Dinamik qovushoqlik deganda suyuqlikning ichki ishqalanish
koeffitsiyenti tushuniladi. Dinamik qovushoqlik birligi sifatida
bir-biridan 1 m masofada joylashgan 1 m2 o‘lchamdagi o‘zaro
parallel ikki qatlamli 1 N ga teng kuch ta’siri ostida 1 m/s tezlik
bilan o‘zaro harakatini ta’minlovchi qovushoqlik qabul qilingan.
O‘lchov birligi sifatida Pa · s/N · s/m2/kg/(m · s) qabul qilingan.
Kinematik qovushoqliksuyuqlik ichki ishqalanishining solishtirma
koeffitsiyentidir. Davlat standartlarida aksariyat neft
mahsulotlari uchun kinematik qovushoqlik ko‘rsatiladi. Suyuqlikning
kinematik qovushoqligi uning dinamik qovushoqligi zichligining
nisbatiga teng. Kinematik qovushoqlik birligi sifatida
1 m2/s (10 – 6 m2/s = 1 mm2/s) qabul qilingan.
2. 3. Avtomobil benzinlarining bug‘lanuvchanligi