Baholash metodlari: Individual, guruh bo’lib
Axborot manbalari va texnik vositalar : TM MM, darslik, proektor,texnologik xarita, texnalogik model
Dars turi: nazariy, amaliy
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 80 daqiqa
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib kelish
O’qituvchi:___________I.Boyjigitova
Nazariy (Amaliy) darsning texnologik xaritasi
T/N
|
Mashg’ulot
bosqichlari
|
Ajratilgan vaqt
|
Mashg’ulot mazmuni
|
Ta’lim
metodlari
|
Ta’lim
vositalari
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5
|
Darsga tayyorgarlik ko’rish,
O’quvchilarni yo’qlama qilish, kerakli tarqatmalarni tarqatish
|
An’anaviy
|
Doska,
Bo’r
Tarqatma
materiallar
|
2
|
Kirish qismi
(Motivatsiya)
|
25
|
Mavzu va uning rejasi, mavzuni o’tishdan kutilayotgan natijalar bilan tanishtirish
|
Aqliy
hujum
|
Maruza
matni
|
3
|
Yangi mavzu
bayoni
|
30
|
Mashg’ulot mavzusining bayonini keltirish
|
Savol-
javob
|
Maruza
matni
|
4
|
Mustahkamlash
(Qo’llash)
|
15
|
Mavzu haqida topshiriqlarni
mustahkamlash
|
Savol-
javob
|
Maruza
matni
|
5
|
Yakuniy qism
|
5
|
Uyga vazifa berish.Baholarni e’lon qilish va izohlash
|
An’anaviy
|
Doska
Darslik
|
O’qituvchi:____________ I.Boyjigitova
XII BOB. SINTETIK YELIMLAR, QOPLOVCHI,
QISTIRMA, ELEKTROIZOLATSION VA
YOG‘OCH MATERIALLAR
12. 1. Sintetik yelimlar
Yelimli birikmalardan foydalaniladigan sohalar muntazam kengayib
bormoqda. Bunga sabab shuki, ular payvand va boshqa
birikmalarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Chunonchi, ular bilan
turli xil materiallarni biriktirish mumkin, bunda buyum konstruksiyasining
massasi kamayadi. Bundan tashqari, yelimlarni
biriktirish texnologiyasi juda oddiy. Sanoatda ishlab chiqariladigan
yelimlar bilan materiallar, qotishmalar, shisha-keramika, plastmassa,
yog‘och va boshqa ko‘pgina materiallarni biriktirish mumkin.
Yelimli birikmalardan foydalanilganida mablag‘ va mehnat sarfi
ancha kamayadi, konstruksiyaning korroziyaga chidamliligi ortadi,
birikmalardagi zo‘riqish kamayadi. Avtomobilsozlikda yelimlardan dastlab shovqinni izolatsiyalovchi
va salonning bezash materiallarini yopishtirishdagina foydalanilgan.
Bunda, asosan, tabiiy kauchuk va bitum asosidagi yelim va
germetiklardan foydalanilgan. XX asrning 60- yillarida esa tormoz
kolodkalarini yopishtirishda fenolli yelimlardan foydalanila boshlandi.
Zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarila boshlanishi natijasida
avtomobilsozlikda yelim va germetiklardan foydalanish sezilarli
darajada ortdi. Avtomobil sanoati uchun maxsus 15 nomdagi
yelimlar va 10 nomdagi germetiklar ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi
kunga kelib, yelim va germetiklarning assortimenti yana-da
kengaydi. So‘nggi yangiliklardan biri avtomobillarning saloniga
o‘rnatiladigan orqani ko‘rish ko‘zgusini avtomobilning old oynasiga
yopishtirishda akril yelimlardan foydalanishdir.
Yelimlar yordamida biriktirish quyidagi afzalliklarga ega:
– xususiyatlari, elastiklik moduli va qalinligi har xil bo‘lgan
turli materiallardan tayyorlangan buyumlarni biriktirish mumkin;
– juda yupqa listlarni ham biriktirish mumkin (yupqa listlarni
boshqa usullarda biriktirilganida yuklanish konsentratsiyasining
yuqoriligi tufayli detal ishdan chiqishi mumkin);
– boshqa usullar asosida tayyorlash mumkin bo‘lmagan murakkab
shaklli buyumlarni tayyorlash mumkin;
– konstruksiyani kam xarajat qilgan holda va tezlik bilan yig‘ish
imkoniyati mavjudligi, shuning bilan bir paytda, konstruksiyaning
bir necha elementlarini biriktirish mumkin;
– yelim asosida hosil qilingan birikmalarning mustahkamligi bir
qator hollarda boshqa usullarda hosil qilingan birikmalarning mustahkamligidan
yuqori, tannarxi esa past bo‘ladi;
– yuklanish yelimli birikmalarda yuza bo‘yicha teng taqsimlanadi,
yuklanish konsentratsiyasi minimal bo‘ladi;
– boltli va parchin mixli birikmalar o‘rniga yelimli birikmalardan
foydalanish konstruksiya massasini kamaytiradi.
Yelim qotganida biriktiriladigan sirtlarga yaxshi yopishadigan
parda hosil qiluvchi moddadir. Fenolformaldegid smolalar asosidagi yelimlar. Fenolformaldegid
smolalar asosida olinadigan ВФ tipidagi yelimlar ancha keng
tarqalgan. Yelimlab biriktirish ishlari 140–200°C haroratda bajariladi.
Bunda biriktiriladigan yuzalar 0,1–2 MPa (1–200 kgk/sm2)
bosim ostida 0,5–1,0 soat tutib turiladi. Ular metallarni o‘zaro va
plastmassalar bilan biriktirishda ishlatiladi. БФ–6 yelimida plastifikatorlar
ko‘p bo‘lganligi uchun ulardan gazlamalarni, terini o‘zaro,
shuningdek, metallarga yopishtirishda foydalaniladi. БФ tipidagi
yelimlarning qovushoqligi 30–60 s oralig‘ida bo‘ladi. Yelimning
qurishidan keyin qoladigan quruq qoldiq yelimning massasiga nisbatan
10–20 foizni tashkil etadi. Ish harorati minus 60°C dan 60°C
gacha. Hosil qilingan birikmaning siljishga bo‘lgan mustahkamligi
12–15 MPa ga yetadi. Bu smolalar asosida yana-da issiqqa chidamliroq
(ish harorati minus 60°C dan 300°C gacha) ВС yelimlari
ishlab chiqariladi. Ta’mirlash ishlarida ulardan tormozlarning friksion
kolodkalari va tishlashish disklarining ustqo‘ymalarini yelimlab
biriktirishda foydalaniladi (140–180°C gacha qizdirilganida
qotadi). ВС yelimlarining qovushoqligi 50–120 s, quruq qoldiq
ulushi 20– 30 foiz va siljishga bo‘lgan mustahkamligi 17 MPa ni
tashkil etadi. БФ va БС yelimlari tayyor holda yetkazib beriladi.
Yopiq idishda keltirilqan bunday yelimlarni xona haroratida 6–8 oy
saqlash mumkin.
Keyingi yillarda tormoz ustqo‘ymalarini po‘lat ko‘lodkalarga
yopishtirish uchun ГИПК 11–10 (ish harorati minus 40 dan
330°C), antifriksion gazlamalarni metallarga yopishtirish uchun
ГИПК 11–12 (ish harorati minus 70 dan 280 °C gacha) tipidagi
fenolformaldegid smola asosidagi yelimlar ishlab chiqarilmoqda.
So‘nggi yillarda fenolformaldegid smolalar asosidagi yelimlarni
epoksidli va poliuretanli yelimlar siqib chiqarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |