Unumdorlikni aniqlash. Transport qurilmasining (unumdorligi unga bog‘liq bo‘lgan) asosiy parametrlari yuqorida ko‘rilgan hisobiy unumdorlik ( ) qiymatiga qarab aniqlanadi.
Transport qurilmalarining ikkita asosiy – uzluksiz va davriy yoki siklik harakatlanadigan – guruhlari uchun unumdorlik parametrlari turlicha aniqlanadi.
Uzluksiz harakatlanuvchi qurilmalar. Ushbu guruhga kiruvchi qurilmalarning, masalan, konveyerlarning har xil turlari, cho‘mich (kovsh)li elevator va boshqalarning unumdorligi qurilmaning 1m uzunligiga to‘g‘ri keladigan yuk miqdorini (pogonnaya nagruzka) mashina harakat tezligi qiymatining ko‘paytmasiga teng. Agar transport vositasining 1m uzunligiga to‘g‘ri keladigan yuk miqdori q (kg/m) va harakat tezligi (m/sek) bo‘lsa, mashinaning 1 sekundlik unumdorligi q (kg/sek) ga teng, 1 soatlik unumdorligi esa
t/soat (1.5)
ga teng bo‘ladi.
Transport vositasining 1 soatlik unumdorligi va Tashiluvchi materialning harakat tezligi ma’lum bo‘lgan taqdirda, mashinaning 1m uzunligiga to‘g‘ri keladigan yuk miqdorini quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin:
, kg/m (1.6)
Agar yuk uzluksiz oqimda harakatlanayotgan bo‘lsa (masalan, lentali konveyerda) va yukning ko‘ndalang kesim yuzasi F (m2) bo‘lsa (1.4 a-rasm), unda
, kg/m, (1.7)
a
c
b
bu yerda: - yukning to‘kma zichligi, t/m3
F,m2 q,kg/m F,m2 q,kg/m
1m
1m
1.4-rasm. Uzluksiz harakatlanuvchi transport qurilmalari
unumdorligini aniqlashga doir sxemalar
Agarda yuk novda (masalan, kurakli konveyer novining ustida) yoki quvurda harakatlansa (1.4, b-rasm) va nov yoki quvurning ko‘ndalang kesim yuzasi F0 (m2), ularning to‘lalik koeffitsienti bo‘lganda
, kg/m. (1.8)
Agarda yuk hajmi i0 (m3) bo‘lgan cho‘michda (masalan, cho‘michli elevator yordamida) tashiladigan bo‘lsa (1.4,b-rasm), cho‘michning to‘lalik koeffitsienti esa va cho‘michlar orasidagi masofa a(m) bo‘lsa, unda
, kg/m (1.9)
Yuk vagonchalarda (masalan, uzluksiz tashigich) tashiladigan bo‘lib, undagi yukning massasi (kg), vagonchalar orasidagi masofa (m) yoki vagonchalar orasidagi vaqt intervali t (sek) bo‘lsa, unda
, kg/m (1.10)
(1.5), (1.7), (1.8), (1.9) va (1.10) ifodalarni hisobga olgan holda, uzluksiz transport vositalarining unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:
a) lentali konveyer uchun
, t/soat; (1.11)
b) kurakli konveyer uchun
, t/soat; (1.12)
c) cho‘michli elevator uchun
, t/soat; .. (1.13)
d) uzluksiz tashigich uchun
, t/soat. (1.14)
Qurilmaning massaviy (Q) va hajmiy (V) unumdorligi o‘rtasida quyidagi o‘zaro nisbat mavjud:
, t/soat. (1.15)
Demak, (1.10), (1.11), (1.12) va (1.13) ifodalardan quyidagi hajmiy unumdorliklar kelib chiqadi:
, m3/soat; (1.11)
, m3/soat; (1.12)
, m3/soat; (1.13)
, m3/soat (1.14)
Massaviy yoki hajmiy unumdorlikning talab etilgan qiymati bo‘yicha transport qurilmasining muayyan turiga xos bo‘lgan harakat tezligini tanlab olib, yuqoridagi ifodalardan shu unumdorlikni belgilovchi F, F0, i0/a, m/a, m va t parametrlarni aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |