Yuqori haroratlarda ishlatiladigan yelimlar. Yuqori haroratlarda
ham ishlay oladigan birikmalar hosil qilish uchun kremniyorganik
birikmalar asosida tayyorlangan yelimlardan foydalaniladi.
Ular ichida issiq holda ham, sovuqlayin ham qotadigan yelimlar
bor (sovuqlayin qotadigan yelimlarning issiqqa chidamliligi past)
BK–8, BK–15 yelimlari bilan hosil qilingan birikmalarni qisqa
muddat 1000–1200C gacha qizdirish mumkin. So‘nggi yillarda
epoksid yelimlar va pastalar keng tarqaldi. Ular yordamida istalgan
materiallarni o‘zaro va boshqa materialga mustahkam biriktiriladi.
Ular bilan sovuqlayin ham, issiq holda ham biriktirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |