Skanerlovchi zondli mikroskoplar(SZM) - Skanerlovchi zondli mikroskoplar(SZM)
- Faraz qilaylik, sizning ko‘zingizni bog‘lab, qandaydir buyum to‘g‘risida ma’lumot berishingizni so‘rashdi. Siz nima qilasiz? Albatta, siz buyumni qo‘lga olib, uni ushlab ko‘rib, qandaydir madumot olishga harakat qilasiz. Lekin, siz har chand urinmang buyumning ba’zi xossalari to‘g‘risida (masalan, uning rangi to‘g‘risida) madumot ola bilmaysiz. Shunga qaramasdan, siz buyum shakli, o'Ichami, temperaturasi, qattiqiigi, maieriali to‘g‘risida ma’lumot berishingiz mumkin.
- Skanerlovchi zondli mikroskoplar mana shunday buyum sirtini “paypasiash” usulida ishlaydi.
- Skanerlovchi zond mikroskoplari atom darajasidagi ajratuvchanlikka ega bo'lib, faqat vakuumda emas, balki gazli va suyuq muhitlarda ham ishlay oladi. Bugungi kunda ular nanotexnologlarning asosiy analitik qurilmasi bo‘lib xizmat qilmoqda.
- Skanerlovchi mikroskoplarning tunnel va atomiy-kuch turlari bilan yuqoridagi boblarda tanishib chiqqanmiz, xohlovchilar uni qayta o‘qib chiqishlari mumkin. Bu yerda biz ularning ma’nosini qisqacha eslatib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |