135
6.2. Internetning asosiy protokollari
Protokol
– tarmoqda axborotni uzatish qoidalari toʻplami, apparat va dasturiy
taʻminotni birgalikda ishlashini taʻminlash uchun barcha kompaniyalar bu
protokollarga amal qilishlari lozim. Protokol - xabarlar turi va formatini, xabarlarni
uzatilish tartibini belgilaydi.
Internet tarmogʻi turli
qoidalar
(protokollar) boʻyicha ishlaydigan
tarmoqlarni birlashtiradi. Turli qoidalarni
moslashtirish uchun
shlyuzlar
(maxsus
kompyuterlar) qoʻllanadi.
Internet tarmogʻida protokollarni 2 turi mavjud – bazaviy va amaliy. Bazaviy
protokollar (TCP/IP) maʻlumotlarni tarmoq boʻyicha fizik joʻnatilishiga javob
beradi. Amaliy protokollar – maxsuslashtirilgan xizmatlar ishlashiga javob beradi,
masalan (http – gipertekstli xabarlarni uzatish protokoli, ftp – fayllarni uzatish
protokoli).
TCP/IP bazasidagi Internetning mijoz/server
muhitida, server amaliy daraja
(satx) protokolini hisobga olib portlarni belgilaydi, u mijoz satxida bajariladi. Port
nomeri – bu 0 dan 65 536 gacha diapazondagi 16-bitli kattalikdir.
Umumiy maʻlum portlar tizim jarayonlarida yoki amaliy dasturlarda
ishlatiladi. Ular 0dan 1 023 gacha diapozondagi sonlar bilan nomerlanadi. Misol,
port 25- SMTP protokoli (Pochtalarni uzatishning oddiy protokoli), port 80 -
HTTP protokoli.
Bir necha standart protokollar toʻplami (ularni yana steklar deb atashadi)
mavjud, ular juda koʻp tarqalgan:
ISO/OSI protokollar toʻplami;
IBM System NetWork Architecture (SNA);
Digital DECnet;
Novell Net Ware;
Apple, apple Talk;
Internet global tarmoq protokollar toʻplami, TCP/IP.
136
Bu roʻyxatga global tarmoqni kiritilganligi tushunarli, chunki OSI modeli har
qanday ochiq tizimda ishlatiladi.
Sanab oʻtilgan protokol toʻplamlari uchta asosiy turga boʻlinadi:
amaliy protokollar (OSI modeli amaliy, prezentatsion va
aloqa vaqtini
boshqarish bosqichlar vazifasini bajaradi);
transport protokollari (OSI modelining transport va aloqa vaqtini
boshqarish bosqichlar vazifalarini bajaradi);
tarmoq protokollari (OSI modelining uchta pastki bosqichlar
vazifalarini bajaradi).
Amaliy protokollar – ilovalarning muloqoti va ular oʻrtasidagi axborot
almashinuvini
taʻminlaydi.
Ularning
koʻp
ishlatiladigani
va
taniqliligi
quyidagilardir:
FTAM (File Transfer Access and Management) – fayllarga bogʻlanish
OSI
protokoli;
X.400 – elektron pochtalarni halqaro almashish uchun CCITT
protokoli;
X.500 – bir necha tizimda fayl va katalog xizmati CCITT protokoli;
SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) – elektron pochta almashinuvi
uchun Internet global tarmoq protokoli;
FTP (File Transfer Protocol) – fayllar uzatish uchun Internet global
tarmoq protokoli;
SNMP (Simple Network Management Protocol) – tarmoq monitoringi,
tarmoq qismlarini nazorat va ularni boshqarish protokoli;
Telnet – Internet
global tarmoq protokoli, u uzoqdagi hostlarni qayd
qilish va ularda axborotga ishlov berish vazifasini bajaradi;
Microsoft SMBs (Server Message Blocks, serverni xabar berish
bloklari) va mijoz qobigʻi yoki Microsoft redirektorlari;
NCP (Novell Net Ware Core Protocol) va mijoz qobigʻi
yoki Novell
redirektorlari.
137
Tarmoq protokollari – manzillash, yoʻnaltirish, xatoliklarni tekshirish va
qayta uzatish soʻrovlarini boshqaradi. Ularni koʻp ishlatiladiganlari quyidagilar:
IP (Internet Protocol) – axborot uzatish uchun TCP/ IP – protokoli;
IPX (Internet Work Packet Exchange) – paketlarni uzatish va
yoʻnaltirish uchun moʻljallangan Net Ware
firma protokoli;
NW Link – IPX/SPX protokollari Microsoft firmasining tadbiqi;
Net BEUI – transpotr protokoli – u axborotlarni tegishli vaqtda uzatish
va Net BIOS ilovasi.
Shuni aytib oʻtish kerakki, protokollarni loyihalashtiruvchilar yuqorida
koʻrsatilgan bosqichlarga har doim ham rioya qilmaydilar. Masalan, baʻzi
protokollar OSI modelining bir necha bosqichlarining vazifalarni bajarsa, boshqa
protokollar bir bosqichning baʻzi vazifalarini bajaradi.
Bu hol turli firma
protokollarini koʻpincha oʻzaro mos tushmasligiga olib keladi, yana bu protokollar
oʻzi tuzgan protokol toʻplamida (stek) muvafaqiyatli ishlatilishi mumkin, ular u
yoki bu holda tugallangan guruh vazifalarini bajarishi mumkin. Xuddi shu tarmoq
operatsion tizimini «firma» qilish mumkin, yaʻni ochiq standart OSI modeli bilan
oʻzaro mos tushmaslikka olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: