MA’LUMOT VA UNDAN OLINADIGAN
MAHSULOTLAR. AVTOMOBIL YONILG‘ILARI
1. 1. Neft haqida umumiy ma’lumotlar
Neft o‘simlik va hayvonot dunyosining organik qoldiqlari asosida
paydo bo‘lgan. Organik qoldiqlarning parchalanishi hamda
neftning paydo bo‘lishi yuqori harorat va bosim, radioaktiv nurlanish
ta’sirida sodir bo‘lgan. Turli joylardagi va geologik jinslardagi
organik qoldiqlarning tarkibi hamda o‘zgarish sharoitlari bir xil
bo‘lmaganligidan har xil neftlar hosil bo‘lgan.
Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra neft o‘ziga xos hidli quyuq moysimon
suyuqlik bo‘lib, turli tusdagi jigarrang ko‘rinishga ega. Kerosinni
eslatuvchi och rangli neft kam uchraydi, ba’zan deyarli qora rangdagi,
suvda cho‘kuvchi qovushoq smolali suyuqlik ko‘rinishida
ham uchraydi. Odatda, neftning zichligi 0,75 dan 1,3 g/sm3 gacha
(neftning zichligi uning tarkibidagi smolasimon-asfaltli birikmalar
va qattiq uglevodorodlar miqdorining ko‘payishi hisobiga ortishi
mumkin)) bo‘ladi. Neftning rangi qancha och bo‘lsa, uning zichligi
shuncha kam, oquvchanligi esa katta bo‘ladi. Neft zichligi bo‘yicha
uch turga bo‘linadi: yengil neft (0,65–0,87 g/sm3), o‘rtacha neft
(0,871–0,910 gsm3) va og‘ir neft (0,910–1,3 g/sm3). Yonish issiqligi
43,7–46,2 MJ/kg (10400–11000 kkall/kg).
Neft uglerod va vodorod atomlarining turli nisbatlaridagi murakkab
aralashmasidir. Uning elementar tarkibi quyidagicha bo‘ladi:
83–87 foiz uglerod; 11–14 foiz vodorod; 0,1–1,2 foiz kislorod;
0,02–1,7 foiz azot va 0,01–5,5 foiz oltingugurt.
Tarkibiy qismlarining (uglerod, vodorod, kislorod, azot, oltingugurt)
o‘xshashligiga qaramay, turli joydan olingan neftlarning
fizikaviy va kimyoviy xossalari har xil bo‘ladi.
1. 2. Neftning kimyoviy tarkibi
Yer qa’rining turli chuqurliklaridan olinadigan neft uning
tarkibidagi suv, tuzlar, gazlar va tog‘ jinslaridan tozalanganidan
so‘ng ham ichki yonuv dvigatellarida yonilg‘i sifatida foydalanishga
yaroqli bo‘lmaydi, ammo uning tarkibida dvigatellarda ishlatiladigan
yonilg‘ilarga qo‘yiladigan talablarga javob beradigan
tarkibiy qismlar mavjud.
Neft tarkibidagi uglevodorodlardagi uglerod atomlari soni 1 dan
50 gacha bo‘lishi mumkin. Jumladan, metandan (CH4) butangacha
(C4H10) bo‘lgan oddiy uglevodorodlar normal sharoitlarda gaz holatida
bo‘ladi, uglerod atomi 15 dan yuqori bo‘lgan uglevodorodlar
esa qattiq holatda bo‘ladi. Binobarin, neft suyuq holatda ham, qattiq
holatda ham bo‘lishi mumkinligi ko‘rinadi, shuningdek, tarkibida
kislorod, oltingugurt va azot bo‘lgan bir qator birikmalarning
murakkab aralashmalari suyuq holatda bo‘ladi.
Neft massasining asosiy qismini uch guruhdagi: parafinli (alkanlor),
naftenli (siklanlar) va aromatik (arenlar) uglevodorodlar
tashkil etadi. Bu guruhlarning tarkibi va xususiyatlari neftning hosil
bo‘lishi va qazib olingan joyiga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |