O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi



Download 411,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana19.02.2022
Hajmi411,28 Kb.
#459352
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Narziqulov Bexro\'z Kurs ishi

Xulosa. 
Arxaizmlar ostida o‘tmishda faol qo‘llangan, biroq vaqt-zamon o‘tishi 
bilan ishlatilish chastotasi o‘ta susaygan yoxud o‘rnini tub yoki 
o‘zlashmalarga bo‘shatib berishga majbur bo‘lgan leksik birliklar nazarda 
tutiladi. Arxaizmlar o‘zbek tili so‘z boyligining shakllanish va rivojlanishining 
bizga ma’lum barcha davrlarida mavjud bo‘lgan. Sobiq sho‘rolar hukmronligi 
davrida o‘zbek tili leksikasida qadimdan faol qo‘llanib kelgan ko‘pdan-ko‘p 
tub hamda arab va fors-tojik tilidan turli omillar oqibatida o‘zlashgan so‘z va 
iboralar ruscha yoki rus tili orqali G‘arbiy Yevropa tillaridan kirib kelgan 
leksik birliklar bilan almashtirilgan edi. Buning natijasida, eski turkiy til va 
eski o‘zbek adabiy tilida ishlatilgan minglab so‘zlar, terminlar eskirgan, ya’ni 
arxaizmlar sirasiga kirib qolgan edi. O‘zbek tilining 1980 yilda Moskvada 
nashr qilingan ikki tomdan iborat izohli lug‘atida talaygina so‘zlarga 
eskirgan belgisi qo‘yilgani ma’lum.
O‘zbekiston Respublikasi 1991 yilda o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach,
mamlakat rahbariyati va hukumati oldida yuqoridagi nohaqlikka barham 


berish, moziyda ajdodlar tilida keng ko‘lamda ishlatilgan so‘z va terminlarga 
qayta jon ato etib, ularga til so‘z boyligidan munosib o‘rin berish, ya’ni 
eskirgan tamg‘asi bosilgan leksik birliklarni ruscha va u orqali tilimizga 
zo‘rma-zo‘raki olib kirilgan g‘arbiy yevropacha so‘z va istilohlar o‘rnida 
qo‘llash borasida jiddiy harakatlar amalga oshirildi. Buning natijasi o‘laroq, 
o‘zbek tilining leksik tarkibi, xususan, terminlar tizimida sezilarli o‘zgarishlar 
yuz berdi. Ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan ushbu hodisa 
oqibatida ko‘pdan-ko‘p eskirgan so‘zlar qaytadan muomalaga olib kirildi, va 
aksincha, totalitar tuzum va kommunizm qurish g‘oyasi, mafkurasi bilan 
bog‘liq tushunchalar insonlar turmush tarzidan chiqib ketgach, ularni 
ifodalovi ko‘pgina so‘z va terminlarni ishlatishga ortiqcha hojat qolmadi. 
Chunonchi, demokratik sentralizm, sotsializm, tarixiy materializm, ilmiy 
kommunizm kabi termin va birikmalar tarix sahifasidan o‘rin oldi. Aksincha, 
tom ma’nodagi erkin va ozod davlat barpo etish mafkurasi ostida o‘z yo‘lini 
tanlab olgan o‘zbek xalqi turmish tarzida paydo bo‘lgan mutlaqo yangi 
tushunchalar va realiyalar eski so‘zlar qatoriga kiritilgan leksemalar 
yordamida ifodalandi. Bunday holat ayniqsa, ijtimoiy- siyosiy va 
sotsial-iqtisodiy terminlar tizimida ravshan ko‘zga tashlandi. Davlat 
boshqaruv strukturasining ijrochi, qonun chiqaruvchi va nazorat qiluvchi 
organlariga taqsimlanishi shu sohalarga oid terminlar tizimining sof 
o‘zbekcha yoki arabcha va forscha-tojikcha so‘zlar hisobiga kengayishiga 
olib keldi. O‘zbek tili ijtimoiy-siyosiy terminlar tizimidan vazir, bosh vazir, 
vazirlik, viloyat, tuman, qo‘rg‘on, hokim, viloyat hokimi, tuman hokimi, 
hokimlik// hokimiyat, oqsaqol, qishloq oqsoqoli singari arxaizmlar
mustahkam o‘rin oldi. Jarayon, ma’ruza, mavzu, hujum, hamla, ilg‘or, soqchi, 
malham, shifokor, bosh shifokor, saraton, qorason, hay’at, bo‘hron, muhr, yorliq, 
taftish singari turfa sohalarga oid terminlar bugungi kunda millat vakillari 
tilida faol ishlatilmoqda. Xullas, istiqlol tufayli anchagina eskirgan so‘z va 
istilohlar o‘zbek tili lug‘at tarkibidan qayta o‘rin egalladi va ular millat 


vakillarining kundalik muloqati uchun zarur vazifani bajarishda xizmat 
qilmoqda.
Terminologiyaga doir adabiyotlarda ta’kidlanishicha, motivlanmagan, 
ya’ni belgili terminlar o‘z tarkibiga tilda mavjud tub leksik birliklar,boshqa 
tillardan kirgan o‘zlashmalar, kalkalar, shuningdek, o‘z so‘zlardan semantik 
(metonimik) ko‘chim orqali hosil bo‘lgan terminlarni qamrab oladi.

Download 411,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish