIDA
1.1.
Termin va terminalogiya
1.2. O'zbek terminologiyasining shakllanish bosqichlari.
1.3. O'zbek tili so'z boyligida sohaviy terminlar va ularning til
xususiyatlari
Bob bo‘yicha xulosalar.
II. BOB. TERMINALOGIYA MASALALARI
2.1. O'zbek terminalogiyasining leksik-genetik xususiyatlari.
2.2. Terminalogiya masalalari bo'yicha ilmiy adabiyotlar tahlili.
Bob bo‘yicha xulosalar.
Umumiy xulosalar.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Hozirgi paytda dunyo tilshunosligining diqqat markazida turli xil
mavzular bilan birga terminologiya ham turibdi. Aynan shu davrda
zamonaviy tilshunoslik fanida yanada keng ma’no kasb etgan va chuqurroq
o‘rganilayotgan “terminologiya”ni topish mushkul vazifaladan biri
hisoblanadi. Terminologiya zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning aktual
yo‘nalishlaridan biridir. Hozirgi vaqtda terminologiya masalasining o‘sib
borishi, bir tomondan, ilmfanning dinamik rivojlanishi tufayli yangi
tushunchalarning ko‘payib borishi sababli deb qaralsa, ikkinchi tomondan,
terminlarning shakllanish jarayoni, rivojlanishi va funksiyasi kabi
masalalarning yetarli darajada o‘rganilmaganligi bilan bog‘liq hodisa deb
izohlanadi. Terminalogiya har bir til so’z boyligining juda kata qismini tashkil
etadi. Uning juda tez rivojlanishi ham bejiz emas, chunki u yangi so’zlar
yasash imkonini beradi.Biror tilning terminologiyasi ko’p terminlar tizimidan
tashkil topgan. Bilim, sanoat yoki madaniyatning biror maxsus sohasidagi
biror so’z yoki so’z birikmasi termin deb ataladi. Termin ifoda etayotgan
biror so’zning mazmuni mavzuli biror adabiyotda izohlash orqali talqin
qilinadi. So’z ifodasi lingvistik termin deb hisoblanishi mumkun deb yozgan
edi Z.Xarris va I.F.Frizyslar. Ular deskriptiv lingvistika tarafdorlaridan bo‘lib,
so‘z ifodasini quyidagicha ta’riflaydilar: “So‘z ifodasi insonning har qanday
nutqi bo‘lib, u sukutdan oldin yoki keyin ifoda etilishi mumkin”. Fanning har
bir bo‘limi yoki maktabi o‘z tabiati va metodlariga moslab maxsus
terminologiyani rivojlantiradi. Bunday maxsus terminologiya ilmiy
izlanishning muhim qismi bo‘lib, o‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki u
rivojlanishga katta hissa qo‘shadi.
Turkiy tillarning shakllanishi va taraqqiyoti, ularning o‘zaro
munosabati, bir -biriga ta’siri masalalari turkiy filologiyaning asosiy tadqiq
obyekti sanaladi. M.Qoshg‘ariy mashhur “Devoni lug‘ot-it turk” asaridayoq
turkiy tillarni taqqoslash usulidan unumli foydalangan edi. Bu mavzu orqali
turkiy filologiyaning o‘rganilishi masalasi emas, balki turkiy tillarni diakron
va sinxron planda qiyosiy o‘rganishga oid tadqiqotlar mazmuniga e’tibor
qaratiladi, Bunday tadqiqotlar mundarijasini uch qismga bo‘lib o‘rganish
maqsadiga muvofiqdir. Birinchisi, XX asr boshlarigacha bajarilgan ilmiy
ishlar, ikkinchisi, hozirgi davrda qilingan ishlar va uchinchisi, chet el olimlari
tomonidan bajarilgan tadqiqotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |