O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Jizzax viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi



Download 0,64 Mb.
bet14/96
Sana10.02.2022
Hajmi0,64 Mb.
#440441
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   96
Bog'liq
Iroda Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Kislorodli birikmalar. Neft va neft mahsulotlarining asosiy organik
kislotalarini naftenli guruhlar tashkil etadi. Ular R–COOH
ko‘rinishidagi karbon kislotalarga taalluqlidir. Bunda R – uglevodorodli
radikal; COOH – birikmaning kislota xususiyatiga ega
ekanligini ko‘rsatuvchi karboksil guruhi.
Naften kislotalar yuqori qaynash haroratiga (200°C dan yuqori)
ega, xona haroratidagi zichligi 1 g/sm3 ga teng bo‘lgan, neft mahsulotlarida
yaxshi eruvchi va suvda umuman erimaydigan moyli
suyuqlikdir.
Naftenli kislotalar ta’sirida qora metallar zanglamaydi, ammo
rangli metallar (asosan, rux va qo‘rg‘oshin)ga jadal ta’sir ko‘rsatib,
ularning tuzlarini hosil qiladi. Naftenli kislotalarning asosiy qismi
neftning yonilg‘i-gazoyl fraksiyasi tarkibida bo‘ladi. Smola-asfaltli moddalar uglerod, vodorod, kislorod va oltingugurtlarning
murakkab birikmalaridir. Smola-asfaltli moddalar
neytral neftli smolalar, asfaltenlar, karbon va karboidlar hamda
nordon neftli smolalarga bo‘linadi.
Neytral smolalar yarim suyuq cho‘ziluvchan, to‘q sariq yoki
jigarrang modda bo‘lib, kuchli bo‘yash xususiyatiga ega. Smolaning
zichligi 1 g/sm3 bo‘lib, elementlar tarkibi quyidagicha: 80–
85 foiz uglerod; 10 foiz vodorod; 5–10 foiz kislorod. Empirik formulasi
СnH2n – mО. Bunda n = 16–69, m = 840 va p = 1–3. Smolalar
neft mahsulotlarida oson eriydi, spirt va asetonda esa qiyin eriydi.
Asfaltenlar qo‘ng‘ir-qoramtir yoki qora rangdagi qattiq moddalar
bo‘lib, yaxshi bo‘yash xususiyatiga ega. Zichligi 1 g/sm3 dan
ortiq, elementar tarkibi bo‘yicha neytral smolalardan tarkibidagi
uglerod miqdorining birmuncha ko‘pligi va vodorod miqdorining
kamligi bilan farq qiladi. Ular neftning yengil fraksiyasi va spirtda
erimaydi; benzol, xloroform, neftning og‘ir fraksiyalarida, ayniqsa,
neftli smolalarda kalloidli eritmalar hosil qiladi. Asfaltenlar
300°C dan yuqori haroratlarda parchalanadi.
Agar neftli smolalar uglevodorodlarni oksidlab polimerlash
natijasida olinsa, u holda ularni keyingi zichlashtirish asfaltenlarning
hosil bo‘lishiga olib keladi va buning natijasida karbon va karboidlar
hosil qiladi.
Karbon va karboidlar tashqi ko‘rinishi bo‘yicha asfaltenlarga
o‘xshash bo‘lib, nisbatan to‘q rangga ega. Karbonlar faqatgina
oltingugurtli vodorod va pridinda eriydi. Karboidlar erimaydigan
birikmalardan tashkil topgan.
Nordon neftli smolalar (asfaltogen kislotalar va ularning angidridlari)
– yarim qattiq va qattiq moddalar bo‘lib, zichligi 1 g/sm3
dan yuqori. Ular spirt va xloroformda eriydi, benzinda erimaydi.
Nordon smolalar kislota, oksikislota va boshqalarni polimerlash va
kondensatsiyalash natijasida hosil qilinadi.
15
Smola-asfaltli moddalar, asosan, neftning og‘ir fraksiyasi tarkibida
bo‘lib, benzin fraksiyalarida bo‘lmaydi.
Oltingugurtli birikmalar neft va neft mahsulotlari tarkibida,
shuningdek, smola-asfaltli moddalar tarkibida erkin holda bo‘ladi.
Ular aktiv, ya’ni metallar bilan reaksiyaga kiruvchi (vodorod
sulfid H2S, oltingugurt elementi S, merkaptanlar – yoqimsiz hidli
uchuvchi suyuqlik) va passiv yoki neytral (sulfidlar) – metallarga
ta’sir ko‘rsatmaydigan guruhlarga bo‘linadi. Neytral guruhlar oltingugurt
birikmalari asosiy massasining 70–80 foizini tashkil etadi.
Neft mahsulotlarida aktiv oltingugurt birikmalarining bo‘lishiga
ruxsat etilmaydi. Passiv birikmalar kam zararlidir. Ular moylarga
kam miqdorda qo‘shilsa, moylash pardasining chidamliligini
oshiradi
va yeyilish jadalligi kamayadi. Yonilg‘i tarkibida oltingugurt
birikmalarning bo‘lishi maqsadga muvofiq emas, chunki ular
yonilg‘ining yonish jarayonida suv bilan birikib, o‘tkir ta’sirchan
kislotalar hosil etuvchi gaz ajratadi. Bu esa dvigatel detallarining
jadal korroziyalanishiga sabab bo‘ladi.
Azotli birikmalar neft tarkibida oz miqdorda (0,03–0,3 foiz)
bo‘lib, ular neft mahsulotlarini tozalashda chiqarib tashlanadi.
Mineral aralashmalar (naften kislotalarning har xil tuzlari
ko‘rinishdagi) va suv neft tarkibida eng ko‘p miqdorda bo‘lib, ular
cho‘ktirish usuli bilan osongina ajratib olinadi.
1. 3. Neftdan avtomobil yonilg‘ilarini

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish