Kimyoviy usulda tozalash yonilg‘i tarkibidagi keraksiz birikmalar
reagentlar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishiga asoslangan.
Kimyoviy usullarga sulfat kislota, ishqorlar, xlorli metallar
yordamida, gidrogenizatsion tozalash va boshqalar kiradi.
Fizikaviy usulda tozalash yonilg‘i tarkibidagi keraksiz bo‘lgan
birikmalarni eritish yoki ularning sirtqi-aktiv moddalarda adsorbsiyalanishi
(yonilg‘i tarkibidagi moddalar yoki gazlarning sirtqi-aktiv
moddalarda yutilishi)ga asoslangan. Fizikaviy usullarga selektiv
erituvchilar va turli adsorbentlar yordamida tozalash kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |