O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Jizzax viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi



Download 0,64 Mb.
bet95/96
Sana10.02.2022
Hajmi0,64 Mb.
#440441
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
Bog'liq
Iroda Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Kauchuk asosidagi yelimlar. Rezinalarni o‘zaro (masalan,
avtomobil kameralarini ta’mirlashda), shuningdek, rezinani shisha,
metall va boshqa materiallarga biriktirishda sovuqlayin qotadigan
rezina yelimlaridan (BKP–15, 16, 17, КЛМ–1,4508 va boshqalar)
foydalaniladi. Ular tabiiy yoki sintetik kauchuklarni organik erituvchilarda,
ko‘pincha «Галоша» benzinida (benzinning 80–120°C
haroratlar oralig‘ida qaynab bug‘lanadigan tor fraksiyasi) eritib
tayyorlanadi. Xona haroratida yelimlab biriktirish uchun 24 soat
kifoya. Lekin sovuqlayin yopishtirilgan birikmaning mustahkamligi,
issiqqa chidamliligi past (60–80°C) bo‘ladi (BKP–16, 17
yelimlarniki 150°C). Qaynoq holda vulkanizatsiyalash jarayoni
140– 150°C haroratda bajariladi. Bunda olinadigan birikmalarning
mustahkamligi ko‘pincha asosiy materialnikidan qolishmaydi.
Vulkanizatsiyalanmaydigan kauchukdan tayyorlangan buyumlarni
po‘lat, aluminiy, jezga mustahkam yopishtirish uchun qaynoq
leykonat yelimidan foydalaniladi. Birikma 150°C gacha haroratda
ishlay oladi. Tayyor yelimni 1,5 yil saqlash mumkin. Bu yelim elastik,
neft mahsulotlari ta’siriga chidamli birikma hosil qiladi.
12. 2. Qoplama materiallar
Turli qoplartia materiallar haydovchilarning ish sharoitini yaxshilash
uchun yengil avtomobillar, avtobuslar salonlarini, yuk avtomashinalari
kabinalarini issiqlik va tovushdan izolatsiyalashda ishlatiladi.
Qoplama materiallar yetarli darajada mustahkam bo‘lishi,
foydalanish jarayonida tez yemirilmasligi va o‘z tashqi ko‘rinishini
uzoq muddat saqlab turishi, neft mahsulotlari ta’sirida o‘z xususiyatlarini
va tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmasligi, iflosliklardan
(chang, yog‘ va moy qoldiqlari) oson tozalanishi, ko‘rkam bo‘lishi
bilan birga kamyob va qimmatbaho bo‘lmasligi lozim. Qatlama
movut, tukli duxoba, reps, parusina kabi tabiiy gazlamalar ko‘p
ishlatiladigan materiallar hisoblanadi. Hozir qoplama materiallar
ichida tabiiy materiallarga nisbatan qator afzalliklarga ega bo‘lgan
neylon kapron, lavsan kabi sintetik materiallar asosiy o‘rinni egallaydi.
Ularning assortimenti muntazam ko‘payib bormoqda. Bundan
tashqari, sintetik smolalar shimdirilgan turli polotnolar ham
ishlatiladi. Salonlar va kreslolarni qoplash uchun sun’iy teri, plyonka
materiallar ishlatiladi. Trikotaj yoki gazlama asosida tayyorlangan
sun’iy terilar nitro teri, vinilli teri, elastik teri (neft mahsulotlari
ta’siriga chidamli) deb ataladi. Plyonka materiallar rasm tushirilgan
xira tekis sirtga ega bo‘lgan plyonkalardir.
12. 3. Qistirma va zichlovchi materiallar
Avtomobillar uzellarini yig‘ishda detallar o‘zaro tegib ishlaydigan
joylarni germetiklash zarurati paydo bo‘ladi. Bu zaruratni
qondirishda qistirma va zichlovchi materiallardan foydalaniladi.
Ular detallar birikkan joylardan suyuqlik oqishi va sizishining,
flaneslardan gazlar chiqishining oldini olish, ishqalanish uzellarini
chang va namdan saqlash birikmalarini germetiklash uchun ishlatiladi.
Qistirma materiallardan qo‘zgalmas detallarni biriktirishda
ishlatiladigan turli xil shakldagi (biriktiriladigan detallarning o‘zaro
tegib turivchi yuzalariga moslab) qistirmalar tayyorlanadi. Zichlovchi
materiallar ko‘pchilik hollarda salniklar deb yuritiladi va
o‘zaro aylanib ishlaydigan detallar orasidagi tirqishlarni zichlashda
ishlatiladi. Qistirma va zichlovchi materiallar yuqori mustahkamlikka,
zarur elastiklikka va, shu bilan birga, uncha katta bo‘lmagan
qattiqlikka ega bo‘lishi lozim. Shuning bilan birga, bu materiallarning
ishlatilish sharoitiga ko‘ra ular yuqori harorat, neft mahsulotlari
va suv ta’siriga chidamli bo‘lishi lozim. Salnik tayyorlanadigan
materiallar yemirilishga ham chidamli bo‘lishi lozim.
Qistirmabop materiallar sifatida turli xil kimyoviy ishlov berilgan
qog‘ozlar (pergament, karton, fibra – ish harorati 150°C gacha),
namat (75°C gacha haroratda ishlatishga yaroqli), asbest
(350°C gacha haroratda ishlatishga yaroqli), turli xil markadagi
paronitlar (asbest, kauchuklar, to‘ldirgichlar aralashmasining vulkanizatsiyalangan
listlari), moy va benzin ta’siriga chidamli paronit
МБП–5 (250°C haroratgacha ishonchli ishlaydi), ferronit 1001
(parronit metalli to‘r bilan armirlangan, 400°C gacha haroratlarda
ishlatish mumkin) va boshqalardan foydalaniladi.
12. 4. Elektroizolatsion materiallar
Elektroizolatsion material deganda, elektr tokini o‘tkazmaydigan
material tushuniladi. Avtomobillarning elektr jihozlarini
ta’mirlash uchun elektr izolatsiyalash materiallari ishlatiladi. Ular
yuqori kuchlanishga bardosh berishi, yetarli darajada mustahkam
bo‘lishi, shuningdek, issiqlik ta’siriga chidamli bo‘lishi (ba’zi bir
issiq sharoitda ishlaydigan materiallar uchun) lozim.
Bu talablarga ushbu kitobning oldingi boblarida ko‘rib o‘tilgan
bir qator materiallar javob beradi: ko‘pgina plastmassalar (tekstolit,
getinaks), rezina, ebonit, loklar (asfalt bitumli, gliftalli, kanifolli va
hokazo loklar), asbest, fibra, karton va boshqalar, Bundan tashqari,
elektroizolatsion material sifatida 500°С haroratgacha qizishga chiday
oladigan sluda va mikonit materiallaridan foydalaniladi. Sluda
yupqa plastiklarga ajratsa bo‘ladigan shaffof mineral, mikonit esa
gliltal smola bilan yelimlangan sludalar.
Elektr izolatsiyalash material sitatida lakotkan (kembrik) ancha
keng tarqalgan. Lakotkan elektr izolatsiyalash loklari shimdirilgan
ip, shoyi gazlama yoki shisha to‘qimalardir. Ular o‘ramlar, listlar,
trubalar ko‘rinishida chiqariladi.
12. 5. Yog‘och materiallar
Yog‘och materiallardan xalq xo‘jaligida, jumladan avtomobilsozlikda
keng foydalaniladi. Chunki yog‘ochning mexanik mustahkamligi
yaxshi, zichligi katta emas (suvga nisbatan 1,5–2 barobar
yengil), vibratsion yuklanishlarga yaxshi bardosh beradi, issiqlikni
sekin (po‘latga nisbatan uch barobar sekin) o‘tkazadi. Bundan
tashqari, yog‘ochga oson ishlov berish va uni yelimlab yopishtirish
mumkin. Shu bilan birga, yog‘och materiallar bir qator kamchiliklarga
ham ega: chiriydi, oson yonadi, ko‘ndalang kesimi
bo‘yicha mexanik xossalari bir xil emas, namni osongina shimib
oladi, o‘lchamlari va shaklini o‘zgartiradi. Bu kamchiliklari tufayli
yog‘och materiallar zamonaviy avtomobillarda kam ishlatiladi.
Konstruksion material sifatida yog‘ochning o‘ziga xos xususiyatlaridan
biri uning namligidir. Absolut namlik deganda, yog‘och
tarkibidagi suv miqdorining foizlarda (yog‘och massasiga nisbatan)
ifodalangan ulushi tushuniladi. Yangi kesilgan daraxtlarning namligi
50–60 foizgacha yetadi. Avtomobil detallari tayyorlanadigan
yog‘och materiallarning namligi 12–18 foiz oralig‘ida bo‘ladi.
Kichik o‘lchamli detallar namligi 15 foizdan oshmaydigan
yog‘ochdan tayyorlanishi lozim, aks holda, bu detallardan foydalanish
davomida uning o‘lchamlari o‘zgaradi. Yelimlab tayyorlanadigan
detallar uchun yana-da quruqroq (namligi 10–12 foizdan
yuqori bo‘lmagan) yog‘och kerak bo‘ladi. Ma’lum sharoitda ishlatiladigan
detallarni tayyorlash uchun yog‘och tanlashda uning qattiqligini
hisobga olish zarur. Eng ko‘p tarqalgan daraxt turlari qattiqligining
pasayish darajasiga ko‘ra quyidagi tartibda joylashadi:
grab–shumtol–eman–qoraqayin–zarangqayin–tilog‘och–olxa–qa-
313
rag‘ay–qoraqarag‘ay–oqqarag‘ay–arg‘ivon. Qattiq yog‘ochlardan
yuklanish ostida ishlaydigan detallar, yumshoq yog‘ochlardan
yuklanish tushmaydigan detallar tayyorlanadi, shuningdek, turli
pardozlash ishlarida foydalaniladi. Ignabargli daraxtlardan olingan
yog‘och materiallar eng ko‘p ishlatiladi, chunki ular bargli daraxtlarga
qaraganda ancha mustahkam, kamroq chiriydi (tarkibida
chirishning oldini oladigan smolali moddalar ko‘p). Ulardan yuk
avtomobillarining poli va borti, kuzovining ko‘ndalang balkalari
tayyorlanadi. Tilog‘och va eman yog‘ochining eks-pluatatsion xossalari,
ya’ni qattiqligi va mustahkamligi yuqori, chirishga chidamliroq.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish