O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi



Download 411,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana19.02.2022
Hajmi411,28 Kb.
#459352
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Narziqulov Bexro\'z Kurs ishi

pistirma, qo‘shin (eski shakli: qo‘shun), ilg‘or, soqchi, qorovul, ayg‘oqchi, 
to‘pchi, dengizchi, chopar, mergan, qochoq va h.k.; 2) qurol-yarog‘ va 
aslahalar nomini anglatuvchi to‘p, qurol- yarog‘, kema, o‘q, qo‘ndoq, qalqon, 
sol, kiyim, quloqchin va h.k.; 3) urush, tinchlik, g‘alaba, mag‘lubiyat, sulh, ta’qib 
kabi mavhum ma’noni ifodalovchi leksik birliklar oiddir. 
Tarixiy qadimiyligi bir necha yuz yillar bilan o‘lchanuvchi zoologik 
terminologiya ham hozirgi kunlarga qadar ma’lum sondagi so‘zlarni 
tizimida asrab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Sinchkovlik bilan qilingan tahlilga
muvofiq XI-XIV asr eski turkiy til yozma obidalari tilida qo‘llangan 432 ta 
zoonimning 365 tasi asl turkcha, 33 tasi forscha-tojikcha, 26 tasi arabcha, 5 
tasi mo‘g‘ulcha, 3 tasi esa hind-yevropacha ekanligi aniqlangan.
Sof turkiy 365 zoonimlar tub (158) hamda yasamalarga (207) taqsimlanadi. 
Yasama zoonimlarning 132 tasi morfologik, 59 tasi sintaktik, 5 tasi esa 


semantik yo‘l bilan hosil qilingan. Chunonchi, to‘ng‘iz, bo‘rsiq, biya, kiyik, 
quyon, shunqor, g‘oz, o‘rdak, burga, qo‘ng‘iz, ot, tovuq singari talay leksik 
birliklar hozirgi o‘zbek zoologik terminologiyasi tarkibida faol qo‘llanmoqda 
( Abdushukurov 1998; 1).
VII-XIV asrlar yozma yodgorliklari matnlarida qayd etilgan elchi, elchilik, 
elchixona, yorliq, sulh, sulhnoma, xabar, josus, tashrif, ijozat, qabul, noma,
muhr, dushmanlik, nishon va boshqa asl o‘zbekcha (turkiy) hamda 
o‘zlashma so‘z va so‘z birikmalari zamonaviy o‘zbek diplomatik 
terminologiyasi tizimida keng ishlatilmoqda ( Dadabayev 1994 ;4-13.).
Ayni chog‘da, hozirgi o‘zbek diplomatik terminologiyasi taraqqiyotini uning 
tarkibiga kirib kelayotgan, bugungi jahon diplomatiyasi sohasida mavjud
tushuncha va mazmunlarni ifodalovchi leksemalarsiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. Hozirgi o‘zbek diplomatik terminologiyasi genetik jihatdan 
turli-tumandir. Uning safida azaldan qo‘llanishda bo‘lgan umumturkiy 
terminlar qatori, sharq va Yevropa (rus, ingliz, nemis) tillaridan turli 
zamonlarda kirib kelgan o‘zlashmalar ham o‘z aksini topgan. “O‘zbek 
tilining izohli lug‘ati” materiallari asosida qilingan statistik tahlil diplomatik 
terminlarning umum o‘zbek adabiy tilida qo‘llanish darajasi chastotasining 
pastligini ko‘rsatdi. Xususan, nomi tilga olingan izohli lug‘atdan o‘rin olgan 
60.000 so‘zlarning bor-yo‘g‘i 410 tasi, yani 0,7% ini diplomatik terminlar 
tashkil qiladi, xolos ( Abdullayeva 2003;160).
Ma’lumki, juda qadim zamonlardan insonlarning vaqtni aniqlash, bir 
makondan boshqa joyga harakat qilish, sayohatlarga borish ehtiyoji 
natijasida osmon va undagi jismlar, sayyoralar ,yoritqichlar harakatini 
o‘rganuvchi maxsus fan, ya’ni astronomiya shakllangan. Astronomiya 
fanining asrlar mobaynidagi taraqqiyoti natijasida ushbu sohaga tegishli 
terminologik mikrotizim shakllandi.
Hozirgi o‘zbek tili astronomik terminologiyasi tizimi X-XIV asrlardan 
e’tiboran muomalaga kirgan nujum ilmi (astrologiya), munajjim (astrolog), 


yulduz, sayyora, usturlob, Hulkar, Arslon, burj, Qovg‘a, Yetagan (Katta Ayiq), 
Cho‘lpon (Venera), Mushtariy (Yupiter) singari qadimiy astroponim 
(kosmonim)larni saqlab qolishga erishgan ( Dadabayev 1994; 32-43). 
Astronomiya va kosmonavtika fanlarining so‘nggi vaqtlarda jadal 
rivojlanishi,tabiiy, o‘z ifodasini hozirgi o‘zbek adabiy tili so‘z boyligida ham 
topdi. 
Uran, Neptun, Pluton, asteroid, Ulug‘bek asteroidi, Osiyo asteroidi, Galley 
kometasi, Neuymin kometasi, selenonim, Kirill krateri kabi astroponimlar 
ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlarda faol ishlatilmoqda, darslik, qo‘llanma 
hamda turli xarakterdagi lug‘atlarda qayd etilmoqda ( Primov 2009). 
Xulllas, genetik ko‘rinishi nuqtai nazaridan o‘zbek tilida qo‘llanuvchi 
terminlar: a) terminologiya tizimiga tayyor til birligi sifatida qabul qilingan 
so‘zlar; b) maxsus nom tarzida yasalgan so‘zlarga taqsimlanadi. Bunday 
ko‘rinishni muayyan lisoniy hodisa va vaziyatlarning mahsuli, deb baholash 
kerak bo‘ladi. 
Tarixiy manbalarda muayyan narsa-predmet, tushunchani ifodalashda 
ba’zan sinonimik qatorlarning ishtirok etgani kuzatiladi. Masalan: bek-amir, 
tuman-nohiya, o‘ng qo‘l-burang‘ar, mang‘lay – hiravul, yalavach-rasul-qosid va 
h.k. Terminologiyadagi sinonimlar o‘zgacha tabiat va boshqa funksiyalarga 
ega bo‘lgani bois (stilistik vazifa bajarmaydi) ayrim tilshunoslar tomonidan 
dubletlar deb nomlanadi (Reformatskiy 1987.91). Sinonimiya (variantdorlik) 
terminologik sistema shakllanishining boshlang‘ich davrlariga xos, bu 
davrda variantlar miqdoran ko‘p bo‘lib, eng maqbul terminni tanlash 
hodisasi hali reallashmagan edi (Danilenko, 1977,73). 
2



Download 411,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish